elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim
etiladi.
Elektron darsliklar quyidagi
tamoyillarga
javob berishi kerak:
1. Kvantlash tamoyili
: o’quv materiallarini mazmunan yopiq,
minimal
hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo’ladi,
ammo 4-5 va undan yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik
imkoniyatlari pasayadi.
2. To’laqonlilik tamoyili
: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab
olgan har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:
- gipermurojaatga ega kalit so’zlar;
nazariy asos;
- nazariya bo’yicha
nazorat savollari;
namunalar;
- mustaqil echish uchun masalalar;
- modul bo’yicha nazorat savollari (javoblari bilan).
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo’lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi:
- testlar;
- nazorat ishi;
- yordamchi ma’lumotnoma (Help);
- tahlillar.
3.
Ko’rgazmalilik tamoyili:
elektron darsliklar
modullari matn va
vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar
va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur. Har bir modul yangi tushuncha,
ta’kid va uslublarni tushunish va xotiraga olishni engillashtiradigan minimum matn
va ko’rinishli kadrlar yig’indisidan tashkil topishi kerak.
4
Dostları ilə paylaş: