Elektron darslik o’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning omillari
qo’yidagilardir:
bir maqsadga yo’naltirilganligini ko’tarish;
o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;
o’quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish;
o’quvchilarning o’quv-bilish harakatini faollashtirish;
o’quvchilarning o’quv amaliy darajasini tezlashtirishlardan iborat.
Shuni ta’kidlash kerakki, elektron darslik ishlab chiqish uchun etarlicha
katta mablag’ ishlatiladi. Lekin sekin-asta uning narxi kamayib boradi. Masalan, 1
soatli elektron kurs uchun mutaxassisning 50-500 soatgacha vaqti sarflanadi.
Masalan, Dj.Moris 1984 yili 1 soatlik kursga 10.000 $ ishlatgan bo’lsa, A.Bork 1985
yili 3-5 mln. dollar (6 semestrli oliy matematika kursi) 3-5 marta kam mablag’
sarflagan.
Ayni paytda yangi axborot texnologiyalari sohasida gipermatn tizimlarini
qo’llash keng quloch yoymoqda. Bunday texnologiyalar asosida an’anaviy o’quv
matnini yanada takomillashtirilgan o’quv materiali asosida kengaytirish va
chuqurlashtirish, hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan
almashtirish g’oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib berilgan matn lavhalari
orasida o’zaro bog’lanish tugunlari barpo etiladi.
Mutaxassislarning ta’rifiga ko’ra, gipermatn inson intellektining katta
hajmdagi axborotni esda saqlash qobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan
kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo’li bilan
qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) qiladi. Boshqacha aytganda,
gipermatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv materiallari tizimi bÿlib, ko’plab
statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan
tarmoq strukturasiga ega bo’ladi. Bunda axborot lavhalari rolini matn, grafik,
chizma, videolavha, ijrochi dastur va animatsiya (xarakatli jarayon)lar o’ynaydi.
Matnlar esa o’z navbatida yanada kichik matnlardan tashkil topib, ular
«matryoshka» («qo’g’irchoq ichida qo’g’irchoq») qo’g’irchog’i kabi ko’p marta
ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o’tish (chiqarish), R
ning tarkibiga kiruvchi ma’lum munosabat orqali amalga oshiriladi. Matnlar
orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va videolavhalar, matn va ijrochi
dastur hamda matn va animatsion samaralar orasida ham bog’lanishlar mavjud
bo’lishi shart hisoblanadi.
Bu bog’lanishlar ham R nisbatlar to’plamida keltirilgan nisbatlar
ko’rinishida berilgan bo’ladi. Biz gipermatnlarni graflar-daraxti ko’rinishida
tasvirlashimiz mumkin, bunda matnlarning lavhalari, grafik tasvirlar, videolavhalar,
ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (grafa tugunlari) ko’rinishida, ular
asosidagi munosabatlar esa mos doirachalarni tutashtiruvchi yoylar shaklida
ifodalanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, gipermatnlardan foydalanishning
samaradorligi ko’p jihatdan bog’lanishi mumkin bo’lgan axborotlarning metodik
nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganda, R
nisbatlar to’plami har bir elementga xos bÿlgan aniq vazifalarning
muayyanlashtirilishi, ularning optimallik darajalari bilan xarakterlanadi.
Matnlar lavhalarida izoh talab etuvchi so’zlar («kalit» so’zlar), tushunchalar,
matnning boshqa parchalar, jumladan videolavhalar bilan bog’langanligini
ko’rsatish maqsadida, alohida rang bilan ajratilgan (yoxud, tagiga chizilgan) holda
berilishi mumkin.
Matnlardan foydalanuvchi tomonidan u yoki bu bog’lanishning tanlanishi,
uni «kalit» so’zlarga bog’langan axborot lavhaiga chiqishi uchun imkon beradi.
Shunday qilib, gipermatn tizimidan foydalanuvchilar grafa tugunlari bo’ylab
«sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos axborot bo’lagini, yoylaridan esa
foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin. Foydalanuvchining axborot lavhalari
bo’ylab bunday «sayohati» navigatsiya deyiladi. Gipermatn tizimi, kitobni
varaqlagan kabi yoxud, kitobning mundarijasi bo’yicha (boblar, paragraflar va
betlarni) ierarxik kuzatish kabi, matnlarni ketma-ket qarab chiqish, shuningdek,
oldindan ma’lum bog’lanish «yo’llari» bo’yicha ixtiyoriy yo’nalishda navigatsiya
qilish imkonlarini beradi.
Xulosa qilib aytganda, navigatsiya, ma’lumotlar bazasi mazmunini tadqiq
qilish yoki zaruriy axborotni qidirish maqsadida foydalanuvchining, oldindan
berilgan munosabatlar to’plami – R bilan aniqlangan tugunlarning biridan
ikkinchisiga o’tish harakati jarayonini xarakterlaydi.
Bunday murakkab shaxobchali tuzilma, navigatsiya bilan bog’liq ayrim
muammolarni vujudga keltirishi tabiiy: Xususan gipermatnli hujjatni o’qish uchun
har bir tugundagi matn yoxud boshqa axborot lavhalarining mazmunini bilishning
o’zi etarli bo’lmay, yo’ldan adashmagan va chalkashmagan holda, mazkur hujjat
bo’ylab to’g’ri navigatsiya qilish lozim bo’ladi.
O’quv qo’llanma yoki darslik uchun mo’ljallangan elektron kitoblarni
yaratish uchun gipermatn tizimlarini qo’llashning alohida xususiyatlari mavjud.
Bular ichida eng muhimi foydalanuvchi (elektron kitob o’quvchisi) elektron
qo’llanmada keltirilgan asosiy o’quv materialning mazmunidan uzoqlashmasligi
lozim, ya’ni, u faqat gipermatn tizimi bo’ylab navigatsiya qilmog’i kerak. Bu esa
o’z navbatida, navigatsiya jarayonida matnning asosiy lavhai uchun bog’lanishlar
sonini, ma’lum darajada chegaralashni taqozo qiladi.
Uslubiy adabiyotlarda keltirilgan tavsiyalar, o’qish uchun mo’ljallangan
elektron kitoblarni (EKUN – Elektronnie knigi uchebnogo naznacheniya)
quyidagicha tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Buning uchun,
dastlab EKUNning
Dostları ilə paylaş: |