3.
Qiyosiy
daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday
belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq
qo‘shimchasini qo‘shish yoki sifatdan oldin bir-biridan, undan ham, yanada so‘zlarini
keltirish bilan yasaladi: olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir-biridan go‘zal,
bunda ham battar, yanada kuchli.
4.
Ozaytirma
daraja belgi darajasining normal darajaga yetmaganligini, normaldan
pastligini ifodalaydi: 1) qo‘shimchalar yordamida: oqish, qizg‘ish, qoramtir, -roq
qo‘shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi
belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 2) sifatdan
oldin yarim, nim, och, xiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar so‘zlarini keltirish bilan:
yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
Dostları ilə paylaş: