•
sifatlarning birinchi bo‘g’ini keyingi bo‘g’inining undosh tovush bilan birga
takrorlanadi. Bu sifatlar ham chiziqcha bilan yoziladi: butun – but-butun,
dumaloq – dum-dumaloq.
•
sifatdan oldin to‘q, jiqqa, tim, g‘irt kabi so‘zlarni keltirish bilan: bunday sifatlar
ajratib yoziladi: jiqqa ho‘l, tim qora.
Ko‘pgina darsliklarda ozaytirma sifatlar qiyosiy darajadagi sifatlar, kuchaytirma
sifatlar esa orttirma darajadagi sifatlar guruhiga kiradi.
Sifatlarning yasalishi.
Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan. 2. So‘zlarni
qo‘shish bilan. 3. So‘zlarni takrorlash bilan.
1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir:
•
otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar: -li: rasmli kitob, kuchli shamol; -dor:
aybdor, vafodor; ba-: badavlat, baquvvat; ser-: serhosil olma; -mard: kasalmand,
davlatmand.
Yuqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan
Dostları ilə paylaş: