38
uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin.Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk
paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli
mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirilishini bildiradi .
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar
tizimining tamal toshi
bo‘lib xizmat qiladi» deb alohida ta‘kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan,
aslida esa
davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda
umumxalq mulki, deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning chiqishi
jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning
mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish
davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:Davlat tasarrufidan
chiqarish - davlat
korxonalarini
va
tashkilotlarini
jamoa,
ijara
korxonalariga,
aktsiyadorlik jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli
mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan
yuridik
shaxslarning davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat aktsiyadorlik jamiyatlarining
aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir
Dostları ilə paylaş: