4.3-chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni,
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning
umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, mulkchilik shakllari ishlab
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki - egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‟lgan mulk ob‟ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:1) xususiy
mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 2) davlat mablag‘lari hisobidan
korxonalar kurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni
amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa tegishli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror
ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport
vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish
mumkin.O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika
mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin
zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma‘muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy
37
fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq
ta‘limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilarning mol-mulki bo‘ladi.