I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


CHiqayotgan gaz issiqligini rekuneratsiya qilish uskunalaridan



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
ma\'ruza matn

CHiqayotgan gaz issiqligini rekuneratsiya qilish uskunalaridan 
foydalanish yoki foydalanmaslik 
 
Purkash yo’li bilan quritish uskunalari keng tarqalgan. Bu agregat murakkab 
qurilmadir. Uning tarkibiga taqsimlagich va havo chiqarish moslamalari 
Purkagichlar bilan jixozlangan quritish minorasi, hamda mahsulotni bo’shatish 
unga minoradan chiqishda ishlov berish, trasPortirovka qilish, tsiklon fraktsiyasini 
qutuvchi minoraga qaytarish, havoni tozalash, kaloriferlar va ventilyatorlar kiradi. 
Quritish minorasi qurilmaning asosiy uskunalaridan biri. Ular vertikal va 
gorizontal konstruktsiyali bo’ladi. Vertikal minora yuqori tsilindrli va Pastki 
konussimon qismlardan iborat kameradir; gorizontal minora esa – yuqori qismi 
to’g’riburchakli, Pastki qismi uchburchak shaklli quti (korob). Minora 
termoizolyatsiyalangan. Minorani mahsulotdan bo’shatish uchun lokal yoki 
umumiy ravishda uning yuzasi havo bilan Purkash, sidirg’ich va boshqa mexanik, 
Pnevmatik moslamalardan foydalanish bilan amalga oshiriladi. 
Mahsulotni quritish minorasida disPerslash markazdan qochma diskli va 
forsunkali Purkagichlar yordamida bajariladi. Diskli Purkagichlar bir va 


267 
ko’Pyarusli bo’lib har xil shakldagi kanallardan iborat (bukilgan, radial, egik, 
tangentsial va x.k.). 
Forsunkali Purkagichlar (struyali) oqimli va markazdan qochma bo’lib, 
ularning ishlash PrintsiPi mahsulotni yuqori bosim ostida kichik teshiklardan 
sochib berishdan iborat. Diskli Purkagichlar ko’Proq tarqalgan. 
Sut Purkagich I7 – ORB
quyidagi qismlardan tashkil toPgan: konus, rama, 
Plitalar, nasos uskunalar, moy quvurlari, qobiq, o’rnatish o’rni. Konus ichida ikki 
PodshiPnikli tayanchga vertikal val o’rnatilgan. Val yuqorisida shkiv, Pastki 
qismida to’g’riburchak shaklidagi radial kanalli Purkash diski o’rnatilgan. Val 
elektrodvigateldan remen yordamida xaraktga keltiriladi. Purkagich ishlash 
davomida moylab turiladi. Buning uchun moyni yig’uvchi bak, nasos, filtr, moy 
naychalari mavjud. 
Purkagich quyidagicha ishlaydi. Mahsulot 0,2 MPa bosim bilan quvurdan 
tez aylanayotgan diskka beradi va marazdan qochma kuch ta’sirida disk 
kanallaridan yuPqa Plyonka bo’lib oqadi. 
Kanal qirralaridan 170 m/sek aylanma tezlik ta’sirida ajrab chiqqan 
mahsulot mayda 5 – 200 mkm o’lchamdagi tomchilarga Parchalanib, changlangan 
mahsulotning PolidisPers alangasi hosil bo’ladi. 
Quritish uskunasi kamerasidagi qizdirilgan havo oqimiga to’qnash kelgan 
mahsulot namligini yo’qotib quruq qattiq zarrachalarga aylanadi. 
Ventilyator va ikkita shlang yordamida Purkagich sovutib turiladi. 
Ishlamayotgan vaqtda Purkagich maxsus taglikka o’rnatiladi. Purkash diski 
himoya qobig’i bilan yoPiladi. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin