seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish;
belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
Prezident I.A.Karimov asarlarini mustaqil o’rganish
va konspektlashtirish;
O’zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda
boshqa meyoriy
hujjatlarni konspektlashtirish;
testlar yechish;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish;
ko’rgazmali
vositalar tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ro’za
matnlarini tayyorlash;
“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlar
sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va
statistiq ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash
va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida
taqdimot materiallari tayyorlash;
talabalar turar joyidagi ma’naviyat xonasi,
kutubxona, zamonaviy axborot
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda mustaqil o’qish
jarayonlarida ishtirok etish;
maxsus seminarlar
ishlarida ishtirok etish;
kafedra va fakul
ь
tetning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va
boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning
shunday vazifalariga
bo’ysundirilganki, bunda butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol,
ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni
va shaxsni
shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin
emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: