Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish
va nazorat qilish” bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga
rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1.Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan
tashqarida tashkil etish.
2.Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich,
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
3.Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim
jihatlarga etibor qaratish:
- talabaning o’qish bosqichi;
- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va hajm
jihatidan o’zgarib borishiga;
- mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga
va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.
Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega
bo’lish;
zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda meyoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekpertizaga tayyorlash va ekpert xulosasi asosida qayta ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar
davrasida himoya qilish.