Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
strategik menejment

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish

Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi 
va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga 
mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy 
mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni 
tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga etibor qaratish, asosiy adabiyotlar 
va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan 
foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini 
anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda 
(o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni 
tizimli bayon eta olmasa va h.k) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil 
o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn o’qituvchiga himoya qilish orqali 
topshiriladi. 
O’quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan “Strategik menejment” fani 
bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq referatlar ko’rinishida bo’lib kelmoqda. Referat 
talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talabalar ilmiy ijodi o’quv jarayonlaridan 
127


biri sifatida o’qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o’z 
xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan 
ishlash, statistiq va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish 
ko’nikmalariga ega bo’ladi, o’rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o’rganadi, 
nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va h. k.
Agar referat tayyorlashning darslik bo’yicha tayyorlangan seminar 
mashg’ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqoriligi hisobga 
olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon 
qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, Strategik 
menejmentni o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat
- bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur 
shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar 
mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning 
barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va 
maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi 
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali 
amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi 
albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish 
ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari hamda bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi 
juda muhim.

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin