Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/115
tarix17.10.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#156743
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
88c7e5b9646148fab716c26a7d76524c

 
М
P 6. 
Quyidagi ikkita xabarni tahlil qilamiz:
1.
Kundan-
kunga shahrimizda ko’proq chiqindi ishlab
chiqarilmoqda.
2.
Shaharda axlat chiqindilarining ko'payishi muammosi tobora 
keskinlashib borayotganligi sababli, mahalliy hokimiyat organlari ushbu 
muammo ustida ishlashda faol ishtirok etadigan fuqarolarni 
rag'batlantirish uchun butun dastur ishlab chiqdilar:
-
- chiqindilarni saralashni joriy qiladigan uy xo'jaliklari kommunal 
xizmatlar uchun to'lovlarni 20 foizga kamaytiradi; 
-
- polietilen paketlardan foydalanishdan bosh tortganlarga qog'ozli 
paketlar bepul beriladi; 
-
- qo'shni hududlarda har oy axlat yig'ish ishlarida qatnashgan 
fuqarolarga pul mukofoti to'lanadi.
Savol: 
xabarlarning qaysi biri Sizni bironta harakatga undaydi?
Javobning ehtimoliy varianti:
 
-
ikkinchisi.
Agarda Sizning shahringizda shunday vaziyat yuzaga kelib, bunday 
murojaat bo'lsa, Siz shahar ekologiyasidan xavotirda bo'lgan odam 
sifatida, ikkinchi murojaatdagi kamida bitta taklifni bajarmidingiz? 
Albatta, ha. Ya'ni, undagi ma'lumotlar Sizni muayyan harakatlar qilishga 
undadi. Nima uchun bunday bo'ldi? Bu Sizga ta'sir qilgani uchun Siz o'z 
shahringiz haqida qayg'urishni boshladingiz, foydasini ko'rdingiz va 
hokazo. Bu ma'lumot ta'sir qilishi mumkinligini anglatadi. Ham bir kishi 
uchun, ham odamlar guruhi uchun.
Shunday qilib, ma'lumotlarning keyingi belgisi - bu 
TA'SIR
. Axborot 
yordamida bizning kayfiyatimizga, xatti-harakatlarimizga, harakatlarimizga, 
fikrlash tarzimizga, ayrim voqealar yoki hodisalarni idrok etishimizga ta'sir 
qilish mumkin. 
Ammo ta'sir ham turli hil bo'lishi mumkin. Yuqorida aytib o'tganimizdek, 
ma'lumotdan salbiy maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun, 
ular bizni shahar ekologiyasi bilan shug'ullanishga undash uchun ham
vahima va qo'rquvni ekish uchun ham bir guruh odamlarni boshqasiga qarshi 
qo'yish uchun ta'sir qilishi mumkin. Va ushbu tarmoqlarga tushib qolmaslik 
uchun biz tanqidiy fikrlashni boshlaymiz, savollar beramiz, tahlil qilamiz.


30

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin