Pravka menyusi komandalari Pravka menyusi komandalarining
mazmuni:
Komandalar Bajaradigan funksiyalari
Otmenit izmeneniye - Ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib kelgan
oxirgi bajarilgan xarakatni bekor qilish (orqaga qaytish).
Povtarit - Bekor qilingan xarakatni qaytarish (oldinga qaytarish)
Vыrezat - Tanlab olingan matn qismi nus`hasini xotiraga ko‘chirib
(qirqib) olish
Kopirovat - Tanlab olingan matn qismi nus`hasini xotiraga olish
Vstavit - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan
joyiga qo‘yish
Spesialnaya vstavka - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib
kursor turgan joyiga har xil ko‘rinishda qo‘yish. Bunday amalning dialog
oynasida bir kator parametrlarni hisobga olgan xolda bajarish mumkin
bo‘ladi.
Vыdelit vse - Butun fayldagi matnini tanlash
Ochistit - Faylning tanlagan qismini ichi yoki yozuvlarni tashqi
ko‘rinishini tozalash.
Nayti - Butun matnda so‘z yoki so‘zlar ketma ketligini kidirib topish
komandasi.
Zamenit - Butun matnda so‘z yoki so‘zlar ketma ketligini kidirib
topib almashtirish komandasi.
Pereyti - Kursorni boshqa varaq, satr, abzas, rasm, jadval va
umuman faylning boshqa qismiga o‘tqazish.
Savol va topshiriqlar
1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha?
2. Fayl menyusi komandalarining asosiy mazmuni?
3. Microsoft Word muharririda matnni formatlash imkoniyatlari?
4. Faylning tanlagan qismini ichi yoki yozuvlarni tashqi ko‘rinishini
tozalashda qaysi tugmasidan foydalanamiz?
9-Mavzu: Raqamli axborot va matnni qayta ishlashning asosiy
tamoyillar.
Reja:
1. Matnni qayta ishlashning asosiy tamoyillari.
2. Bloknotda ishga tushirish
3. Bloknotda ishlash
Tayanch so‘z va iboralar: Turbo S,Turbo Pascal, Chiwriter, WD,
Microsoft Word 2000, "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida
"WD", "Foton", "Leksikon", matn muharrirlari, matn protsessorlari.
Matnlar bilan ishlovchi 2 xil programmalar bor: matn redaktorlari
va matn protsessorlari (muharrirlari).
Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud
emas.
Matn muharrirlari matnni shakllash imkonini beradi.
Matn redaktoriga Bloknot standart matn redaktori kiradi.
Matn taxrirlagichlari programma matnlarini kiritish, uzgartirish,
kuchirish, nusxasini kogozga kuchirish kabi imkoniyatlarga ega.Ular
programmalash sistemalari tarkibida buladi. Bunga Turbo S,Turbo
Pascal kabilar misol bula oladi.
Xujjat taxrirlagichlari xujjatlarni taxrirlash, turli shriftlardan
foydalanish, satrlar orasidagi intervalni urnatish,saxifalash, formulalarni
yozish, jadval, diagrammalarni tashkil kilish va xokazo im koniyatlarga
ega. Bu taxrirlagichlarga yukorida aytilgan Microsoft Word va eng oxirgi
yillarda ishlab chikilgan kompьyuterlar uchun muljallangan kuydagilar
Chiwriter, WD, Microsoft Word 2000 va xokazolar misol bula oladi.
Ayniksa matbuot sistemalari nashriyotchilar mexnatini mashakatli,
zararli jarayonlaridan xalos kilish bilan birga nashriyot maxsulotlari
sifatini oshirdi. Bu sistemalar asosida jurnallar, kitoblar,turli
prospektlarning yukori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv
hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va
yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida
deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi.
Avval toshlarga o‘yib yozilgan bo‘lsa, keyinchalik turli bo‘yoqlar
yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga
emas, teriga yozish yo‘lga qo‘yildi. Qog‘oz ishlab chiqarilishi bilan yozish
yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib
bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo‘yqalam, qamish-perolar, g‘oz
patlaridan foydalanildi. Patlar o‘rnini peroli ruchkalar, ularni
avtoruchkalar, avtoruchkalar o‘rnini esa yozuv mashinkalari egalladi.
Lekin asosiy jarayon - matnga o‘zgartirish kerak bo‘lsa uni qaytadan
yozish zarurligi o‘zgarmadi. Bu juda ko‘p kuch va mehnat talab qiladi.
Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi
ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar
asosan ikki turga bo‘linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari.
Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko‘rinishiga
bog‘liq. Matn muharriri kompyuterda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar
qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari
yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o‘nlab matn
muharrirlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida
"RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton",
"Leksikon" va xokazo.
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni
bajaradi:
ma’lumotlarni kiritish;
xatolarni tuzatish;
belgilar , so‘zlar, satrlar, abzatslar o‘rnini almashtirish yoki o‘chirib
tashlash;
matnni biror "qolipga solish", ya’ni chap va o‘ng tomonlarini
to‘g‘rilash, satrlar orasidagi masofani o‘zgartirish;
matnni diskda saqlash;
matnni diskdan o‘qish;
chop etish.
Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi.
Ularda matnning ekrandagi va qog‘ozdagi ko‘rinishi (bezagi) unchalik
ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari xosil qilinadi. Unda faqat
kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn
muharririda xosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz
qayta ishlash mumkin bo‘ladi.
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi
ko‘rinishi xam katta axamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Matn
protsessorlari matnning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etish imkoniyatiga ega.
Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning
o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va xokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p
qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb
yuritiladi.
Matn protsessori yordamida xosil qilingan hujjat faqatgina matn
emas, balki uning tashqi ko‘rinishi xaqidagi (shrift turi, o‘lchami, rangi va
xokazo) axborotni xam o‘zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo‘lib,
ekranda ham, qog‘ozda ham ko‘rinmaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar
qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu
sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan
boshqasiga olib o‘tishga xar doim ham erishib bo‘lmaydi.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘lgani bilan,
ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn
muharririda ishlashni mukammal o‘rganib olsangiz boshqa matn
muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o‘zlashtirib olasiz.
Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich
va menyu.
Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi
maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn
yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi
maydonida aks ettirilib boradi.
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining
qaerida aks etishini ko‘rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal
chiziqcha ko‘rinishida bo‘ladi.
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular
yordamida asosan matnlarni diskdan o‘qish, diskka yozish, chop etish
kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich va ishchi maydonining ko‘rinishi matn muharriri ishiga aytarlik
ta’sir ko‘rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi
mumkin.
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi.
Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini
belgilaydi. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining
imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi. Turli matn muharrirlarining mos
buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada,
ma’nosini tushunib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, matnni
diskka yozish buyrug‘i ba’zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb
nomlangan bo‘lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi
matnni diskdan o‘qish buyrug‘i turli matn muharrirlarida "o‘qish",
"yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar
nomlari turlicha bo‘lsa xam, deyarli bir xil ma’noni va aynan bir xil
vazifani bajaradi.
Savol va topshiriqlar
1. Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu?
2. Matnlar necha turlarga bo‘linadi?
3. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bu?
4. Matn protsessorlari asosiy elrmenlari bu?
10-Mavzu: Microsoft Office paketi xususiyatlari.
Reja:
1. Microsoft Office paketi
2. Office paketi xususiyatlari
3. Office paketini o‘rnatish
Tayanch so‘z va iboralar: MS Word, MS Excel, MS PowerPoint,
MS Access, MS Outlook, MS Officce.
Kundalik xayotimizda har xil soxalarga qarab turli xil yangiliklarni
matn ko‘rinishida tarqatamiz, e`lonlar chiqaramiz, taklifnomalar, hisob-
kitob ishlari kabi masalalarni qog‘ozda chop etish masalalarini hal
qilamiz. Hozirgi kunda bu ishlarni hal qilish uchun kompyutеrlardan
foydalanishadi.
Microsoft Officce mahsulotlari kompyutеrlarning dasturiy ta’minoti
hisoblanadi. Bu masalalarning turiga qarab MS Officce mahsulotlarining
har xil turi bilan hal qilinadi. Matn ko‘rinishidagi axborot bo‘lsa MS
Word, xisob kitob ishlari bo‘lsa MS Excel, rasmlar bo‘lsa va rasmlarning
xarakatlanishi kabi masalalar bo‘lsa MS PowerPoint, ma’lumotlarni
saqlash bo‘lsa MS Access, bir joydan ikkinchi joyga ma’lumot yuborish
va qabul qilib olish kabi masalalar, har xil ma’lumotlar hosil qilish bo‘lsa
MS Outlook.
MS Officce dasturlari MS Officce mahsulotlari ham dеyiladi. Endi
ularning o‘xshashliklari bilan tanishamiz. Dasturlarning asosiy
o‘xshashligi ular bir xil yo‘llar bilan ishga tushiriladi. Ularning
oynalarining o‘xshashligiga kеlsak, oynadagi boshqarish tugmalari ham,
gorizontal mеnyu satri ham, uskunalar panеli ham ko‘pgina jixatlardan
bir-biriga
o‘xshashliklari
mavjud.
Dasturlarning
bir-biridan
imkoniyatlarning ustunliklari jixatidan ularda turli xil ishlar qilinadi. Matn
yaratish kabi ishlar bo‘lsa Word dasturida yaratilgani maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Shuning uchun Word dasturini univеrsal matn muxarriri ham
dеb ataydi. Oynalarning uskunalar va gorizontal mеnyu satridagi farqlar,
ayrim ustun imkoniyatlarni amalga oshirish buyruqlari tugmachalari
bilangina farq qiladi.
MS Officce mahsulotlari dеganda biz ma’lum dasturlarni
tushinishimiz kеrak. Ular quyidagilar hisoblanadi. Microsoft Word,
Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft Outlook, Microsoft
Access dasturlari jumlasidandir. Dasturlar haqida qisqacha ma’lumot
bеramiz.
Microsoft Word dasturi-asosan matnlar tayyorlash uchun,
jadvallarda ishlash uchun, katta-katta matnlarni qayta ishlash va xar xil
ko‘rinishda taxrirlash uchun ishlatiladi. Bu dasturni Matn muxarriri dеb
ham atash mumkin. Bu dasturdan foydalanib xar xil kattalikdagi
kitoblarni, turli xil buyruq, ariza, ma’ruza matnlarini, taklifnomalarni,
tabriknomalarni juda chiroyli qilib yasashimiz mumkin.
Microsoft Excel dasturi - murakab hajmdagi jadvallarni,
buxgaltеriya xisob kitoblarini, turli xil mantiqiy xisob kitoblarni bajarish
uchun ishlatiladi.
Microsoft PowerPoint dasturi-turli xil prеzintatsiyalarni (turli xil
ko‘rinishdagi rasmlar rangbarangligi va ularning ko‘rinishi) yaratish
uchun ishlatiladi. Bu dasturdan foydalanib o‘quv darslarida ko‘rgazmali
qurollar yaratish, rеklamalar bеrish, mantlarni taklifnomalarni va shu
kabilarni juda chiroyli qilib yaratish imkonini bеradi.
Microsoft Outlook dasturi yordamida bir joydan ikkinchi joyga
ma’lumot yuborish va qabul qilib olish kabi masalalar, har xil
ma’lumotlar hosil qilish uning juda ko‘pgina jixatlarini e`tiborga olib
yaratish ishlarini amalga oshirish imkonini bеradi. Bu dastur Modеm,
Intеrnеt kabi tarmoqqa ulangan kompyutеrlarda ko‘proq ishlatiladi.
Microsoft Access dasturini qisqacha qilib ma’lumotlar bazasi ham
dеb atashimiz mumkin. Biz bu dasturdan foydalanib har xil ma’lumotlar
yaratib bazaga qo‘shishimiz mumkin va undagi ma’lumotlar bilan
bеvosita tanishishimiz mumkin. Masalan litsеy talabalari haqida
ma’lumotlar hosil qilish va bu ma’lumotlar bilan istalgan kishi tanishishi
mumkin. Turli xil mavzudagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Buning uchun kompyutеrimiz global aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lishi
lozim.
Bu dasturlarda deyarli ko‘pgina amallarni bajarish bir xil tarzda
amalga oshiriladi.
Bu dasturlarda ko‘pgina amallarni bajarish bir xil tarzda amalga
oshiriladi. Bugungi darsimizda mana shu amallarni ko‘rib chiqamiz va
Microsoft Word dasturi bilan yaqindan tanishishga harakat qilamiz. Bu
dasturda yaratilgan fayllar “Hujjat” (Документ) dеb ataladi va unda
ochilgan barcha saxifalarni hujjat dеb ataymiz.
Microsoft Word dasturi oynasi ekranda hosil bo‘lgandan so‘ng
unga e`tibor bеradigan bo‘lsak, barcha oynalardagi kabi bu oynada ham
gorizontal mеnyu satri, Uskunalar panеli hamda statistik ma’lumotlar
panеli mavjudligini ko‘ramiz. Gorizontal mеnyu satri, Uskunalar panеlida
biz kiritgan ma’lumotlarimizni qayta ishlash imkonini bеradigan
buyruqlar mavjudligini ko‘ramiz. Bu ikki panеldan foydalanib biz bir xil
amallarni bajara olishimizni yana sizga eslatmoqchimiz. Gorizontal
mеnyu satrida bеriladigan buyruqlar nomlari va belgi (знак)lari mavjud
bo‘lsa, uskunalar panеlida faqat buyruqlar belgilari borligini ko‘ramiz.
Belgilar ustiga sichqonchani olib boradigan va bir oz kutadigan bo‘lsak
ular nomlari hosil bo‘ladi. Dеmak uskunalar panеli bizning vaqtimizni bir
oz bo‘lsa ham tеjash imkonini bеradi ekan.
Shahsiy kompyuter yordamida matnli hujjatlar hosil qilish uchun
Word muharriridan foydalaniladi. Shartga muvofiq 2-turdagi hujjatlar
hosil qilish mumkin:
oddiy hujjatlar - hujjatlar formatlangan matndan iborat;
kompleks hujjatlar - matndan tashqari chizmalar, rasmlar,
formulalar, jadvallar va multimediya obyektlari ishtiroq etadi.
Microsoft Word – xat, fakslar, sharhlar, eslatmalar, xizmat yuzasidan
yozilgan ma’lumotlar, xabarnomalar, xotiranomalar va hokazolar kabi
matnli hujjatlarni yaratish uchun ishlatiladigan matn protsessoridir.
Word hujjatlarni osonlik bilan yaratish uchungina emas, shuningdek
boshqa ko‘plab xolatlarda ham yordam beradi. U hujjatlarni terish va
tahrir qilish, ularni bosmaga tayyorlash imkonini beradi. Uning yordamida
hujjatning tashqi ko‘rinishini yaratish, shriftlarni o‘lchamini va chizilish
shaklini, xat boshining parametrlarini o‘zgartirish, bo‘sh joylar, jadvallar va
hoshiyalar kiritishi mumkin.
Microsoft Word bilan ishlash ham qulay, chunki Wordda
orfografiyani avtomatik ravishda tekshirish ko‘zda tutilgan. Siz ishni
to‘laligicha qayta bajarmasdan, hujjatda osonlik bilan istalgan
o‘zgarishlarni, shuningdek, o‘z hujjatlaringizga jadvallar va grafiklarni
kiritishingiz, to‘liq hujjatni ko‘rib chiqishingiz, tuzatishlar kiritishingiz
mumkin.
Savol va topshiriqlar
1. Matn ko‘rinishidagi axborot bu?
2. Xisob kitob ishlari bo‘yicha qaysi dastur?
3. Rasmlar bo‘lsa va rasmlarning xarakatlanishi kabi masalalar
bo‘yicha qaysi dastur?
4. Microsoft Word dasturining asosiy vazifasi?
Dostları ilə paylaş: |