35
1.8-§. Ko`pyoqlik va sirtlarning proyeksiyasi
Son belgili proyeksiyalarda ko`pyoqlik uchlarining son belgili proyeksiyasi
bilan, sirt ostki va ustki asosi markazining (markazi va uchi konus bo`lsa) son
belgili proyeksiyasi bilan va gorizontallarining son belgili proyeksiyasi bilan
beriladi.
Yer sirti topografik sirt deb ataladi.
U tekislik, tepalik, chuqurlik va
hokazolardan iborat bo`lib, geometrik qonunlarga bo`ysunmaydi. Topografik
sirtlarni o`rganish, ularga doir injenerlik
masalalarini yechish, topografik sirt
gorizontallarining son belgili proyeksiyasi bilan tasvirlanganda ancha oson bo`ladi.
Sirtni proyeksiya tekisligi H ga parallel tekislik bilan kesilishidan hosil
bo`lgan chizig’iga
shu sirtning
gorizontali
deb aytiladi. Yondosh gorizontallar
orasidagi vertikal masofa qabul qilingan birlikka ya`ni 1m ga teng qilib olinadi.
1.53-shaklda asosi 2m balandlikda uchi 7m balandlikda joylashgan,
balandligi 5m bo`lgan og’ma
uchburchakli piramidaning, 1. 54-shaklda asosi
proyeksiya
tekisligida joylashgan, balandligi 6m bo`lgan uchburchakli og’ma
prizmaning, 1.55-shaklda asosi proyeksiya tekisligida joylashgan, balandligi 7m
bo`lgan og’ma elliptik silindrning, 1.56-shaklda asosi 2m balandlikda uchi 6m
balandlikda joylashgan og’ma elliptik konusning, 1.57–shaklda asosi proyeksiya
tekisligida joylashgan balandligi 3m bo`lgan to`g’ri doiraviy konusning, son belgili
proyeksiyasi berilgan. To`g’ri doiraviy konusning hamma yasovchilari proyeksiya
tekisligiga bir xil burchak ostida qiya bo`lganligi
sababli gorizontallarining
proyeksiyalari orasidagi masofalar teng bo`ladi. 1.58-shaklda proyeksiya
tekisligida turgan radiusi 3m ga teng yarim sharning, 1.59-shaklda balandligi 4m
bo`lgan tepalikning va 1.60-shaklda 3m li chuqurlikning son belgili proyeksiyasi
berilgan.