Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari yuzasidan mashqlar, testlar ishlash. Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash Reja


Grammatik ma’no va grammatik shakl



Yüklə 358,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix21.10.2023
ölçüsü358,12 Kb.
#158983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-amaliy mashgulot

Grammatik ma’no va grammatik shakl 
So'zning borliqdagi narsa, belgi harakat va voqea-hodisalar haqidagi 
tushunchalarni ifodalashi uning 
leksik ma’nosi 
hisoblanadi. Leksik ma’no so'zning 
lug'aviy (asosiy, o'zak negiz) qismi orqali anglashiladi. So'zning biror turkumga 
mansubligini ko'rsatuvchi umumiy kategorial ma’no va so'zning ma’lum bir 
grammatik shakli ifodalaydigan ma’no 
grammatik ma’no 
deyiladi. 
Demak, grammatik ma’no o'z xususiyatiga ko'ra ikki turlidir. 
1. Ma’lum bir so'z turkumi uchun umumiy bo'lgan ma’no. Masalan: 
yomg'ir, 
bahor, shirinlik, qush, daraxt 
kabi so'zlar uchun mushtarak bolgan ma’no predmetlik 
tushunchasini anglatishidir. Xuddi shu umumiy grammatik ma’no ularning ot 
turkumiga mansubligini ko'rsatadi. 
2. So'zlar asosiy leksik ma’nosidan tashqari qo'shimcha grammatik ma’noni ham 
ifodalaydi. Masalan: 
kitobim, kitobing, kitobi; uyga, uyda, uydan, bordik, 
yaqinlashyapti 
so'zlaridagi egalik, kelishik, zamon, va shaxs-son qo'shimchalari 
yordamida ifodalanayotgan ma’no ham grammatik ma’no hisoblanadi. 
So'zning grammatik ma’nosi uning grammatik shakli orqali reallashadi. 
Masalan: 
kitoblar 
so'zidagi aniq bir predmet va uning ko'pligi ma’nosi 
-lar 
affiksi 



yordamida, 
ishlayapmiz 
so'zining grammatik ma’nosi (zamon va shaxs-son) 
-yap>-
miz 
morfologik ko'rsatkichlari vositasida anglashilmoqda. 
So'z shakli quyidagicha hosil qilinadi: 
1. 
Sintetik shakl. 
So‘zning o‘zak-negiziga qo‘shimchalar qo'shish orqali hosil 
qilinadi: 
kuldi, yig'layapti, qalamni, shahardan 
kabi. 
2. Analitik shakl. 
Yordamchi so’zlar ishtirokida hosil qilinadi: 
qalam bilan, 
maktab tomon. 
Nutqda sintetik va analitik shakllar aralash holda qo‘llanishi mumkin: 
so‘zla+
b
bеr+dim, 
ona+m uchun; ko‘r+ib turib+man. 
3. 
Juft va takroriy shakl. 
Bu tipdagi so‘z shakllari ham ma’lum bir 
grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. 
Juft shakl. 
Bir turkumga mansub ikki so'zning juft holda qo‘llanishidan 
yuzaga keladi. Bir turkumga mansub har qanday so‘zni juft holda qo‘llab 
bo‘lmaydi. Buning uchun ularning ma’no munosabati e’tiborga olinadi. So‘zlar 
juft holda qo‘llanganda umumlashtirish, jamlik ma’nolari o‘rtaga chiqadi: 
qishin-
yozin (doim), katta-kichik (barcha), mayda-chuyda (arzimas narsalar), aji-buji
(tartibsiz), ora-sira (ba'zan). 
Nutqimizda juft so‘zlar qismlarining o‘rni asosan o’zgartirilmay qo‘llanadi. 
Kalta-kulta, о‘lda-jo‘lda, ota-bola. 
Ba’zi juft so‘zlar qismlarining o‘rnini almashtirib 
qo'llash mumkin: 
eson-omon – omon-eson, asta-sekin – sekin-asta. 
Takroriy shakl. 
Leksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi
takror holda qo‘llangan so‘z shakli takroriy shakl hisoblanadi: 
katta-katta (binolar), 
chopa-chopa (charchamoq), joy-joyiga (o'tirmoq), tez-tez (gapirmoq). 
Bir so’zni ketma-ket qo‘llash bilan takroriy shakl hosil bo'lavermaydi. Takroriy 
shaklda so’zning leksik ma’nosidan tashqari ma’lum bir grammatik ma’nolar 
ifodalanishi lozim. 
Masalan: 
Berganing bir yumurta, 
O‘ldirding 
turta-turta. 
(Maqol). 
Berganga – 
qo‘sha-qo’sha, 
Bermaganga 
о‘sha-o'sha. 
(Maqol). 
Gul – 
dasta-dasta, 
Gul – bermagan nokasta. (Maqol). 
Ilib-ilib, yoz bo‘lar, 
Sovib-sovib, qish bo‘lar. (Maqol). 
Keltirilgan misollardagi 
qo’sha-qo‘sha, dasta-dasta 
takroriy shakllari ko‘plik 
ma’nosini, 
turta-turta, ilib-ilib, sovib-sovib 
harakatning takroriyligini ifodalaydi. 
Takroriy shaklni 
uslubiy takrordan 
farqlash kerak. Masalan: – I
ya, iya, biz turganda 
nega endi siz pol yuvarkansiz, opa? 
– 
Dod, dod! Omonatimdan ayrildim. 

 Obbo, 
– 
dedi Bozorboy uf tortib, 
– 
bo’pti, bo'pti, to'rtta balon berib yuboraman. 
Qutuldimmi?! 
(S.Ahmad). 
Uslubiy takror tarkibidagi so‘zlar birgalikda boshqa bir ma’noni ifodalamaydi, 
bir butunlikni hosil qilmaydi. Qaytarilayotgan so‘z asosan, ta’kidni kuchaytirish 
uchun ishlatiladi. 

Yüklə 358,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin