Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari yuzasidan mashqlar, testlar ishlash. Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash Reja



Yüklə 358,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix21.10.2023
ölçüsü358,12 Kb.
#158983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-amaliy mashgulot

Ot so’z turkumi 



Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar turkumi 
ot 
deyiladi. Ot son, egalik, 
kelishik kategoriyalari, turli ma’no va vazifa uchun qo’llanadigan morfologik 
shakllarga, shuningdek, o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Masalan: 
ishchilarimizning 
so'zida 
-chi 
– so‘z yasovchi, 
-lar 
– ko‘plik, 
-imiz 
– egalik, 
-ning 

kelishik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalardir. 
Otlar 
kishi nomlarini: Ahmadjon, Nozimbek, Maftuna, Muslima

o'rin-joy
nomlarini

Farg‘ona, Samarqand, maktab, qishloq; daraxt va o’simlik nomlarini

chinor, majnuntol, kashnich:, narsa-buyum nomlarini

cho‘mich, kosa, ko'ylak

vaqt-fasl nomlarini: yil, daqiqa, soat

hafta, oy, yoz, kuz, qish, bahor, mart, may

voqea-hodisa nomlarini: majlis, dars, to’fоп, zilzila
; y
er va osmon jismlari
nomini: tuproq, tog’, tosh, quyosh, yulduz. 
Shuningdek: 
sevgi, tinchlik, orzu,
yaxshilik, qobiliyat 
kabi mavhum tushuncha nomlarini ifodalab keladi. 
Ot turkumidagi so‘zlar sifat, son, olmosh, fe’l va ravish turkumidagi so‘zlar 
bilan sintaktik munosabatga kirishadi: 
shirin olma, uchta qalam, o'sha kitob,
maktabda ishlamoq, ко’p odam 
kabi. 
Ot gapda turli vazifalarda kela oladi, lekin ega vazifasida kelishi uning 
yetakchi sintaktik belgisidir. 
Ot turkumiga mansub so‘zlar bosh kelishikda kelganda – 
ega 
va 
kesim

qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olganda 
aniqlovchi, izohlovchi, to‘ldiruvchi, hol va undalma 
bo‘lib keladi. Masalan, 
Ko‘z 
– 
qo'rqoq, qo’l
– 
botir (Maqol). Gullarning ichida eng qadrlisi 
– 
atirgul. Azamat
teraklarning yaproqlari kumush astarlarini oyga tutib, orom uyqusiga ketishgan
(S.Ahmad). Yo‘lchi o'z do'sti Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o'tirar edi
(Oybek). Adabiyot ilmi xuddi yong‘oqqa o’xshaydi: sirti qattiq, lekin ichidagi
mag‘izi shirin (A.Qahhor). Osmonda yulduzlar siyrak qoldi (P.Qodirov). 
– 
Bolam,
hech kim otasiz о‘smabdimi, bo’ying cho‘zilib qoldi, endi о‘zing ota bo‘lasan,
mana ко‘rasan (SAhmad). 

Yüklə 358,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin