Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari yuzasidan mashqlar, testlar ishlash. Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash Reja



Yüklə 358,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix21.10.2023
ölçüsü358,12 Kb.
#158983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-amaliy mashgulot

Sifat darajalari 
Bir predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatlab 
farqlash hodisasi 
sifat darajalari 
deyiladi. 
Sifatlarda uch xil daraja mavjud: 
oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. 
Oddiy daraja 
sifatlari bir predmetgagina xos belgini ifodalaydi. Ular belgini 
boshqa belgiga qiyoslamagan holda anglatadi. Oddiy daraja sifatlarida hech qanday 
qo‘shimcha yoki yordamchi so‘z bo‘lmaydi. Masalan, 
katta hovli, chaqqon qiz, yashil 
durracha, qirmizi olma. 
Qiyosiy darajada 
bir predmetning belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday 
belgiga qiyoslanadi. 
Qiyosiy daraja 
-roq 
qo'shimchasi bilan hosil qilinadi. Bu qo'shimcha belgining 
ortiq yoki kamligini ko‘rsatadi. 
Masalan: Belgining ortiqligi: Alining kitobi Valining kitobidan 
qiziqroq. 
Oltin 
kumushdan 
og'irroq
. Belgining kamligi: Bu xona avvalgisidan ham 
kichikroq. 
Orttirma daraja 
shakli yordamchi so'zlar vositasida hosil qilinadi va belgining 
me’yordan ortiqligini ifodalaydi. Orttirma daraja ma’nosini ifodalovchi yordamchi 
so'zlarga quyidagilar kiradi: 
eng, juda, g'oyat, g'oyatda, bag'oyat, о‘ta, benihoyat, 
nihoyat, nihoyatda 
kabilar. 
25-mashq. Berilgan so'zlarga daraja shakli ko’rsatkichlarini qo‘yib ko‘chiring. 
Ular ishtirokida gaplar tuzing. 
Namuna: yaxshi-yaxshiroq-eng yaxshi. 
Bu yil akam «Eng yaxshi talaba» tanlovining g‘olibi bo‘ldi. 
qiziq, qisqa, teran, ixcham, durust, yapaloq, yassi, ziyrak, qo‘rqoq, kuchli, 
chiroyli, og‘ir, afzal, kulgili, go‘zal, bahaybat, sariq, aziz, ulug‘, baland, xira, nafis, 
nam, g‘amgin, xafa, tund, sho‘x, quvnoq. 
26-mashq. O’zingiz o‘qigan asarlardan sifat daraja shakllari ishtirok etgan 10 ta 
gap yozing. Ularning ma’no xususiyatiarini tushuntiring. 

Yüklə 358,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin