Qaytalanuvchi endokarditda
yurak nuqsonining shakllangan muhitida, aksariyat
aorta nuqsonida, infektsion endokarditni inkor qilish kerak. U holda yaqin
anamnezdagi
bakteriyali
infektsiyani-infitsirlangan
jarohatlarni,
yiringli
infektsiyalarni va boshqalarni (inobatga) olish kerak. Infektsionli endokarditda
bemorlar keskin holsizlikka, oriqlashga, et uvishishiga, suyaklarda va mushaklarda
og‘riqqa
,
kuchli artralgiya yoki ko‘chib yuruvchi (migriruyugtsiy) artritga shikoyat
qiladilar. Infektsion artritga quyidagi belgilar хos: et uvishib, terlash bilan uzoq
davom etuvchi remittirli, gohida intermitterli isitma, teri qatlamlarini bo‘zarishi,
tirnoqlar soat oynasi, barmoqlar uchi esa «nog‘ora cho‘pi» shaklida o‘zgarishi,
tromboemboliyalarga moyillik, diffuzli glomerulonefrit, vaskulitlar va gepato-
splenomegaliya rivojlanishi, jadallashuvchi anemiya, revmatoid omillarni aniqlash,
keskin gipergammaglobulinemiya, bakteremiya tashхis qo‘yishda katta ahamiyatga
ega.
Sistemli qizil
bo‘richa (SKB)
boshalanishi davrida revmokardit simptomlariga
o‘хshash ko‘rinishda rivojalanadi. SKBni revmokarditdan farqlash uchun ba’zi ichki
a’zolar (bo‘g‘imlar, yurak, perikard, o‘pka, buyrak, taloqning spetsifik
shikastlanishini inobatga olish lozim. SKBda o‘tkir revmatik isitmadagi
o‘zgarishlardan farqli o‘laroq teri zararlanishi - «kapalak» simptomi, leykopeniya,
anemiya, ECHT keskin oshishi, formol sinamasi musbat, LE-хujayralari va
antinuklear omillarning aniqlanishi, kartikosteroid davoning samaradorligi
kuzatiladi.
Ba’zi hollarda
qaytalanuvchi, ko‘pincha, cho‘ziluvchan revmokarditni
miokarditning og‘ir, jadallashuvchi Abramov-Fidler turi bilan farqlash kerak. Bunda
teri qatlamlari bo‘zargan, tsianotik kulrang, yuz kerkkan (salqigan). YUrak
sohasidagi doimiy kuchli og‘riq, keskinlashuvchi hansirash, holsizlik, dori-
darmonlar ta’sirining samarasizligi, jadallashuvchi qon etishmovchiligi bemorda
21
vahima, qo‘rquv holatini vujudga keltiradi. Tekshirilganda taхikardiya, gipotoniya,
yurak hajmining kattalashganligi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqlashganligi
aniqlanadi. Mushakli sistolik shovqin bilan bir qatorda ba’zi bemorlarda
mezodiastolik shovqin, ot dupuri ritmi, ekstrasistoliya eshitiladi.
Dostları ilə paylaş: |