Xalqasimon eritema
(annulyar toshma) (Erytхema marginatum) 4-17%
hollarda O‘RI xurujining cho‘qqisida paydo bo‘ladi.
17
Klinik belgilari: tana, qo‘l-oyoqlar terisida och pushti rangdagi xalqasimon
toshmalar. YUzda bo‘lmaydi, teri ustiga bo‘rtib chiqmaydi, qichima va boshqa
sub’ektiv belgilar kuzatilmaydi, tezda, odatda 1 sutkada izsiz yo‘qoladi.
Revmatik tugunchalar
– yumaloq, zich 1-2 sm li og‘riqsiz teri osti
tugunchalari.
Paylar birikkan joylarda, suyak yuzasi ustida, tizza, tirsak, panja-falanga
bo‘g‘imlari, ensa suyagi sohasida joylashadi. O‘RI dastlabki xuruji vaqtida 1-3%
hollarda kuzatiladi. Odatda 1-2 oydan keyin asoratsiz yo‘qoladi.
Seroz qavatlar zararlanishi. 5-7% bemorlarda kasallik boshlanishida qorin
seroz qavati yallig‘lanishi bilan bog‘liq abdominal sindrom kuzatiladi. Belgilari:
qorinda og‘riq. Antrirevmatik davo ta’sirida og‘riq yo‘qoladi.
Laborator ko‘rsatkichlar
ECHT oshishi, leykotsitoz, seromukoid oshishi, CRO oshishi, disproteinemiya
albuminlar kamayishi va γ-globulinlar oshishi bilan.
Serologik tekshiruvda antistreptokokk antitanalari titri oshadi. 80% hollarda
ASL-O, 95-97% hollarda anti-DNKaza V va ASG. Antistreptokokk antitanalari titri
2 xaftalik interval bilan 3 marta tekshirilishi lozim.
Tomoqdan olingan surtmani bakteriologik tekshiruvida 15-20% hollarda A
guruhdagi β-gemolitik streptokokk aniqlanadi.
Asbob-uskunalar bilan tekshirish:
EKG yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi xarakterini aniqlash uchun muhim:
(ko‘pincha ekstrasistolalar, AV blokada I-II daraja). Revmatik miokarditda EKG
dagi dinamik o‘zgarishlarning tez sodir bo‘ladi (1-2 xafta ichida).
Ekstrasistoliya
18
Atrioventrikulyar blokada
Ko‘krak qafasi rentgenografiyasida kardiomegaliya, o‘pkada qon dimlanishi
belgilari.
Dostları ilə paylaş: |