PATOGENEZI
KLINIKA
Kasallik boshlanishi belgilari bemorning yoshi bilan bog‘liq. Bolalarda
anginadan 2-3 hafta o‘tib, to‘satda tana harorati ko‘tariladi, artrit, kardit belgilari
kuzatiladi. Boshqa bemorlarda monosimptom kechishi mumkin. O‘smirlar va
yoshlarda asta-sekin subfebril temperatura, yirik bo‘g‘imlarda artralgiya, karditning
ba’zi belgilari bilan boshlanishi mumkin. O‘RI qayta xurujlari (residiv) ko‘p
A-guruhdagi β-gemolitik streptokokkli faringit
Giperimmun reaksiya
Antitanalar ishlab chiqarilishi
Patogen
eliminatsiya
Biriktiruvchi
to‘qima
zararlanishi
13
hollarda streptokokkli infektsiya bilan bog‘liq va asosan kardit rivojlanishi bilan
namoyon bo‘ladi.
Taniqli olim - pediatr A.A. Kisel (1939) kasallik asosiy belgilariga
«kasallikning absolyut simptomokompleksi» deb ta’rif bergan
Asosiy belgilari
•
Poliartrit
•
Kardit
•
Xoreya
•
Annulyar eritema
•
Teri
•
Poliartrit, kardit, xoreya alohida uchrashi mumkin, lekin ko‘pincha
birgalikda kuzatiladi.
Revmatik poliartrit
– revmatik isitmaning asosiy belgisi hisoblanib,
bemorlarning 2/3 qismida kuzatiladi. Artrit uchib yuruvchi xarakterga ega.
Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar xarakatning cheklanishiga olib kelishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida bo‘g‘imlarda shish, ba’zan bo‘g‘im usti teri qoplamining
qizarishi kuzatiladi.
Revmatik poliartrit asosiy belgilari:
• o‘tkir boshlanishi;
• isitma;
• bo‘g‘imlarda og‘riq;
• shish (sinovit va periartikulyar to‘qimalar zararlanishi hisobiga);
• harakat cheklanishi;
• bo‘g‘im ustida harorat ko‘tarilishi va teri qizarishi.
Alohida xususiyatlari:
- jarayonga yirik va o‘rta bo‘g‘imlarning, ko‘pincha tizza va boldir-tovon,
bilak-panja va tirsak bo‘g‘imlarining qo‘shilishi;
- simmetrik zararlanish;
- uchib yuruvchi bo‘g‘im sindromi;
- deformasiyasiz;
- patologik jarayonning tez orqaga qaytishi (ayniqsa yallig‘lanishga qarshi davo
fonida bir necha kun yoki soatda).
- 10-15% bemorlarda poliartralgiya kuzatiladi (artritdan farqi harakat
cheklanishi, paypaslaganda og‘riq va yallig‘lanishning boshqa simptomlarisiz
kechadi).
Revmatik artrit ko‘pincha revmokardit bilan birgalikda kechadi, ba’zan
alohida uchraydi (15% bemorlarda).
|