8
O‘RIning Stollerman tomonidan 1997 yilda taklif etilgan ta’rifiga ko‘ra O‘RI
– bu moyilligi bo‘lgan kishilarda A-guruhdagi streptokokkli faringitning asorati
bo‘lib, streptokokk epitoplariga autoimmun javob
va inson organizmidagi teri,
bo‘g‘im, yurak, bosh miya kabi to‘qimalarining o‘xshash epitoplariga kesishgan
reaktivlik rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi:
A guruhidagi β-gemolitik streptokokk - RI rivojlanishi bilan yakunlanadigan
zararlanishning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri.
RI rivojlanishi shartlari – burun-xalqum infektsiyasi va uning etarlicha
samarali davolanmasligi
O‘tkir streptokokkli infektsiya o‘tkazganlarning 0,3-3% RI bilan kasallanadi.
β-gemolitik streptokokk
RI streptokokkli infektsiya natijasida rivojlanishi gipotezasini 1935 yilda
taniqli
terapevt, akademik N.D. Strajesko ilgari surgan: «Revmatizm – bu
sezuvchanligi yuqori bo‘lgan organizmdagi sepsisdir. Bunda immunologik
reaktivlikning oshishi muhim rol o‘ynaydi. Agar o‘tkir
revmatizm rivojlanishida
streptokokkli infektsiya muhim rol o‘ynasa, revmatizm surunkali kechishga
o‘tishidagi muhim omil – bu yurak miokard va endokard
qavatlariga nisbatan
antitanalar hosil bo‘lishining kuchayishidir, bu esa
nafaqat yurak zararlanishiga,
balki asoratlar rivojlanishiga ham olib keladi».