10
ta’sirlanuvchi antigenlariga qarshi immun javob («molekulyar mimikriya
fenomeni») rivojlanadi. M-protein molekulalarida
makroorganizmning miozin,
sinoviy, bosh miya kabi turli to‘qimalari bilan o‘zaro ta’sirlanuvchi antigen
determinantlari (epitoplar) mavjud. Bular miokard,
bosh miya, sinovial qobiqlar
komponentlari bilan o‘xshashlikka ega. M-protein autoimmunitet effektini
indutsirlovchi superantigen xususiyatiga ega. Orttirilgan autoimmun javob o‘z
navbatida A guruhdagi β-gemolitik streptokokk revmatogen shtammalari bilan qayta
infitsirlanish natijasida kuchayishi mumkin.
Xavf omillari
Nasliy moyillik
Ijtimoiy omillar
Iqlim omillari
Aholi zich joylashganligi
Tibbiy yordam darajasining pastligi
Ovqatlanish
Disgormonal o‘zgarishlar
Otasi yoki onasi O‘RI bilan xasatlangan bemorning
aka-ukalari yoki opa-
singillaridan birida O‘RI ko‘p uchrashi hamda geterogen zigotali egizaklarga
qaraganda monozigotali egizaklarda yuqori darajada tarqalganligi O‘RIga genetik
moyillikni tasdiqlaydi.
Genetik markerlarni tadqiq qilish natijalari O‘RI A(ІІ), V(ІІІ) qon guruhili
bemorlarda ko‘p uchrashini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: