7
Mavzuni asoslash
O‘RI jiddiy oqibatli kasallik hisoblanadi. Kasallik dunyoning barcha klimatik-
geografik zonalarida ro‘yxatga olingan. Ko‘p holatlarda kasallik bolalik va o‘spirin
yoshida boshlanadi (6-15yosh). O‘RI bilan kasallanish va davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan. Birlamchi kasallanish 70
% dan ko‘p holatlarda 8-15 yoshlilarga to‘g‘ri keladi.
Epidemiologiya
Kasallanish 100 000 aholiga 100 kishini tashkil qiladi (0,1%).
Rivojlanayotgan davlatlardagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida tarqalganligi 1000
kichik yoshdagi aholiga 6-22 kishini tashkil qiladi.
Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning mikrobiologiya, normal fiziologiya,
patologik fiziologiya, patologik anatomiya, ichki kasalliklar propedevtikasi,
farmakologiya bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlariga asoslanadi. Mashg‘ulot davomida
olingan bilimlar umumiy amaliyot shifokori, revmatologiya, klinik farmakologiya
va boshqa klinik yo‘nalishlarda va klinik farmakologiyada dori vositalari
o‘rganilganda kerak bo‘ladi.
3.Mashg‘ulotning mazmuni:
Nazariy qismi
O‘RI ta’rifi, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi
.
O‘tkir revmatik isitma patologo-
anatomik bosqichlari. O‘RI kasalligida uchraydigan asosiy belgi va sindromlar.
O‘RI kasalligining zamonaviy diagnostikasi. O‘RI kasalligini qiyosiy tashхislash.
O‘RI kasalligida qo‘llaniladigan asosiy guruh preparatlari.
O‘TKIR REVMATIK ISITMA
(Sokolskiy – Buyo kasalligi) – biriktiruvchi
to‘qimaning tizimli yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan yurak va qon tomirlar
tizimini jaroxatlaydi, ko‘proq kasallikka moyilligi bo‘lgan kishilarda A-guruhga
kiruvchi β-gemolitik streptokokk bilan bog‘liq holda rivojlanadi.
“Revmatizm” tushunchasi birinchi marta 1635 yilda Ballonius tomonidan
kiritilgan. Revmatizm tushunchasi grekcha
Dostları ilə paylaş: