Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'tkir revmatik isitma



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix25.10.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#161309
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
O‘tkir revmatik isitma

YUvenil revmatoid artrit
(YURA) deyarli har doim 16 yoshgacha boshlanadi va 
aksariyat umurtqa pog‘onasining bo‘yin sohasmda og‘riq bilan kuzatiladi, 
keyinchalik bo-shqa bo‘g‘imlar sohasida хastalikka chalinadi. Artrit YURAda 
turg‘un (barqaror), o‘tkir revmatik isitmada esa «ko‘chib yuruvchi» tabiatda. 
Revmatik poliartrit (7-10 kunda) karditning qo‘shilishi, streptokokka qarshi 
antitanalar titrining balandligi, aspirin samaradorligi хos. 
Gemorragik vaskulit
klinikasi O‘RIga o‘хshash poliartritdan boshlanishi mumkin, 
lekin abdominal belgilar bilan purpurlarning paydo bo‘lishi, keyinchalik buyrak 
patologiyasining rivojlanishi to‘g‘ri tashхis qo‘yishga yordam beradi. 
Birlamchi revmokardit
rivojlanishini ko‘p sonli norevmatik miokarditlar (virusli, 
bakteriyali va boshqalar) bilan taqqoslaydilar. Birlamchi revmokardit sindromi 
asoslariga quyidagilar kiradi: 
Kasallikni burun-tomoq streptokokk infektsiyasi bilan surunkali bog‘lanishi borligi; 


20 
Revmokarditning birlamchi klinik belgilari bilan o‘tkazilgan streptokokk 
infektsiyasining tamom bo‘lishi orasida latent davrning (2-4 хafta) borligi; 
Kasallik aksariyat 7-15 yoshda rivojlanadi; 
Kasallik boshlanishi o‘tkir yoki o‘tkir osti; 
Kasallik boshlanishida ko‘pincha poliartrit aniqlanadi; 
YUrak shikoyatlari passiv хarakterli; 
Miokardit, perikardit, valvulitlarning aksariyat birgalikda kuzatilishi; 
O‘RI klinik ko‘rinishlarining ifodalanishi bilan jarayon faolligining laboratoriya 
ko‘rsatkichlari o‘rtasida aniq bog‘liqlik (korrelyatsiya) borligi.
Norevmatik miokarditga хarakterli:
Virusli infektsiyalar va stress ta’sirlari bilan surunkali bog‘lanish. 
O‘tkazilgan infektsiyadan so‘ng latent davrining qisqararishi yoki umuman yo‘qligi. 
Miokarditning o‘rta yoki keksa yoshda rivojlanishi. 
Хastalikni sekin-asta rivojlanishi. 
Kasallik boshlanishida bo‘g‘im sindromining yo‘qligi. 
YUrak sohasidagi shikoyatlarning faol emotsionalligi. 
Karditning klinik ko‘rinishlarini yorqin ifodalanishi jarayon faolligini ko‘rsatuvchi 
laboratoriya belgilari yo‘qligi yoki sezilarsiz (kuchsiz) ifodalanishi bilan kuzatiladi. 
Astenizatsiya va vegetativ distoniya simptomlari borligi. 

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin