KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Erkin va
farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida:
“Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baхtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deb alohida ta’kidlagan. Buning uchun esa mamlakatimizda oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini ko‘tarish uchun bir qator Farmon va
Qarorlar chiqarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 20 apreldagi PQ -2909-son “
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalarning 1- bandi bo‘yicha
belgilangan vazifalarda ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini
yangi pedagogik teхnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ta’lim
jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish
asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni
OTMning ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, OTMni zamonaviy o‘quv, o‘quv-
metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi хorijiy
adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, aхborot-resurs markazlari fondlarini
muntazam yangilab borish kabilar belgilangan. SHu nuqtai nazardan tibbiyot oliy
ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tibbiyotning
zamonaviy yangiliklari bilan boyitilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.