M a t m u r o d o V f. M


Funksional tahlil bo‘yicha ilk loyiha natijalari



Yüklə 4,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/95
tarix20.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#163108
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Matmurodov F.M. Ma\'muriy menejment

Funksional tahlil bo‘yicha ilk loyiha natijalari. 
T um an hokim lari ijroiya 
va vakillik organlarini boshqarib, xo'jalik subyektlariga samarali t a ’sir etish 
vositalariga ega. Kengash va deputatlar esa am alda ijroiya organlarining ijro- 
chilari sifatida nam oyon bo'lishadi.
Xalq deputatlari kengashi tom onidan hokimlik faoliyatini nazorat qi­
lish am alda deyarli mavjud emas. D eputatlar bu holatni kengashda doim iy 
ravishda ishlam asliklari, moddiy va siyosiy om illarning yetishmasligi bilan 
izohlashadi. H okim lik xodimlari esa o 'z o 'rn id a bu faktni deputatlam ing 
malakasi yetishmasligi va tashabbuskor emasliklari bilan bog'lashadi. U lar 
fikricha d ep u tatlam in g «tashabbussizligi» q o nun im kon bergan darajada 
hokim iy atd an foydalana olm ayotganliklari va ish rejim ining m u ntazam
42


emasligidadir. D e p u ta tla r asosan o ‘zlari doim iy ishlaydigan joydagi vazi- 
falarini bajarish b ilan ban d bo'lishadi. D eputatlik m ajburiyatlari ikkinchi 
darajali vazifa sanaladi.
Ishkalning ikkinchi jihati barcha darajadagi Xalq deputatlari kengash- 
lari o ‘z ishini tashkil qilishda hokim likka bog'liqligidadir. H okim likning 
tashkiliy-nazorat bo'lim lari Kengash sessiyalarini, saylovchilar bilan o ‘tadigan 
u chrashuvlarni uyushtirishadi. K engashning tashkiliy -texn ik faoliyatini 
ta ’m inlash h am hokim lik b o ‘limlariga yuklatilgan.
Kengash o ‘z faoliyatining tashkiliy va m oddiy-texnik m asalalarini hal 
" E tu v c h i doim iy Kotibiyatga ega emas.
«M ahalliy davlat hokim iyati organlari t o ‘g ‘risida»gi q o n un ularning 
konkret vakolatlarini ochib berm aydi, ular faoliyatining tashkiliy va m ab- 
lag‘ ta ’m inotini aniqlam aydi ham da formal jihatdan ularni hokim lik insti- 
tutiga bog'liq qilib qo'yadi. Amalda faqat hokim lar real siyosiy, qoida chiqa­
rish, tashkiliy, m oddiy va moliyaviy resurslarga ega. Viloyat, shahar, tum an
hokim lari vakillik organlari va o 'z aholisi oldida deyarli hisobot berm ay- 
dilar. Bu k o 'p in ch a hokim lar va ularga bo'ysungan m ahkam a aholining ehti­
yojlarini inkor qilishiga, ularga tegishli bo'lm agan funksiyalar, shu ju m la­
dan, korxonalam ing xo'jalik faoliyatiga aralashish bilan shug'ullanishiga olib 
keladi. Davlat hokim iyati m ahalliy organlarining aholi tom onidan nazorat 
qilinishining sustligi ular aholiga ko'rsatayotgan xizm at sifatining pastligiga 
sabab bo'lyapti.
3. Mahalliy hokim liklar moliyaviy, moddiy-texnikaviy va kadrlar tom oni­
dan cheklanganligi tufayli ijtim oiy-iqtisodiy vaziyatga real t a ’sir o 'tk az a 
olm ayapti.
Kadrlar siyosati davlat xizmatchilari to'g'risidagi qonunlar bilan mustahkam- 
lanmagan. M ahalliy hokimiyat oiganlari va tegishli m a’murlaming kundalik 
masalalami yechishdagi uquvsizligi ham m uam m olar keltirib chiqaryapti.
K orrupsiyaga qarshi am aliy m exanizm ga ega bo'lgan sam arali davlat 
xizm atini yaratish yanada dolzarb bo 'lib qoldi. Jum ladan, davlat xizmati 
yangi kadrlam ing kelishi uchun ochiq bo'lishi kerak. Davlat xizmatiga kadr­
larni tanlov asosida olish tizim ini bosqichm a-bosqich joriy etish zarur.
Vazirliklarning hududiy bo'linm alari (m uassasalar) bilan hokim liklar 
o 'rtasid a boshqaruv funksiyalarining aniq taqsim oti yo'qligi davlat hokim i­
yati mahalliy organlari ishida noaniqlik va b ir ishni ikki organ bajarishi kabi 
hollarga olib keldi.
4. Davlat hokim iyati m ahalliy organlari va m ahalliy tadbirkorlarning 
m unosabatlarida eski m a’muriy tizim qoldiqlarining izi seziladi. H okim lik­
ning kichik biznes faoliyatiga to 'g 'rid a n to 'g 'ri aralashishi hali ham ko'p 
uchraydi. Shu sababli m ahalliy hokim lik va biznes orasidagi m uam m olar- 
ni, xo'jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlar va tekshirishga vakolatli 
organlar sonini kam aytirish; m ahalliy hokim likka xo'jalik yurituvchi sub-
43


yektlarning m ablag'ini m ajburan olib qo‘yishni taqiqlab q o ‘yish (shu ju m ­
ladan, «ko‘ngilli ravishda» pul o'tkazish), davlat organlari nodavlat kor- 
xonalarining xo‘jalik faoliyatiga, kadrlar siyosatiga aralashuvini (m as. k o r­
xona yoki firma rahbarini tayinlash) taqiqlash orqali hal qilish m uam m osi 
ham turibdi. Tadbirkorlar m ahalliy davlat hokim iyati organlari bilan erkin 
m uloqot qilish im koniyatiga ega bo'lishi kerak, bu ularga o ‘z m u am m o - 
larini ochiq aytish va m uhokam a qilish im konini bergan b o ‘lardi.
5. Fuqarolik jam iyati institutlari hudud ijtimoiy rivojlanishiga oid m a- 
salalarini hal etishga sust jalb qilingan. Davlat hokim iyati m ahalliy org an ­
larining fuqarolik jam iyati institutlari bilan samarali m uloqoti yo ‘lga qo'yilishi 
birdaniga ikki vazifani hal etish im konini beradi: m ahalliy hokim iyat o r­
ganlari mahalliy jam oat institutlarining oyoqqa turishiga ko‘m ak!ashsa, fu­
qarolik jam iyati institutlari esa hudud fuqarolik ko ‘rilishi va ijtim oiy-iqti- 
sodiy rivojlanishida ishtirok etadilar.
6. Davlat hokim iyati m ahalliy organlarining vazifalari va funksiyalarini 
belgilovchi m ukam m al m e ’yoriy-huquqiy bazaning y o ‘qligi h am keskin 
m uam m olardan biri b o ‘lib turibdi. Huquqiy b o £shliq am alda vazifalam ing 
takrorlanishi, ularni boshqaruvning yuqori organlariga bog'liq holda hal qilish, 
moliyaviy, kadr, m oddiy-texnikaviy resurslarning yo'qligi tufayli um u m an 
bajarilmasligiday salbiy holatlarga olib kelyapti.
Davlat hokim iyati m ahalliy organlarining bilvosita funksiyalariga qis- 
man bog‘lanuvchi qonuniy hujjatlar ham yo‘q (mas., hududiy siyosat b o ‘yicha 
qonuniy hujjatlari portfeli mavjud emas, m am lakat va uning hududlari ij- 
tim oiy-iqtisodiy rivojlanishi indikativ rejalari ishlab chiqish m etodlari y o ‘q).
Hokim iyatga yuklatilgan funksiyalarning qonuniy ta ’m inotini oshirish 
bo'yicha q on u n iy -m e’yoriy hujjatlarda quyidagi choralar m ustahkam lani- 
shi zarur:
• hududlar rivoji dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda m usta- 
qillikni oshirish;
• kadrlar siyosatining samaradorligini oshirish;
• hokim liklarning tashkiliy nazorat faoliyatini takom illashtirish;
• m intaqada ko‘rsatilayotgan jam oat xizmati sam aradorligi va sifatini 
oshirish;
• fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin