a) "Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti",
b) "Islom Abduanievich Karimov".
Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti
degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki Y.Oxunboboev ham
Prezident bo‘lgan.
Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib
yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin.
Keyingi
paytlarda yangi so‘zlarni, atamalarni muomalaga kiritish natijasida ko‘p chalkashliklar va
o‘zboshimchaliklar kelib chiqyapti. Natijada ayniyat qonuni buzilishlari yuz bermoqda. Masalan,
"samolyot" so‘zi o‘rniga "tayyora", "aeroport" - "tayyorago‘", yoki "fakultet"- "qulliyot", "institut"
- "oliygoh" kabi tushunchalar. Buning natijasida mazmun jihatdan chalkashliklar kelib chiqmoqda.
Ma’lumki, grammatikada turli so‘zlarni, tushunchalarni ifodalovchi omonim so‘zlar bor.
Bunda bir so‘z bir necha ma’nolarni anglatadi. Natijada ba’zi hollarda ayniyat qonuni doirasidan
chetga chiqish yuz beradi. Masalan, "o‘t" so‘zi sakrash ma’nosida, olov ma’nosida va o‘simlik
ma’nosida ifodalanishi mumkin.
Jumladan, "suz" so‘zi ham a) "ovqatni suzmoq", b) "suvda
suzmoq", v) hayvonning biror kishini suzishi ma’nolarida ishlatilishi mumkin. Agar kishilar
o‘rtasidagi o‘zaro suhbat yoki munozaralarda ayniyat qonuni talabalariga
rioya qilinmaganda,
ya’ni tushunchalarning ma’nolari o‘zgartirib yuborilsa, shunga qarab
fikrlayotgan shaxsning
ma’naviy madaniyati, bilim saviyasi, darajasi past ekanligini bilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: