Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Falsafa 4 mavzu

ZIDDIYAT QONUNI 
Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib 
bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga 
olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 
Ziddiyat qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir 
buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir narsaga 
nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi A- dir, A-A emas. 
Bu erda A-hukmni bildirsa, birinchi hukmni inkor etuvchi hukm. Quyidagi misollarni ko‘rib 
chiqaylik. 
1. 
"Falsafa qiziqarli fan". "Falsafa qiziqarli fan emas". 
2. 
"Sodiqov a’lochi talaba". "Sodiqov a’lochi talaba emas". 
3. 
"Hamma insonlar onglidir". "Ba’zi insonlar qora tanli emas". 
4. 
"Hech bir davlat urush tarafdori emas". "Hamma davlatlar urush tarafdori". 
Bu hukmlar ayni bir vaqtda hech qachon chin bo‘la olmaydi. Agar biror kishi tomonidan 
yuqoridagi hukmlar u yoki bu belgini tasdiqlasa yoki inkor etsa, ularning mazmuni inkor 
bo‘lishdan qat’iy nazar bir narsaga nisbatan bir vaqtda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. 
Ziddiyat qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi 
mumkin. Masalan, "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi". "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas". 
Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda 
yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. YUqoridagilardan kelib 
chiqqan holda Ziddiyat qonuni shunday ta’riflanadi: "bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror 
narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa xato 
bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri 
bo‘laveradi".
Formal mantiq ziddiyatlarini moddiy olamdagi predmet va buyumlarga xos bo‘lgan 
ziddiyatlardan ajrata bilish lozim. Moddiy olamni bilishda dialektik mantiqning roli kattadir. 
Dialektika ob’ektiv olamning rivojlanishi jarayonini ham ziddiyatlarning vujudga kelishi va uni 
hal etilishidan iborat, deb ta’kidlaydi. Dialektik ziddiyat moddiy olamdagi buyum va narsalarni 
doim o‘zgarishda, rivojlanishda, bir holatdan boshqa holatga o‘tishda, deb biladi. Dialektik 
ziddiyat rivojlanish manbai hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri rivojlanishi dialektik 
ziddiyat natijasida yuz beradi. Dialektik ta’limotdan kelib chiqib, narsa harakatda ham sokinlikda 
(koinot va erga nisbatan) deb ta’kidlansa to‘g‘ri, lekin formal mantiq nuqtai nazaridan bu xato. 
CHunki xarakat va sokinlik bir vaqtning o‘zida bir narsa to‘g‘risida aytilgan ziddiyatli fikrdir. 


Ziddiyat qonuni ayni bir vaqtda bir buyum haqidagi aytilgan ikki zid fikr chin bo‘lishi 
mumkin emasligini ta’kidlaydi. Ammo bu zid fikr biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato bo‘ladi 
degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Masalan, "Hamma huquqshunoslar prokuror", "Hech bir 
huquqshunos prokuror emas". Bu hukmlarning har ikkalasi ham noto‘g‘ri, xatodir. Yoki "Hamma 
davlatlar BMT ga a’zodir", "Hech bir davlat BMT ga a’zo emas". Bu hukmlar bir vaqtda chin 
bo‘lishi mumkin emas, lekin ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. "Ba’zi davlatlar BMT ga a’zodir" 
degan hukm chin bo‘ladi. Demak, ziddiyat qonuni ikki qarama-qarshi hukmning sig‘isha 
olmasligini ko‘rsatib beradi. Ziddiyat qonunini yaxshi bilish kishilarga suhbatdoshining 
mantiqsizligini ochib tashlashga, yordam beradi.
Ziddiyat qonuni ayniqsa ilmiy tadqiqot ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga 
har bir sohada ziddiyat qonunini buzish hollari uchrab turadi. Masalan, badiiy asarlarda bir obrazga 
ikki qarama-qarshi tavsif berilishi, ilmiy ishlarda zid fikrlarning ilgari surilishi, ayrim 
yig‘ilishlarda korxona va tashkilotlarning faoliyatini tanqid qilib, oxirida uning ishini "qoniqarli" 
deb topilishi ziddiyat qonunining buzilishidir. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin