Tafakkur shakli
fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning
strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari
haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib
chiqamiz.
Ma’lumki,
ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar
tafakkurida turli xil
mazmunga ega bo‘lgan
tushunchalar
da aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining
maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy
g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq
orzu-havaslari, maqsadlari,
tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga
ko‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‘z
maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi.
Xuddi shuningdek,
«millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi»
milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr
qilinayotgan
muhim belgilarni, ya’ni
fikrlash elementlarini a, v, s,...,
n bilan belgilasak,
tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlar
da predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning
mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
Masalan, «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma’naviyat) bilan
uning xossasi (engilmas kuch) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq
huquq bilan uzviy
aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan.
Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi
tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan,
ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini)
S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: