Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Ikkinchidan
, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi 
xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. 
Uchinchidan
, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 
To‘rtinchidan
, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham 
har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘ladi. 
Beshinchidan
, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish 
mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi organlari orqali bog‘langan. 
Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, 
nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li bilan, ya’ni tajribada bunday 
bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, 
aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy 
fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida 


jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his qilinadi va 
qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida 
olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. 
Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi 
bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va 
tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. 
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. 
Tafakkur 
bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va 
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, 
ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
1. 
Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi.
Hissiy 
bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish 
oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, 
e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga 
qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, 
temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, 
muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy 
munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. 
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini 
o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga 
ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan 
qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida 
barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, 
ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 
2.
Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda 
yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda 
hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi.
Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish 
mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon 
bo‘ladi. 
3.
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat
. Unda bilish jarayoni borliqda real 
analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, absolyut 
qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan 
kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, 
hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 
4.
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud
. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy 
hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila 
oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. 
Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin