O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


M a’naviyat yulduzlari. Toshkent, 1999, 381-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 M a’naviyat yulduzlari. Toshkent, 1999, 381-bet.
314


toriyati» she’rida «To‘rt yuz yillik Romanov bitgach davlati, 
ko'tarildi asorat, xo‘rlik illati», «Bir sanjoqda to ‘plansin islom 
davlati», deb hayqirgan edi1. Uning bunday fikr-mulohazalari 
jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdi.
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida ma’rifatparvarlik 
harakati o‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Uning zaminida 
jadidchilik harakati vujudga keldi. Jamiyat hayotini insonparvar­
lashtirish, boshqacha aytganimizda, insonparvar, demokratik jami­
yat qurish g‘oyasi 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan jadidchilik hara­
katining bosh g‘oyasi edi2. Jadidchilik — jahon sivilizatsiyasi 
yutuqlari, xususan, ilg‘or ilm-fan, m adaniyat-m a’naviyatga, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar birligiga asoslangan, ijtimoiy- 
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikka, chor Rossiyasining mus- 
tamlakachilik istibdodiga qarshi, milliy mustaqillikni barqaror 
etishga qaratilgan demokratik harakat edi3.
Jadidchilik harakati shakllanishi va rivojlanishida 0 ‘rta va Yaqin 
Sharq mamlakatlari, Qrim, Qozon, Ufa ilg‘or ziyolilarining dinda 
islohot o‘tkazish haqidagi fikr-mulohazalari turtki bo‘lganligini 
unutib bo‘lmaydi. Tarix sahnasiga ma’rifatparvarlik g‘oyalarini 
taig‘ibot va tashviqot qilish bilan kirib kelgan jadidchilik XX asr 
boshida xalq demokratik va milliy ozodlik, milliy mustaqillik uchun 
kurash harakatiga aylandi. Jadidizm ma’rifatparvarligi 0 ‘rta Osiyo­
da insonparvarlik g‘oyalarini taig'ibot qiluvchi yirik nazariy oqim 
darajasiga ko‘tarildi. Jadidizmning g‘oyaviy-nazariy asoslarini yara- 
tishda, uning maqsad va vazifalarini keng mehnatkashlar om- 
masiga tushuntirishda Mahmudxo‘ja Behbudiy, M unawar qori 
Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvo- 
hid Burhonov, Abdulla Avloniy, Cho'lpon, Qodiriy, Fayzulla 
Xo‘jayevlaming xizmatlari beqiyos edi.
Jadidizm namoyandalari jamiyat hayotini insonparvarlashti­
rish, demokratlashtirishning asosiy sharti 0 ‘rta Osiyo mam-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin