Zavqiy1 fuqarolar manfaatini
himoya qiladigan adolatli, in-
sonparvar jamiyatni «dono va m a’rifatparvar hukmdor barpo
etadi», degan g‘oyadan voz kechdi. Xonlar, beklar, eshon-u
mullalar
turmush tarzini kuzatgan shoir, xon cheksiz hokimi-
yat egasi bo‘la turib, bu hokimiyatdan o‘z shaxsiy manfaati
uchun
foydalansa, fuqarolar manfaatini himoya qilmasa, doimo
aysh-u ishrat, kayf-u safoda bo‘lsa, mamlakat o‘ziga o‘xshagan
buzuq kishilar
maslahati bilan idora qilinsa, bunday mamlakat,
shubhasiz, xarobaga aylanadi. Xuddi shuning uchun ham, jam i
yatni insonparvarlashtirishning asosiy sharti —
xonlik tuzumini
tugatishdir, degan flkmi bayon qiladi. Xonlik
tuzumini tugat-
masdan — insonparvar, demokratik jamiyat qurib bo'lmaydi,
degan xulosaga keldi. Zavqiy o‘z vatanida bugunmi,
ertami ana
shunday fuqaroviy jamiyat qurilishiga, «zamona inqilob bo‘lishi
muqarrar»2ligiga qattiq ishonardi.
0 ‘zbek milliy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri,
ma’rifatparvar shoir, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy3
Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o'zgarmasdan
qolmasligi,
baxtli farovon kunlar kelishiga, «shohlar bir kun gado, bir
kun gado shahzod»4 bo‘lishiga qattiq ishonadi.
Shuning uchun
ham, tinimsiz inson eng oliy qadriyat deb ulug‘lanadigan in-
Dostları ilə paylaş: