lakatlarida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni o‘zgartirish, xusu
san, mamlakat boshqaruvini qayta qurish,
milliy mustaqillikka
erishish bo‘lib, bunday olijanob vazifani maorif tizimini isloh
qilishdan boshlamoq zarur, deb hisoblardilar. Jadidlar milliy
mustaqillik manfaatini
himoya qila oladigan, mamlakatni ijti
moiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikdan olib chiqish
muammolarini tushunadigan, zamonaviy bilimga ega bo‘lgan
kadrlar bunday ulkan vazifani bajarishga qodir ekanligini yax-
shi tushunar edilar.
Jadidlar maorif tizimini isloh qilish bilan birga o‘tmish
ajdodlarimiz yaratgan madaniy merosni o‘rganishga e’tiborni qa-
ratadilar. 0 ‘tmish madaniyati va ma’naviyatini
bilmasdan turib
jamiyatni insonparvarlashtirish jarayonida yirik yutuqlarga erishib
bo‘lmasligini alohida ta’kidladilar. 0 ‘z navbatida, milliy qadriyatlar
qobig‘iga o‘ralib
qolmasdan, boshqa millatlar qo'lga kiritgan
madaniy-ma’naviy yutuqlarni ham o ‘rganish lozimligini qayta-
qayta takrorladilar,
umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy qadri
yatlar, xususan, Yevropaning ilg'or fani yutuqlarini targ'ibot va
tashviqot qilishga butun kuchlarini safarbar qildilar.
Jadidizm asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy1 jamiyat
hayotini insonparvarlashtirish uchun fuqarolar milliy ongini
o'stirish, millat milliy o‘zligini anglashi darkor, deb hisoblardi.
Milliy ong, milliy g'ururni shakllantirishning
eng muhim vosi-
tasi — maorif, deb bilardi. Maorifni isloh qilmasdan turib
jamiyatni insonparvarlashtirib boMmaydi, deb hisoblardi.
Behbudiy islohni maktab va madrasalardan boshlashni taklif
qiladi2. Ana shu maqsadda birinchilardan bo‘lib, o‘z
uyida
kambag'al bolalar uchun yangi uslubdagi maktab ochdi. 0 ‘zi
o‘sha maktabda jug‘rofiya va adabiyotdan dars berdi. Qisqa vaqt
ichida «Q isqacha um um iy ju g ‘rofiya», «Bolalar uchun
kitob»,«Islomning qisqacha tarixi»,«Amaliyoti Islom»,«Aholi
jug‘rofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha jug'rofiyasi» singari
Dostları ilə paylaş: