O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


3. INSON HAYOTINING MAZMUNI VA MA’NOSI



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

390


3. INSON HAYOTINING MAZMUNI VA MA’NOSI
Inson deb nomlanuvchi biosotsial uyushma tirik mavjudot 
sifatida o‘z hayoti cheklanganligini tushunib olishi bilan olam- 
dagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Boshqacha 
aytganimizda, olamdagi tirik mavjudotlar ichida inson o‘z um- 
rining chegarasi, muddati borligini tushunib yetadi.
Inson bugunmi, ertami o'zining o'lishini, boshqacha aytga­
nimizda, o‘lim muqarrariigini tushunib yetgani uchun ham 
uning oldini olish, o‘z hayotini mazmunliroq qilishga intiladi. 
Hamisha yangi-yangi orzu-istaklar ummonida yashaydi va o‘z 
navbatida, o‘zining barcha orzu-umidlarining to‘la ushalmasligini 
tushunib yetadi. Insonning xuddi shu orzu-umidlari, intilishlari
— yaxshilik, to ‘g‘rilik, adolatlilik, insof kabi tushunchalarda o‘z 
ifodasini topadi. Kimki maqsadsiz, orzusiz, umidsiz yashasa, 
unda axloq ham, odob ham bo‘lmaydi. Axloqsiz, odobsiz, 
umidsiz insonning esa hamisha tuhmat-bo'htonga mayli ko‘p, 
adolatsizlik, hatto yovuzlikka intilishi katta bo‘ladi.
Xo‘sh, olamdagi tirik majudotlar ichida o‘z umrining qisqa- 
ligini tushunib yetgan 
o ‘sha
odam 
bolasida
nega yaxshilik bilan 
yomonlik, to‘g‘rilik bilan yolg'onchilik, adolatpeshalik bilan adolat­
sizlik mavjud bo‘ladi? Inson o'zining ma’naviy qiyofasidagi ush­
bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun asrlar osha kurashdi. Bun­
day muammolar yechimini ba’zan dindan, ba’zan fandan qidir- 
di. Boshqacha aytganimizda, inson hayotga va o‘limga hamisha 
o‘zining munosabatini bildirdi. Xuddi shuning uchun ham ushbu 
muammolar insoniyat madaniyatining markazida bo‘ldi.
Jahon madaniyati tarixi guvohlik berishicha, inson o‘z um- 
rini uzaytirish, hayotini yanada sermazmun qilish, uni har 
tomonlama boyitish, ko'proq yashash uchun uzluksiz intilib 
keldi. Ji
smonan
abadiy yashash uchun imkoniyat bo‘lmasa, ruhan 
yashash, axloqiy jihatdan o'limni yengish yo‘llarini, uslublarini 
qidirdi. Aniqroq qilib gapiradigan bo'lsak, inson hamisha ha- 
yotdan qoniqmaslik tuyg'usi bilan yashadi. Bu holat hozir ham 
davom etayotir.
Insonning hayotdan qoniqmaslik, barcha orzu-umidlari to‘la
391


ushalmasligi bir tomondan, uning yashashi, ijodiy faoliyat 
ko'rsatish uchun qudratli qo‘zg‘atgich vazifasini bajarsa, ik­
kinchi tomondan, xuddi shu qudrat insonning turli qobiliyat- 
larini, malakalarini, iste’dodlarini har tomonlama rivojlantirish- 
ga yordam beradi. Har bir kishi hayotining mazmunini shu 
holat tashkil etadi.
Inson o‘zining barcha orzu-umidlarini jamiyat orqali ro'yobga 
chiqarmoqchi bo'ladi. Lekin jamiyat zamonlar o'zgarishi bilan 
o'zgarib turadi. Tarixiy sharoit o'zgarib turishidan qat’i nazar 
insonning hayoti, turmush tarzi jamiyat bilan uzviy bog'liq 
bo‘ladi.
Ushbu aloqadorlik mexanizmida shaxsiylik bilan ijtimoiylik, 
ya’ni yakka shaxs manfaati bilan jamiyat manfaatining uyg‘unligi, 
bir-biriga mos bo'lishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Inson man­
faati jamiyat manfaatiga mos tushmasa, ulaming orasidagi zid- 
diyat keskinlashib boraverdi. Bunday ziddiyatlaming keskinlashib 
borishi insonning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab bo'ladi. 
Shuning uchun ham inson jamiyatda ijtimoiy adolat normala- 
rining qaror topishi, demokratik prinsiplarning hukmronlik qi- 
lishi, shaxs bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish 
zarurligini asrlar osha orzu qildi.
Inson hayotining mazmuni faqat bir o‘zining orzu-umid- 
lari, istaklarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qondirish, faqat 
o‘zi uchun, o‘zining manfaati uchun yashashdan iborat, degan 
ma’noni bildirmaydi. Chinakam inson darajasiga ko'tarilgan bio- 
sotsial mavjudot hamisha el-u yurt, millat manfaati haqida ham 
bosh qotiradi. El-yurt, millat manfaati haqida o'ylamaydigan, 
erta-yu kech o‘z manfaati haqida o'ylaydigan kimsalarni mash­
h u r rus yozuvchisi Lev Tolstoy «hayvonlashgan shaxs» 
(животная личность) deb atagan edi1.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan hozirgi sharoitda 
faqat o‘z manfaatini o ‘ylaydigan, insof, diyonat, aql-farosat 
nidosiga quloq solmaydigan «hayvonlashgan shaxslar» soni 
ko‘payib ketdi. Bunday kimsalar o‘z manfaatlari yo‘lida har

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin