1 Сахаров А.Д. Размышления о прогрессе, мирном сосущ ествовании и
интеллектуальной свободе. Вопросы ф илософии, 1990, № 2, 10-bet.
396
ekologik vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Ekologik vaziyatning
keskinlashuvi tabiat bilan jamiyat orasidagi ziddiyatni kuchay-
tirdi. Buning oqibatida tabiat muvozanati buzildi. Tabiat muvo-
zanatining buzilishi insoniyat boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshit-
magan balo-qazolami olib kelayotir.
Ekologik sistemadagi asosiy-markaziy me’yorning buzilishi
boshqa tabiiy holatlarning ham buzilishiga sabab bo‘ladi. 0 ‘z
navbatida, tabiiy me’yor bilan ijtimoiy me’yor o'rtasidagi zid-
diyatlar borgan sari keskinlashdi. Bunday ziddiyatni bartaraf
etmoq uchun tabiiy me’yor bilan ijtimoiy me’yor o‘rtasidagi
mutanosiblikni ta’minlovchi ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ega
bo'lish zarur. Ilmiy asoslangan ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj-
ning uzluksiz ortib borishi bir tomondan, jamiyatda «informat-
sion portlash»ni vujudga keltirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
«informatsion ochlik»ni vujudga keltirdi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ekologik vaziyat
to ‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish sur’ati
yildan-yilga ortib bormoqda. Fuqarolaming yangi ma’lumotlarga
bo'lgan ehtiyojlarini kompyuterlar bajarmoqda. Mutaxassislar-
ning guvohlik berishicha, bunday ma’lumotlarni olish uchun
endilikda faqat elektronikadan emas, hatto fotonlardan ham
foydalanilayotir.
Jamiyatni ekologik ma’lumotlar bilan uzluksiz ta’minlab tu-
rish uchun uni hozirgi zamonning ilg‘or kompyuterlari bilan
ta’minlashning o‘zi yetarli emas. Buning uchun butun jamiyatni
informatsion qayta qurish, yoki har bir kishining turmush
tarzini, butun bir ijtimoiy muhitni eski bosqichdan yangi bos-
qichga ko‘tarish lozim. Xullas, ekologiyasi musaffo jamiyat ha
qida gapirganimizda, eng awalo, ekologik vaziyat haqida aniq
informatsiyalarga ega bo'lgan jamiyatni tasawur etmoq kerak.
Informatsiyalashgan jamiyat — insoniyat ijtimoiy taraqqiyotining
shunday bir holatiki, bunda odam ijtimoiy taraqqiyotga keskin
ta’sir etuvchi juda katta ma’lumotlar hajmiga ega bo'ladi. Xuddi
o'sha ma’lumotlar oqimini boshqarish, muvofiqlashtirish yor
damida «informatsion portlash» bilan «informatsion ochlik»
orasidagi ziddiyat bartaraf etiladi.
Ekologiyasi musaffo jamiyatni barpo etish ijtimoiy-tabiiy
397
muhitni qayta qurish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. De-
mak, bunyod etmoqchi bo'lgan jamiyatning qiyofasi faqat o‘sha
jamiyatda yashovchi fuqarolar farovonligi, sog'lom turmush
tarzi, demokratiyasi, insonparvarligining darajasi bilangina emas,
balki o‘sha jamiyat a’zolari uchun yaratilgan musaffo tabiiy
muhit bilan ham belgilanadi. Haqiqatdan ham, bo‘lgusi jam i
yatning ekologik qiyofasi faqatgina odamlaming iqtisodiy farovon
ligi bilan emas, ayni paytda fan va texnika taraqqiyoti bilan
ham xarakterlanadi. Shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha
jabhalarini demokratiyalashtirish, insonparvarlashtirish, odam-
larning faolligi, ijodkorligi, mehnatga vijdonan, halol muno-
sabatda bo‘lishi uchun mavjud bo'lgan barcha shart-sharoitlar,
madaniyatning turli sohalarida shakllangan umuminsoniy qadri-
yatlar jam iy atn in g ekologik m uam m olari ch ig ‘irig ‘idan
o‘tkazilishi darkor.
Jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida musaffo
ekologik m uhit yaratishdek umumbashariy ishga kirishildi.
Ekologik m a’lumotlar yordamida energiya, xom ashyo va turli
tabiiy resurslarni tejab-tergash, ekologik sof texnika va
texnologiyani vujudga keltirish boshlangan. Jahon aholisining
20 foizi yashayotgan ilg‘or kapitalistik mamlakatlarda dunyo-
da ishlab chiqariladigan energiyaning 60 foizi iste’mol qilin-
moqda. Xuddi o‘sha mamlakatlar sayyoramiz tabiiy m uhitin-
ing yarmini ifloslantirayotir. O'z navbatida, ekologik tanglikni
bartaraf etish yo‘llarini izlab topishda ham yetakchilik qilayo-
tirlar. Musaffo ekologik muhitga ega bo‘lgan jamiyat qiyofasini
yaratishda, ekologik vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf
etishda ham, ushbu jarayonning nazariy, amaliy muammo-
larini o'rganishda ham o ‘sha mamlakatlar olimlari ilg‘orlik
qilayotirlar. Atrof, m uhit sofligini ta ’minlashda, tabiiy resurs-
la rd a n te ja b -te rg a b fo y d alan ish d a jo n b o zlik q ilayotgan
«ko‘kalamlashtirish» ijtimoiy demokratik harakat namoyandalari
ham bu borada fidoyilik qilmoqdalar.
Ekologik musaffo jamiyatni barpo qilish, jamiyat bilan tabi
at o'rtasidagi aloqadorlikni ham qayta qurishni taqozo etadi.
Bunday aloqadorlikning oqilona tashkil etilishi va amalga oshi-
rilishi ekologik tanglik yo'liga mustahkam g‘ov bo'ladi. Ekologik
398
jarayonlaming tolmas tadqiqotchilaridan biri U.D.Ursul bu alo-
qadorlikni jamiyatning intensiv-koevolyutsion holati, deb ba-
holadi1.
Jamiyat bilan tabiat orasidagi ziddiyatning mahsuli bo'lgan
ekologik inqirozni bartaraf etish kishilaming ekologik madani-
yati bilan ham bevosita bog'liqdir. Ekologik madaniyat deganda
jamiyatdagi u yoki bu madaniy yodgorliklarni saqlab qolishni
tushunmaslik darkor. Ekologik madaniyat juda keng qamrovli
tushuncha bo‘lib, bu inson tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat»
ekologiyasidir. Farqli tomoni shundaki, ekologik madaniyat «birin-
chi tabiat» yaratgan noz-u ne’matlarning barchasini saqlab
qolish bilan chegaralanib qolmaydi, balki ularni umuminsoniy
ehtiyoj, umuminsoniy qadriyatlar uchun qay biri zarur bo‘lsa,
o'shani saqlab qolish demakdir. Shuning uchun ham ekologik
madaniyat milliy-madaniy merosni saqlab qolish funksiyasini
bajarish bilan birga umuminsoniy ekomadaniy vazifani ham
bajaradi.
Ekologiyasi musaffo jam iyatni vujudga keltirish tabiiy
muhitning musaffoligi bilan uzviy bog‘liq. Tabiiy muhit musaf-
foligini ta’minlamasdan turib, ekologiyasi musaffo jamiyatni barpo
etish haqidagi gaplar quruq orzu bo'lib qolaveradi. Ekologik
vaziyatning keskinlashib borishi bilan, tabiiy muhit musaffoli-
gini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun
kurashning avj olib borayotganligi fikrimizning isbotidir.
Ekologiyasi musaffo jamiyat sharoitida har bir shaxsda yuk-
sak ekologik madaniyat shakllanadi. Odamlar o‘zlarining yuksak
axloqiy fazilatlari bilan atrof-m uhitni ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaydilar. Atrof-muhit sofligi, musaffoligini saqlab turishga
chorlovchi, tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanishga un-
dovchi an’analar, bayramlar, marosimlar avj olib ketadi. Jami
yat a’zolarining bunday xayrli faoliyati asosida, nafaqat milliy,
balki umuminsoniy qadriyatlar yotadi.
Energiya — insoniyatning yer yuzida mavjudligini saqlab tu
ruvchi eng muhim manbadir. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek,
fan-texnika yutuqlarini xalq xo‘jaligiga tadbiq etishning uzluksiz
Dostları ilə paylaş: |