Asar syujetidagi voqeaiar o'quvchi tasavvurida uz-
luksizlik illyuziyasini hosil qilgani (shu bois ham biz syu-
jet voqealari haqida gapirganda «keyin bunday bo'ladi»
deymiz, «shuncha vaqtdan keyin bunday boladi» demay-
miz) bilan, haqiqatda ularning orasida katta vaqt bo‘shlig‘i
mavjudligi aqlga tayin. Zéro, real vaqtga xos uzluksizlikni
berish uchun shu vaqt davomidagi voqealarning
hammasi
qalamga olinishi lozim bo‘lur ediki, bu, albatta, imkondan
tashqarida. Shunga ko‘ra, diskretlilik (ya’ni uzluksiz emas-
lik) badiiy vaqtning muhim xususiyati sanaladiki, buni shar-
tlilik asosida qabul qilamiz. Mazkur shartlilik umume’tirof
etilgani uchun ham syujetga voqeaiar sayiab olinaveradi
- oradagi vaqt bo‘shlig‘¡ tabiiydek taassurot qoldiraveradi,
uni to'ldirishni taiab qilish hech kimning xayoliga kelmay-
di ham. Mabodo ayni xususiyat bolmaganida, masalan,
S.Ayniyning «Qullar»
romanida bir asrdan ziyod, «Meh-
robdan chayon»da esa atigi olti oyga yaqin vaqt davo-
mida kechgan voqeaiar qalamga olingani holda ularning
hajm (yoki hikoya qilinish vaqti) jihatidan uncha katta (ya’ni
ularda tasvirlangan vaqtga mos ravishda) farq qilmasligi
asió mumkin emas edi. Holbuki, xronikali syujetga quril-
gan «Qullar»da tasvirlangan voqeaiar yuz berish vaqtining
uzunligi
diskretlilik hisobiga
zichlangan,
konsentrik syujet
asosidagi «Mehrobdan chayon»da esa retrospektiv va
parailel vaqtlar hisobiga
kengaygan,
ikkala roman kom-
pozitsiya vaqtining taqriban tengligi shu bilan izohlanadi.
Demak, badiiy
vaqt - shartli tushuncha, bu shartlilik syujet
vaqtini kompozitsiya vaqti doirasiga sig‘dirish talabi bilan
yuzaga keladi.
Rivoya kompozitsiyasi haqida so‘z borganda eng avval
roviy, ya’ni hikoya qilib beruvchining kim ekanligi masala-
si o‘rtaga chiqadi. An’anaviy tarzda rivoyaning
Dostları ilə paylaş: