Xalq og‘zida matbuot deb atalgan ommaviy axborot vositalari
amalda «barcha g‘alabalarimizning ilhomchisi va tashkilotchisi»,
deb bong urilgan kommunistik partiyaning xizmatkoriga aylangan
edi. U qizil imperiyaning suyangan tog‘i, totalitar tuzum manfaat-
larini himoya qiladigan G‘oyaviy qurolga aylangan edi. Tabiiyki,
bu holat omma bilan matbuot o‘rtasida
nomutanosiblikni vujudga
keltirgan edi.
Aslida matbuot omma fikrini o ‘zida ifoda etishi, shu asosda o‘z
sahifalarida xalq xohish-irodasini, umumxalq manfaatini va umum-
jamiyat istiqbolini ifodalashi lozim. Shundagina uning obro‘-e’tibori
oshib, jamiyat oldidagi, xalq oldidagi burchini xolisona ado etishi,
erkin matbuotga aylanishi mumkin.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng aytish mumkin-
ki, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari da o‘ziga xos-
lik paydo bo‘la boshladi. Endi gazetalar, jumallar, radioeshitti-
rish va teleko‘rsatuvlarda bevosita respublikaning
Mustaqilligiga
bag‘ishlangan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy ahamiyatga ega
bo‘lgan mavzularga keng o‘rin beriladigan bo‘ldi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, 0 ‘zbekiston ommaviy
axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan
voqea-hodisalar haqidagi axborotlami, yangiliklami, o ‘sha mamla-
katlar yoki yirik axborot
agentliklaridan bevosita, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
qabul qilib olishdmkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, 1996-yilning may oyidan boshlab respublikamizning
jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‘matib,
undan eng muhim yangiliklami qabul qilib olishning yo‘lga
qo‘yilgani 0 ‘zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik
bo‘ldi.
«Intemet»ning 50 million abonenti bo‘lib jahondagi eng yirik
axborot markazlari unga a’zo boiishgan. U butun dunyo bo‘yicha
turli sohalardagi yangiliklami qabul qilib oladi hamda ana shu yangi
liklami o ‘z abonentlariga tez va aniq yetkazib beradi.
0 ‘z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik va axbo-
rotlar ham manilakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy axborot
agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o‘sha mamlakatlar
axborot vositalari uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot al-
mashinuvi, dunyo voqealaridan xabardorlik, yoki aksincha,
dunyo
sahnasiga chiqish, o‘zini namoyon qilish imkoniyati tug‘ildi.
Mustaqillik tufayli gazeta sahifalari, radioeshittirj^hlari va
teleko‘rsatuvlarda mamlakatning qadimiy tarixi, o ‘tmishi, madani-
yati, sho‘rolar tuzumi davrida taqiqlab qo‘yilgan milliy qahramon-
255
larimiz haqida, o‘zbek xalqining o ‘ziga xos urf-odatlari, aqidalari
to‘g ‘risida qiziqarli maqolalarga keng o‘rin berildi. Ana shuning o ‘zi
endi mamlakatimizda hurriyat, hurfikrlilik, milliy manfaatlarga va
milliy ravnaqqa yo‘l ochilganidan dalolat beradi.
Shuningdek,
matbuotda islom madaniyati, nazariyasi, tarixi va
qonuniyatlarini targ‘ib qilishga keng yo‘l berildi. Buyuk mutasavvuf
allomalar Hakim at-Termiziy, Imom Buxoriy, Xoja Ahmad Yassa-
viy, Shayx Najmiddin Kubro, Bahouddin NAQSHband, Abduxoliq
G‘ijduvoniy, Abu Mansur Moturudiy, Marg‘iloniy hamda boshqa qa-
tor tarixiy
shaxslar, ulug‘ donishmandlar, xususan Sohibqiron Amir
Temur haqida keng miqyosli maqolalaming berib borilishi jamoat-
chilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
Islom dinining boy ma’naviy imkoniyatlaridan foydalanishga
imkon yaratildi. Axloqiy barkamollik va ruhiy tozalik uchun zarur
omil sifatida uning taraqqiy etishiga, kundalik turmush tarzimizga
kirib borishiga keng yo‘1 berildi. Bulaming hammasi 0 ‘zbekiston
matbuotining oldingi «qizil yalovbardorlib> illatlaridan qutulib,
sogiomlashib, xalqchil va oshkora tus ola boshlaganidan dalolat
beradi. Buni ommaviy axborot vositalarining
demokratlashish sari
qadam tashlayotganining yorqin dalili, deyish mumkin.
Umuman olganda, istiqlol erkin fikrlashga, har kimning o‘z fik-
rini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng eshik ochdi. Hurfikr-
lilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi.
Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko‘paydi. Demokratik
erkinlik sharoitida bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat
birlashmalarining nashrlari tashkil qilindi. Xususan, 0 ‘zbekiston
Xalq Demokratik Partiyasining « 0 ‘zbekiston ovozi» - «Голос
Узбекистана», «Vatan taraqqiyoti» partiyasining «Vatan», «Adolat»
sotsial-demokratik partiyasining «Adolat», «Milliy tiklanish» parti
yasining «Milliy tiklanish», Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi
ning «Fidokor» gazetasi, «Xalq birligi» harakatining «Birlik» gaze-
talari nashr qilina boshlandi. Qator vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
uyushma va konsemlar o ‘z sohalariga doir nashrlar tashkil etishdi.
Bunday gazeta va jumallaming chiqishi
maTum tarmoq muammo-
larini, o‘ziga xos murakkabliklami o‘z vaqtida o‘rganishga yordam
beradi.
Mustaqil nashrlar o ‘z muassislari g‘oyalari va dasturla-
ri yo‘nalishlari doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va
yangilanishlarga o ‘z munosabatlari, muammolarga yondashish usul-
lari bor. Biroq, yagona maqsad - istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq
istiqboli ulami birlashtirib turadi.
2 5 6