danoq mintaqaviy mojarolaming oldini olish, qo‘shni mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmaslik, turli mamlakatlar-
da yashayotgan turli millatga mansub xalqlaming bir maromdagi
turmushiga tahdid qilmaslik siyosatidir. Ayni ana shu siyosat vaqt
o‘tgani sari rivojlanib, takomillashib, tobora kamolotga yetib bor-
yapti va uning tom ma’nodagi haqiqat ekanligini keyingi yillar vo-
qealari aniq va ravshan ko‘rsatib berdi.
Istanbul sammitida so‘zlagan nutqida Prezident Islom Kari
mov
«Bugungi kunda biz radikal kayfiyatdagi markazlarning
diniy ekstremizm va terrorizmni tarqatishga qaratilgan uzoqni
ko‘zlovchi rejalariga, mintaqa davlatlarini o‘zIari tanlagan de-
mokratik, huquqiy va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga
urinishi hollariga duch kelmoqdamiz. Buni - Tojikistondagi vo-
qealar, yaqinda Toshkentda yuz bergan portlashlar, bosqinchi-
lar guruhlarining mustaqil Qirg‘iziston janubiga surbetlarcha
bostirib kirishi hamda barchaga ma'lum boshqa faktlar isbotlab
turibdi.
Bunday rejaning amalga oshirilishi uchun Afg‘oniston asosiy
Dostları ilə paylaş: