Negaki, bugungi kunda 0 ‘zbekistonning taraqqiyoti uchun tinchlik
va barqarorlik eng asosiy shart sanaladi.
0 ‘zbekiston Prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga sa
fari, NATOning 50 yilligiga bag‘ishlab o ‘tkazilgan tadbirdagi
ishtiroki 0 ‘zbekiston, qolaversa butun
mintaqa xavfsizligi va bar-
qarorligi haqida ayrim mulohazalami aytishga undadi. Bilamizki,
Afg‘onistonda kechayotgan urush, qo‘shni Tojikistondagi beqaror-
lik mintaqamiz, shu jumladan, 0 ‘zbekiston osoyishtaligiga ham har
daqiqada xavf solib turardi. Bu xavf nimalarda ko‘rinadi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga
qaraganda, bu
gungi kunda Afg‘oniston narkotik moddalar «eksporti» bo‘yicha
dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu esa nafaqat bizning mintaqamiz,
balki Yevropaga ham katta tashvish tug‘diryapti. Mazkur davlatlar-
dagi beqarorlik sabab ayrim kuchlar diniy ekstremizm va fundamen
talizm yo‘lidagi harakatlarga zo‘r berayaptiki, ayni hoi 0 ‘zbekiston
uchun nechog‘li jiddiy ekanini 1999-yil 16-fevralda Toshkentda yuz
bergan mudhish voqealar, undan keyingi 2001-2004-yillardagi ter-
roristik harakatlar yana bir karra tasdiqladi. Qolaversa, ayrim mam-
lakatlaming shovinistik harakatlari ham mamlakatimiz mustaqilligi
va taraqqiyotiga xavf solayotgani sir emas.
Shunday bir sharoitda
0 ‘zbekiston o ‘z xavfsizligini ta’minlash borasida dunyoning rivoj-
langan davlatlari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan NATO bilan
hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani tabiiy.
MaTumki, 0 ‘zbekiston NATO «Tinchlik yoTida hamkorlik»
dasturining faol ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o‘zaro mu-
loqot esa harbiy-o‘quv mashqlari doirasida kengaymoqda. Lekin
0 ‘zbekiston NATOga a’zo boTmaydi. Buning ikkita sababi bor.
Dostları ilə paylaş: