Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


b) Qurolli Kuchlar - xavfsizlik tayanchi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

b) Qurolli Kuchlar - xavfsizlik tayanchi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov aytgani- 
dek: 
«Atrofimizdagi notinch dunyoda do‘stlarimiz bor, lekin
O ‘zbekistonni o‘z ta’siri doirasiga kiritishni xohlaydiganlar ham
yo‘q emas. Buning uchun ular barcha nayranglardan, qolaversa,
harbiy kuchdan ham foydalanishlari mumkin. Shu sababli biz-
3 3 8


ning yaxshi tayyorlangan va qurollangan, istiqlolimiz va chega-
ralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo‘lishi kerak!».
Tarixdan ma’lumki, har qanday mamlakat, har qanday xalq o ‘z 
sarhadlarini, o‘z xavfsizligini, o ‘z aholisini, oila, ayol va onalar- 
ning tinch va osoyishta hayotini himoya qila olmas ekan, uni tom 
ma’noda davlat, deb atab bo‘lmaydi.
Butun tarixiy o ‘tmishimiz, ajdodlarimiz o‘gitlari shundan dalo- 
lat beradiki, o ‘z hududiy yaxlitligi va mustaqilligini kafolatlay oigan 
mamlakatgina gullab-yashnaydi.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Askarlari baquw at el 
qudratli bo‘lur, qudratli elning askarlari baquw at bo‘lur», - degan 
so‘zlarida teran ma’no mujassam. Xalqimizning qadimiy va boy ta- 
rixiga To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temurmalik, Jaloliddin Man- 
guberdi, Sohibqiron Amir Temur kabi o‘nlab sarkardalaming nomla- 
ri zarhal harflar bilan bitilgan. 0 ‘zining mana shunday buyuk tarixi 
va ajdodlariga munosib voris boTgan xalq mamlakat xavfsizligini 
ta’minlashga qodir armiyani yarata olishi tabiiydir.
Shu boisdan, 0 ‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, fu- 
qarolaming Konstitutsiyaviy huquq va erkinligini himoya qilish 
maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani tuzish 
zarur ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qa- 
bul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
to‘g ‘risida»gi bayonotida ko‘rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni 
qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
asoslari to ‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda huquqiy jihatdan 
mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari 
vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqo- 
bil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, 0 ‘zbekiston hududida joy- 
lashtirilgan sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida 
harbiy siyosatni amalga oshirish huquqi ko‘zda tutilgan edi. Ushbu 
hujjatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining o ‘z Qurolli Kuchlarini tuzi- 
shida huquqiy asos boTdi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni- 
ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi.
Mudofaa vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda iflaming 
joylardagi quyi boTinmalari tuzildi.
Mudofaa vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
3 3 9


- harbiy safarbarlik tadbirlari;
- Milliy gvardiya tuzish va ta’lim berish;
- fuqarolar mudofaasini amalga oshirish;
- harbiy bilim yurtlarini komplektlash;
- oliy o‘quv yurtlaridagi harbiy kafedralar va muntazam harbiy 
tayyorgarlik maktablarini boshqarish;
- muqobil xizmatni tashkil qilish;
- urush qatnashchilari va baynalminalchi jangchilar bilan ish- 
lash;
- harbiy xizmatga chaqirish, qo‘shinlami joylashtirish, harbiy 
mashqlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish, qo‘shin va harbiy obyektlar- 
ni yangi joyga ko‘chirib joylashtirish;
- harbiy xizmatchilar va ulaming oila a’zolarini huquqiy va ijti- 
moiy himoya qilish;
- yoshlami harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hoka- 
zolar.
Ittifôq inqirozga yuz tutayotgan bir paytda va mustaqil suveren 
davlatimiz qurilishining dastlabki bosqichlarida Mudofaa ishlari va- 
zirligining tashkil qilinishi 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida dav- 
lat harbiy tizimi barbod bo‘lishining oldini oldi va boshqa davlatlar 
hududida xizmat qilayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijti- 
moiy himoya qilinishini ta’minladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga ke- 
lishida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14- 
yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Qarorga 
muvofiq, mamlakat hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli kuch­
larining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o ‘quv yurtlari, muas- 
sasa va tashkilotlari 0 ‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi, ular 
moddiy-texnika va mablag‘ bilan ta’minlanadigan boidi. Shu tarz- 
da mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki 
tashkiliy davri yakunlandi. 1993-yil 29-dekabrdagi 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Qonuniga muvofiq 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni», 
deb e’ion qilindi.
Respublika tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qi­
lish Mudofaa ishlari vazirligiga yuklatildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda 
bo‘lib o‘tgan 12-chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari 
tizimini takomillashtirishda muhim voqea bo‘ldi. Sessiyada «Mu­
dofaa to‘g‘risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to‘g‘risida» va «Muqobil xizmat to‘g‘risida» muhim qonunlar, shu- 
ningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish
3 4 0


turtibi qabul qilindi. Mustaqil 0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 
boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining huquqiy ba- 
zasini yaratishdagi birinchi bosqichning yakunlanishi 1992-yil 
8-dekabrda bo‘lib o‘tgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi- 
ning 11-sessiyasiga to‘g‘ri keldi. Bu sessiyada davlatning Asosiy 
qonuni - 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qi­
lindi. Konstitutsiyaning 26-bobi mudofaa va xavfsizlik masalalari- 
ga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 125-moddasida « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari 0 ‘zbekiston Respublikasining dav- 
lat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va 
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlaming tu- 
zilishi va ulami tashkil etish qonun bilan belgilanadi», deyilgan. 
Shuningdek, shu bobning 126-moddasida « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga 
ega», deb ko‘rsatilgan.
Harbiy sohadagi davlatimiz tashqi siyosatining asosiy yo‘na- 
lishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respub­
likasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qo- 
nunda mujassamlangan.
Bu qonunda«KO‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda 
ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan 
vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixti- 
yorida qoldiradi», deb qonuniy rasmiylashtirgan. Qonunning ahami- 
yati va kerakliligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu qonun 0 ‘zbekistonning 
tinchliksevar siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga 
intilishini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Qurolli Kuchlaming huquqiy asoslarini yanada rivojlantirishda 
1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizligi konsepsiyasi» haqidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
qonuni alohida ahamiyatga egadir.
Bu konsepsiyada diniy ekstremizm, millatlararo va etnik 
ziddiyatlaming kuchayishi, qurollaming, jumladan yadro quroli- 
ning tarqalishi, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning avj 
olishi, narkotik moddalaming tarqalishi hamda ekologik tanazzul 
ko‘rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta’kidla- 
nadi.
Yuqoridagilami hisobga oigan holda, Konsepsiya davlat­
ning muhim vazifalaridan biri - milliy xavfsizlikning samarali ti-
341


zimini yaratish, 0 ‘zbekistonning mintaqaviy va yalpi xavfsizlikni 
ta’minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini taqozo etadi.
0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari mil- 
liy harbiy mutaxassislami tayyorlash va armiyani texnik jihatdan 
jihozlashdan iborat. Ana shulardan kelib chiqib, so‘nggi paytlar- 
da 0 ‘zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun yuksak malakali ofitser- 
lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o‘quv yurtlari tashkil etildi. 
Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari 
ko‘rilmoqda. Zotan, hukumat 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin