Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tamoyilla- 
ridan biri hech qanday harbiy bloklarga a’zo boTmaslikdir. Prezident 
Islom Karimov bu masalani yanada sodda qilib tushuntirib aytdiki, 
birorta o‘zbek askari o ‘z mamlakatimiz chegaralari hududidan tash- 
qariga borib, har xil mojarolarda ishtirok etmaydi.
Ikkinchidan, 
0 ‘zbekistonning bugungi siyosiy-jug‘rofiy hola- 
ti ham biror-bir harbiy blokka kirish amaliyotiga to‘g ‘ri kelmaydi. 
Mabodo shunga amal qilinadigan boTsa, mintaqadagi xavfsizlik mu- 
vozanatiga putur yetkazib qo‘yish mumkin. Garchand mintaqamiz- 
dagi ayrim davlatlar o ‘z sa’y-harakatlari bilan mintaqa xavfsizligiga 
rahna solayotgan bo‘lsa-da, 0 ‘zbekiston rahbariyati bularga qarshi 
harakat qilmasligini ochiq-oydin ma’lum qilgan. Aksincha, bizning 
maqsadimiz mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayot- 
ga erishishni ta’minlashdir. 0 ‘zbekiston - NATO munosabatlarining
3 3 6


asi mohiyati ham shu - davlatimizning xavfsizligi va tinchligini 
ta’minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun 
shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan ibo- 
rat.
Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to‘laqonli 
a’zosi sanaladi, qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik 
qiladi. Mazkur Shimoliy alyans, NATOga a’zo hamda unga she- 
rik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 0 ‘zbekiston uchun juda 
muhim. Islom Karimov Yevroatlantika hamkorlik kengashining yalpi 
majlisida so‘zga chiqib, 0 ‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va bar­
qarorlikni saqlash uchun zarur boTgan quyidagi omillarga alohida 
to‘xtalib o‘tdi:
- yigirma yildan beri o ‘sha davr nuqtayi nazaridan davom etib 
kelayotgan va mintaqa xavfsizligiga katta tahdid solayotgan afg‘on 
mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish. Shu o‘rinda bir fikmi aytish 
joizdir. Agar Yevropaning biror-bir nuqtasida kichkinagina janjal 
chiqsa-yu, uch-to‘rt kishi qurbon bo‘lsa, masala darrov jahonshumul 
ahamiyat kasb etadi. Holbuki, Afg‘onistonda kuniga yuzlab odamlar 
urush tufayli halok bo‘layotgani jahon ahlida unchalik ham katta 
tashvish tug‘dirmayotgani ajablanarli. Fikrimizcha, buning sababi 
jahon xavfsizlik tizimida muvozanat yo‘qligidir. 0 ‘zbekistonning, 
qolaversa, boshqa davlatlaming ham NATO bilan hamkorlikni yana- 
da rivojlantirishga intilayotgani ayni shu muvozanatni ta’minlashga 
xizmat qilishi shubhasiz;
- yadro quroliga ega davlatlar sonining ko‘payishiga yo‘1 qo‘y- 
maslik zarur. Negaki, keyingi vaqtda Janubiy Osiyoda o‘tkazilgan 
yadro sinovlari kishini tashvishga soladi;
- mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqali- 
shiga yoT qo‘ymaslik lozim. Aytish mumkinki, bugun aynan diniy 
ekstremizm va fundamentalizm yer yuzidagi ko‘plab urushlar, moja- 
rolarga «havo berib» turibdi;
- terrorizm va zo‘ravonlik, qurol-yarog‘ hamda narkotik modda- 
lar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashni kuchaytirish zarur. 
Ayni shu masalalarda 0 ‘zbekiston NATO va unga sherik boshqa 
davlatlaming ko‘magiga ehtiyoj sezadi.
Islom Karimovning «Eksimbank» prezidenti J. Hermon bilan 
muloqoti, shuningdek, Kapitoliyda 0 ‘rta Osiyo hamda Kavkaz dav- 
latlari rahbarlari hamrohligida AQSH senatorlari bilan uchrashuvi 
ham tashrifning muhim voqealaridan boTdi. Shu o ‘rind^ AQSH 
senatorlari bilan boTgan uchrashuv haqida biroz to‘xtalib o'tsak. 
Senator Sem Braunbek uchrashuvni ochar ekan, ayni vaqtda AQSH
3 3 7


senati «Buyuk Ipak yo‘li - XXI asr» nomli qonun qabul qilishga 
chog‘lanayotganini ma’lum qildi. AQSHning Buyuk Ipak yo‘liga qi- 
ziqayotgani xayrli, albatta. Tabiiy bir savol tug‘iladi: nega Buyuk 
Ipak y o ii oradan ikki ming yil o ‘tib yana muhim strategik ahamiyat 
kasb etyapti? Sabab shuki, bugun bu yo‘ldan nafaqat mazkur min- 
taqa davlatlari, balki Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, AQSH 
ham katta manfaat topishi mumkinligi tobora yaqqolroq namoyon 
bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari senatorlar bilan uchrashuvda so‘zga 
chiqib, yig‘ilganlaming e’tiborini Buyuk Ipak yo‘lini rivojlantirish- 
ga qanday omillar, kuchlar xalal berishi mumkin, degan masalaga 
qaratdi. Sir emaski, ayrim mamlakatlar 0 ‘rta Osiyo va Kavkaz dav- 
latlarining g ’arbga tomon yangi aloqa koridorlariga ega bo‘lishini 
xohlamaydi. Ayniqsa, mazkur mintaqadagi neft va gazni jahon bozo- 
riga chiqarish uchun yangi yo’nalishlaming paydo boiayotgani ular- 
ning paytavasiga qurt tushirayotir. Ikkinchidan, diniy ekstremizm 
va fundamentalizmning mazkur mintaqa mamlakatlarida tarqalishi 
va buning asnosida yuzaga keladigan beqarorlik ham davlatimiz- 
ning hamkorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mum- 
kin. Uchinchidan esa, ayrim davlatlar hamon shovinistik kayfiyatdan 
xalos bo‘la olmayotgani bilan bog‘liq. Ular mintaqada o‘z ta’sirlarini 
saqlab qolish uchun turli amallardan foydalanyapti. Bu harakat esa 
Buyuk Ipak yo‘lini tiklash, o‘zaro integratsiyalashuv yo‘lidan bo- 
rayotgan davlatlaming maqsadiga zid. Va nihoyat, Osiyodagi ayrim 
davlatlar o ‘z strategik maqsadlarini ko‘zlab Buyuk Ipak yo‘lining 
tiklanishiga va rivojlanishiga xalal berishi mumkin. Shuning uchun 
bu haqda gap ketganda, yuqorida tilga olingan masalalarga alohida 
e’tibor qaratish kerak boiadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik 
kengashi, xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlatning ichki va tashqi 
siyosati masalalari bo’yicha maslahat organi tashkil etildi.
Shubhasiz, yuqoridagilar 0 ‘zbekistonda milliy xavfsizlikni 
ta’minlash va barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo‘lib 
xizmat qiladi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin