Islom dinini oddiy, kundalik taqvo va ibo-
datdan tom ma’nodagi ta’limot, eng yuksak ma’naviy-ma’rifiy
mafkura, sof insonparvar g‘oya darajasiga olib chiqdilar.
Insoni-
yat taraqqiyotini butunlay o‘zgartirib yuborgan, jahon sivilizatsiya-
siga g ‘oyatda kuchli ta’sir o ‘tkazgan Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ulug‘ sarkarda
va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa bobokalonlarimiz
dunyo taraqqiyotini tabiiy fanlar, falsafa, mantiq va adabiyot bilan
birga Islom nazariyasi va ta’limoti bilan mushtarak holda tushundi-
lar va rivojlantirdilar. Davr, tarixiy sharoit shunday ediki, ayni ana
shu omillaming biri kam boTgan taqdirda buyuk ixtirolar, olam-u
odamlar taqdiri va istiqboli bilan bogTiq boTgan kashfiyotlar dunyo-
ga kelmagan boTur edi.
Masalaning, yana bir nozik jihati bor: xuddi ana shu biz yuqori-
da nomlarini tilga olgan ulug‘ daholaming barchasi islom dinini il-
miy, nazariy va amaliy jihatdan qanchalik rivojlantirgan, e’zozlagan,
uning nazariyasi va falsafasini boyitgan boTsalar, o ‘z davriga xos
diniy fanatizm va aqidaparastlikdan ham shunchalik ko‘p jabr
ko‘rganlar. Ayrimlari, hatto, xurofot va jaholat qurboni boTdilar.
Demak, jaholat, johillik yashovchan ekan. Biz buni inkor eta
olmaymiz. Hayot haqiqati shunday. Demak, biz xavf-xatardan bu
tunlay xoli, tinch va osuda yashashga intilsak, hayotimizning har
daqiqasida aql-idrok yo‘rig‘i bilan yo‘1 tutib o‘zimizni, o ‘zimiz or-
qali farzandlarimizni, oilamizni, oxir-oqibatda butun jamiyatimizni
asramog‘imiz darkor. Biz uchun bundan boshqa yoT yo‘q.
1999-yil avgust oyining oxirlarida bir guruh jangarilar Tojikiston
orqali Qirg‘izistonning Botken tumaniga kirib keldilar. Ular qariyb
uch oy mobaynida tumanning besh qishlog‘ini bosib oldilar. Tinch
yashayotgan ming-minglab odamlar hayotiga tajovuz qildilar. Ular-
ning mol-mulkini, oziq-ovqatlarini tortib oldilar. Bir qirg'iz generali,
to‘rt yapon fuqarosi va boshqa bir necha kishilar garovga olindi.
Turli millat vakillari va bir necha mamlakat fuqarosidan iborat
jangarilar xalqaro terrorizmning yangi qiyofasini ko‘rsatdilar. Bezo-
rilar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketgan paytlari Moskvada nashr
etiladigan «Bpe.voi-MH» gazetasi muxbiri 0 ‘zbekiston Prezidenti
I. Karimovga savol bilan murojaat etdi.
0 ‘zbekiston rahbarining «Bpeivia-MH» gazetasida chop etilgan
intervyusi bugungi dunyo mojarolariga, ijtimoiy-siyosiy jarayonla-
328
riga, xususan, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga bo‘lgan mu-
nosabatlarga juda katta aniqlik kiritdi.
Aytish mumkinki, mazkur suhbat XXI asr tafakkur tarzini, uning
yo‘nalishlarini, miqyosini belgilab berdi. Jahon siyosatining strategi-
yasi, uning falsafasi, mantiqi, hayot haqiqati nimalardan iboratligini
aniq-ravshan ko‘rsatdi.
Albatta, insoniyat shajarasi abadiy. Hayot esa cheksiz, chegara-
sizdir. Uning kutilmaganda yangidan-yangi, bir-biriga o‘xshamagan
muammolari paydo bo‘laveradiki, ulami o‘z vaqtida ilg‘ab olish,
anglab, to‘g‘ri tushunish va eng maqbul shakldagi yechimini topish
alohida zukkolikni taqozo etadi. XX asr illati sifatida dunyoga kel-
gan, tobora madda boylab, jazavaga tushayotgan xalqaro terrorizm-
ga keskin zarba berish, tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash alohida
zukkolikni, alohida shijoatni, ayni paytda haqiqat bilan yuzma-yuz
turish jasoratini talab qiladi.
Aslini olganda insoniyat va hayot kushandasi bo‘lmish xalqaro
terrorizmga munosabat bildirayotgan siyosat va davlat arboblari oz
emas. Biroq, ular o‘z chiqishlarida bo‘lib o‘tgan voqealami shun-
chaki sharhlash, shunchaki ommaga ko‘rinish berib qo‘yish tamo-
yilidan nariga o‘tishmayapti. Ulaming aksariyatida masalaning tub
mohiyatini ochishga, unga keskin zarba berishga yo siyosiy iroda
yetishmayapti yoki shaxsiy shijoat. Yo bo‘lmasa, «uni o ‘ylaydigan
boshqalar hana bordir, nega aynan men boshimni qotirishim kerak»
qabilida ish yuritishyapti. Dunyo hayotiga tahdid solayotgan, inso
niyat taqdiri, Yer shari istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan umumjahon
muammosini zimmasiga olib, unga qarshi kurashadiganlar esa oz.
Kamdan-kam davlat arboblarigina o ‘z halovatidan kechib dunyo-
viy mojarolami o ‘z yuragidan o‘tkazmoqda, unga munosabat bildir-
moqda.
0 ‘zbekiston rahbari mamlakat mustaqilligiga asos solar ekan,
terrorizm va ekstremizm, mintaqalararo mojarolar yangi, «sovuq
urush»dan xoli dunyoning og‘ir jarohati ekanligini ko‘rsatib ber
di va jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida yangi xavf, yangi tahdid
urchib borayotganini alohida ta’kidladi. Dunyo siyosati oqimini
o ‘zgartirish, uni yangi mazmun bilan boyitish zarurati tug‘ilganini
isbotladi.
0 ‘zbekiston rahbari mintaqada va Yer yuzining turli hududlari-
da yuz berayotgan terrorchilik harakatlari, din niqobi ostida amalga
oshirilayotgan qonxo‘rliklar va zo‘ravonliklar oqibatlariga o ‘ta jid-
diy qaraydi. Ulami butun ko‘lami va miqyosi bilan idrok etadi. Na-
tijada, masalaning tub ildizini ochib beradi. Xalqaro terrorizmning
3 2 9
insoniyat hayotiga tahdidi, fojealari va jahon tarqqiyotiga butkul
to‘siq boiadigan omillari xususida gapirar ekan,
Dostları ilə paylaş: |