Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Mavzuga doir material
Makroiqtisodiy vaziyatdagi o‘zgarishlar
* Islohotlaming jo ‘shqin rivojlanishi tufayli muayyan ijobiy 
makroiqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
* Yalpi ichki mahsulot hajmlarining pasayishi sur’atlari kamay- 
di. Chakana tovar aylanishi hajmi 8 foiz kamayganiga qaramay,
1995-yilda sanoat mahsulotlari va iste’mol mollari ishlab chiqarish 
nisbatan barqaror bo‘ldi. Iqtisodiyotning eng yirik sektori bo‘lgan 
qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3 foiz oshdi. Eksport 
ancha, deyarli 16 foiz ko‘paydi va birinchi marta savdo balansida 
ijobiy saldoni ta’minladi.
* 1996-yilda 1994-yilga nisbatan pulning qadrsizlanish jara- 
yonlari keskin ravishda, 3,7 baravar kamayib, asta-sekin moliya- 
viy barqarorlik va aholi real daromadlarining oshishini ta’minladi. 
Agar 1995-yilning birinchi choragidagi pul qadrsizlanishining 
o‘rtacha oylik darajasi 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, uchinchi 
chorakda u faqat 6 foiz bo‘ldi. Yil oxiriga borib u yana birmun- 
cha oshgan bo‘lishiga qaramay, 1994-yil darajasidan ancha past 
boidi.
* Pul qadrsizlanishining kamayishi natij asida aholining real ish 
haqi va real daromadlari oshdi.
* Investitsiya faoliyati faollashib, aholi bandligining qo‘shimcha 
oshishini ta’minladi. 1995-yilda islohotlar boshlangandan keyin bi­
rinchi marta investitsiyalar hajmi oshdi.
* To‘lov balansining sezilarli yaxshilanishiga erishildi, u milliy 
valuta kursining mustahkamlanishiga va uning qisman ichki konver- 
tatsiyalanishini joriy etishga ta’sir ko’rsatdi.
* Iqtisodiyot tarmoqlari strukturasida qayta qurish jarayonla- 
ri sezilarli bo‘lib qoldi: ustun tarmoqlarga investitsiyalar hajmi 
ko’paydi, baza tarmoqlari va yuqori texnologiyali tarmoqlar tezroq 
rivojlana boshladi.
* Ichki ishlab chiqarishning oshishi asosida aholining go‘sht, 
mevalar, sabzavotlar kabi qimmatli oziq-ovqat mahsulotlarini 
iste’mol qilish darajasi oshdi.
* Noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida ish haqining ildamroq 
indeksatsiyalanishi hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha o’rtacha 
ish haqining ish tabaqalanishi birmuncha qisqardi.
* Aholining 1992-yil 1-yanvargacha jam g‘arma banklar depo- 
zitlariga qo’ygan pul omonatlarini 40 baravar indeksatsiyalash va
368


1996-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘lash haqida qaror 
qabul qilindi.
* 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pul nafaqalarini ko‘paytirish 
haqida qaror qabul qilindi, bu oilalar, ayniqsa, ko‘p bolali oilalar da- 
romadlarining oshishiga ko‘maklashadi.
* Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni 
ko‘paydi, ular aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining meh- 
natini sarflash sohalarini ancha kengaytirish imkonini beradi, shu- 
ningdek, aholi daromadlarini ko‘paytiradi.
Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligining 1996-yilgi m a ’lumotlaridan.
*
*
*
Shuni aytish kerakki, respublikada yuk va yo‘lovchilami mam- 
lakat ichkarisida va tashqariga tashishning MDH, Yaqin va uzoq xo- 
rij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalaming ta’minlovchi transport 
tizimi shakllandi. Mustaqillik yillarida transportning barcha tarmoq- 
lari jadal rivojlandi.
0 ‘zbekistonning bevosita ishtirokida «TransOsiyo» magistrali- 
ning bir qismi hisoblangan, Janubi-Sharqiy Osiyoni G‘arbiy Yevropa 
bilan tutashtiradigan va TransSibir magistralidan 1500 kilometr qis- 
qa bo‘lgan Tajan - Seraxs - Mashhad yangi yo‘li ishga tushirildi.
0 ‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi A-310, 11-86, 11-76, TU- 
154, «Boing» va boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va 
mahalliy yo‘llarga mo‘ljallangan ko‘p miqdordagi samolyotlarga 
ega.
2007-yilga kelib 0 ‘zbekiston MDHning barcha yirik shaharla- 
ri va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, 
Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur 
singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‘llari orqali 
bogiandi.
0 ‘zbekiston energetika tizimi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 
lining tarkibida loyiha, qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va ener- 
giyadan foydalanish korxonalari mavjud. Bugungi kunda respublika- 
mizda 37 ta issiqlik va gidroelektrostansiyalari, ishlab turibdi. Ular 
yiliga 55 milliard kilovatt-soatdan ziyodroq elektr energiyasi ho- 
sil qilish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining 
uzunligi 228 ming kilometrdan ko‘pdir. 
**•
Markaziy Osiyodagi eng yirik Tolimaijon GRESi jadal sur’atlar 
bilan qurilmoqda.
3 6 9


Sobiq Ittifoqdagi ayrim respublikalardan farqli ravishda 
0 ‘zbekistonda hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi res- 
publika aholisi va xalq xo‘jaligi ehtiyojini to‘liq qondirib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq yangi 
institutsional tizimlar vujudga keldi. Jumladan, Tashqi Iqtisodiy alo- 
qalar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 
Bojxona xizmati butunlay yangidan tuzildi.
0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlami rivojlanti- 
rish, chet ellik sarmoyadorlarning mamlakat hududida faoli­
yat ko‘rsatishini rag‘batlantirish va ulami ishonchli kafolat bilan 
ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy zamin yaratildi.
1992-1995-yillarda - eng og‘ir sharoitlarda 0 ‘zbekistonning 
umumiy tashqi savdo oboroti qariyb 2 marta ko’paydi. MDH 
mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya chuqurlashdi. 0 ‘z navba- 
tida iqtisodiy jihatdan rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar bilan 
savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiy 
mamlakatlarga an’anaviy paxta tolasidan tashqari elektr manbalari 
chiqarish, to’qimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek, transport 
xizmati, santexnika va boshqa xizmatlami eksport qilish yo‘lga 
qo‘yildi.
Eksport korxonalarimiz faoliyatining eng muhim yo'nalishiga, 
butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga 
aylandi.
2007-yilga kelib deyarli ko'pgina tarmoq va korxonalarimiz 
tashqi iqtisodiy faoliyatga toTiq jalb etilgan boTib, tashqi bozorlami 
faollik bilan o ‘zlashtirmoqda.
Birgina 2006-yilning o‘zida tovar mahsulotlarini eksport qilish 
hajmi 31,5 foizga o ‘sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko‘proq 
ortdi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi yil davomida qariyb 
2 milliard AQSH dollarigacha o‘sdi.
Eksport hajmining ana shunday o ‘sishi 0 ‘zbekiston uchun 
an’anaviy resurslar boTmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va 
turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomo- 
billar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, minerai o ‘g ‘itlar, ip-kalava 
va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish ma- 
teriallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlari hajmi va turla- 
rini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlaming 
ulushi 53 foizdan oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha 
kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
370


Import tizimida oziq-ovqat mahsulotlari keltirish kamayib, tex- 
nologiya va asbob-uskunalar olib kelish salmog‘i keskin ortdi.
1994-1996-yillarda chet el sarmoyalari ishtirokida « 0 ‘zelmas», 
«Zarafshon-Nyumont», « 0 ‘zsalaman» va « 0 ‘zDEU» qo‘shma kor- 
xonalari ishga tushirildi. Mazkur korxonalar ishga tushirilganidan 
keyin aholini sifatli poyabzal, gugurt, avtomobil va boshqa iste’mol 
mahsulotlari bilan ta’minlash hajmi ortdi.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda 1993-yil avgust 
oyidan boshlab qurilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 
ishga tushirilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yiliga 2,5 million ton­
na gaz kondensatini qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu 
zavodning birinchi navbati loyiha va texnologik qismi qurilishlarini 
Fransiyaning «Teknip» firmasi, umumzavod xo‘jaligi obyektlarini 
qurishni esa mahalliy qurilish tashkilotlari olib bordilar.
Zavod uchun Qorovulbozor tumanining suv toshqinidan xoli, 
temiryo‘lga yaqin bo‘lgan va barcha boshqa ishlab chiqarish hamda 
iqtisodiy talablarga javob beradigan qulay joyi tanlandi. Uning umu- 
miy maydoni 205 gektami tashkil etadi. 1993—1997-yillar davomida 
ushbu zavod qurilishiga jami qariyb 21 milliard so‘m mablag1 sarf- 
landi.
Zavodning asosiy ishlab chiqarish obyektlari bilan bir qatorda 
ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodimlar uchun ikki yarim ming 
kishi yashaydif an shaharcha qurildi. Shaharchaning infrastrukturasi- 
da umumiy maydoni yuz ming kvadrat metr bo‘lgan uy-joylar ham­
da maktab, bolalar bog‘chasi, dorixona, ambulatoriya-poliklinika
tez yordam stansiyasi, mehmonxona, aloqa uzeli, maishiy xizmat 
ko‘rsatish va sog’lomlashtirish majmualari, savdo do‘konlari, deh- 
qon bozori va boshqa bir qator obyektlar qurildi.
1998-yilda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990- 
yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar oshdi. Agar 1990-yilda 0 ‘zbe- 
kistonda iste’mol qilinadigan neftning 70 dan ortiq foizi va neft 
mahsulotlarining deyarli yarmi import qilingan bo‘lsa, 1998-yilga 
kelib ular importining ulushi deyarli yo‘qqa chiqdi. Undan tashqari, 
davlatimiz neft importeridan uning eksporteriga aylandi. Neft eks- 
porti 1992-yildagi 270 ming tonnadan 1998-yildagi 912 ming tonna- 
gacha, yoki qariyb uch barobar oshdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqillikning eng og‘ir 
1992, 1993 va 1994-yillari mamlakat aholisi uchun qancha- 
lik qiyinchiliklami ro‘baro' qilmasin, hukumat og‘ir ^aziyatdan 
chiqish barobarida strategik maqsadlar bilan yashadi. U kunda- 
lik muammolami hal etish, aholini kundalik ehtiyoj mollari bi-
371


lan ta’minlash va boshqa bir qator talablami amalga oshirish, 
eng og‘ir iqtisodiy tanglikdan hech qanday larzalarsiz o‘tib olish 
chora-tadbirlami belgilash bilan birga mamlakat istiqbolini va xalq 
kelajagini ta’minlaydigan ulkan maqsadlami ham amalga oshirish 
yoiidan bordi. Asakadagi avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni 
qayta ishlash zavodi, mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi 
yuzlab sanoat korxonalari qurilishlariga xuddi ana shu qiyinchilik 
yillarida poydevor qo‘yildi.
Hatto eng mushkul yillarda - ya’ni, o ‘tish davrining boshlani- 
shida ham 0 ‘zbekistonda kapital sarmoyalaming keskin tushib 
ketishi kuzatilmadi. 1995-yildan boshlab esa investitsiyalaming 
o‘sishi yaqqol ko‘rinmoqda. 1997-1998-yillarda 0 ‘zbekistonda 
kapital sarmoyalar yiliga 17 foizga o ‘sib bordi. Shu jihatdan 
respublikamizdagi vaziyat shu paytgacha investitsiyalami milliy 
miqyosda amalga oshirish mexanizmlarini ishga tushira olmagan 
o‘tish davri iqtisodiyotidagi boshqa davlatlamikidan afzalliklari 
bilan farqlanadi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin