birinchidan,
ichki va tashqi sarmoyalami jalb qilish,
ikkinchidan,
istiqbolli texnologiyalar joriy qilish va boshqaruvga oid yangicha
uslublami tajribada qo‘llash maqsadida maxsus huquqiy tartibotga
ega bo'lgan hududda xo‘jalik yuritishdir. Qolaversa, bunday zona-
lami respublikada tashkil qilinishi kishilarda iqtisodiy bilimlami
kengaytirish uchun ham kerak edi.
Erkin iqtisodiy zonalar orqali ish yuritish rivojlangan mamlakat-
larda keng tarqalgan. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2000
dan ortiq maxsus huquqqa ega boMgan iqtisodiy zonalar mavjud.
Turkiya, Janubiyi Koreya, Xitoy kabi mamlakatlaming iqtisodiy ri-
vojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog‘i katta. Sin-
gapuming jadal rivojlanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay
«Erkin iqtisodiy zona» deb e ’lon qilinganidandir. Shu sabab, Singa-
pur «Umumjahon omborxonasi» deb ta’riflanmoqda.
Rivojlangan G‘arb mamlakatlari ham bundan istisno emas.
Ularda ayrim hudud, shaharlar uzoq o ‘tmishdan hozirgacha maxsus
huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya, Bremen, Rotterdam, Gam-
burg - bulaming ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Bunday hudud
va shaharlar aytish mumkinki, o ‘sha mamlakat iqtisodining rivojla-
nishida «lokomotiv» vazifasini o ‘tayapti.
Keyingi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi
mamlakatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishga intilish
kuchaydi. Jumladan, Rossiyada, Qozog‘istonda va boshqa mamla
katlarda shunday zonalar barpo qilindi.
Shu maqsadda 0 ‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar haqidagi
Qonun loyihasi tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynidSf-yuqori-
da zikr etilgan mamlakatlar qonun va boshqa me’yoriy hujjatlari har
tomonlama o ‘rganildi. Xorij tajribalariga suyanib erkin iqtisodiy zo-
3 7 5
nalami bir necha guruhga, ya’ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish,
erkin ilmiy-texnik va boshqa zonalar tarzida tuzilishi qonun loyiha-
siga kiritildi va u 1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida
qabul qilindi.
1995-1998-yillarda eksport tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar
ro‘y berdi. Agar 1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tash-
kil qilgan b o isa, 1998-yilda uning ulushi 43 foizgacha kamaydi.
Ayni paytda tayyor mahsulotlar ulushi 17 foizdan 25 foizgacha,
mashina va uskunalar ulushi 2 foizdan 4 foizgacha, xizmatlar ulushi
8 foizdan 9 foizgacha ortdi. Import tarkibidagi xuddi shunday
o‘zgarishlar mustaqil davlat iqtisodiyotining qad ko‘tarish jarayonini
yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy import qilinadigan mahsulotlar
oziq-ovqat (1994-yilda 34,7%) va yoqilgi (24,2%) bo‘lsa, hozirgi
paytda oziq-ovqat importi ikki barobar qisqardi (1998-yilda 15,2
foizgacha), yoqilgi importi esa deyarli umuman to‘xtatildi. Mam-
lakat don va yoqilg‘i mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovar-
larga boigan ehtiyoj endilikda uning o‘z ishlab chiqarishi hisobiga
qoplanmoqda. Natijada bo‘shagan valyuta mablag‘lari iqtisodiyotni
rivojlantirishga, import o ‘mini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan
ishlab chiqarishlami barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologi-
yalar sotib olishga qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarki
bida mashina va uskunalar ulushi shu davming ichida 15,9 foizdan
47,3 foizgacha oshdi.
2007-yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari
bilan savdo qila boshladi. Tashqari savdo muomalasi o ‘sib, 1998 yil-
da 9 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu esa 1994-yildagidan taxminan
ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning ju g ‘rofiy tarkibi ham o ‘zgarib
bormoqda: agar 1994-yilda tovar muomalasining 58 foizi sobiq
Sovet respublikalariga to‘g ‘ri kelgan b o isa, 1998-yilda ulaming
ulushi faqat 27 foizni tashkil qildi.
Respublika makroiqtisodiy barqarorlikka birinchilardan b o iib
erishdi. 1996-yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u
5,2 foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz ko‘paydi.
Xuddi shunday o ‘sish keyingi yillarda ham kuzatildi. 2005-
yilning nihoyasidagi yakunlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o ig an
yilda deyarli barcha makroiqtisodiy koisatkichlar bo‘yicha prognoz
hajmi va koisatkichlariga erishildi, aksariyat koisatkichlaming esa
sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta’minlandi.
2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o ‘sish sur’atlari 7 foizni,
inflatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste’mol tovarlari
376
ishlab chiqarish 17,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chi-
qarish esa 6,2 foizga o ‘sgani quvonchli hol, albatta.
2005-yil davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan kutilgan
1 foiz taqchillik o ‘miga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning
daromad qismi esa prognoz ko‘rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo‘ldi.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur’atda o‘sib borayotgani,
so‘nggi 2005-2006-yillarda bu ko‘rsatkichning 7 foizdan ortayotga-
ni, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuni ta’kidlash zarurki, 0 ‘zbekiston
erishayotgan barqaror iqtisodiy o ‘sish sur’atlarining asosiy manba va
omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, avvalo, neft va gaz
bozorlarida mavjud boigan qulay konyunktura va qandaydir tashqi
omillar ko‘maklashib turgani yo‘q.
Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islo-
hotlari va mamlakatni modemizatsiya qilishning puxta o ‘ylangan
modeli va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturini bosqichma-
bosqich amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli, izchil va
qat’iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas.
2005-
yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim
yo‘nalishlarini quyidagi misoldan ko‘rish murakin.
Birinchi yo‘nalish - iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan
izchil yangilash.
Bu boradagi harakatlar avvalo iqtisodiyotda makroiqtisodiy mu-
tanosibliknf ta’minlash, iqtisodiy o ‘sishda yetakchi o ‘rin tutishi lo-
zim bo‘lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlami jadal rivojlantirish,
shu bilan birga, 0 ‘zbekistonning o ‘ziga xos demografik xususiyatla-
ri, bandlik, aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq va boshqa
o‘ta muhim muammolami hal etishga qaratildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan mazkur vazifaning aha-
miyatini yana shu bilan izohlash lozimki, ichki va tashqi investitsi-
yalami kiritishni talab etadigan tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshir-
masdan turib, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan bir yoqlama
iqtisodiyotdan xalos bo‘lish, tom m a’nodagi iqtisodiy mustaqillikka
erishish mumkin emas.
Ko‘rilayotgan qat’iy tadbir va choralar, amalga oshirilayotgan
islohotlar natijalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki
mahsulotning tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yetakchi soha-
larimizdan bo‘lmish sanoatning ulushi 2002-yildagi 14 foiz o‘miga
2005-yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikmi tasdiqlaydi.
2006-
yilda iqtisodiyotning o‘sishi, solishtirma nàrxlarda olib
qaraganda, 2000-yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda
sanoat ishlab chiqarishi 1,6, qishloq xo‘jaligi 1,5, tashqi savdo
377
aylanmasi 1,7, eksport hajmi 1,9, oltin-valuta zaxirasi 3,7 barobar,
real ish haqi esa 4 marta oshganini ko‘rish mumkin. Shu bilan
birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini
ham qayd etish lozim.
Ayni paytda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida
ham jiddiy yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat
unumdorligi 1,7 marta oshdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori
sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari, jahon bozo-
ridagi qulay konyunktura va ayrim xomashyo turlari hamda mate-
riallar narxining yuqoriligi hisobidan emas. balki birinchi navbatda
raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda za-
monaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab
beradigan jiddiy tarkibiy o'zgarishlar va ishlab chiqarish samarador
ligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
2006-yilda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-
yildagi 14,2 foiz o‘miga 22,1 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining
ulushi 30 foiz o‘miga 39,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligida esa
aksincha - bu ko‘rsatkich pasayib, 32 foizdan 24 foizga tushdi.
Xizmat ko’rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning
yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 38,5 foizdan oshgani, jumla-
dan, kommunikatsiya, transport va aloqa tarmoqlari bo'vicha xizmat
ko‘rsatish hajmi besh yil mobaynida bir yarim baravar o’sgani bu
ning yaqqol tasdig‘idir.
2006-yilda yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga o ’sdi. Ishlab chiqa
rish hajmining sanoatda 10,8, qishloq xo‘jaligida 6,2 foizga oshga
ni, investitsiyalaming 11,4, qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat
ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlaming 19,5 foizga o‘sgani iqtiso-
diy rivojlanishning asosiy omillari boflib xizmat qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o ‘tgan yilda erishilgan ana
shunday o‘sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash
bo'yicha amalga oshirilgan ko‘p yillik mashaqqatli va murakkab ish-
lari natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlan-
tirishning amaliy namoyoni bo’ldi.
Ayniqsa, keyingi yillarda telekommunikatsiya aloqasi va
moliya-bank tizimida xizmatlaming yangi turlari tez sur’atlar bilan
rivojlanayotgani e’tiborga sazovor.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy
islohotlar va ulardan ko‘zlangan maqsadlaming bajarilishi yengil sa
noatning jadal sur’atda rivojlanishida ham o‘z ifodasini topmoqda.
378
Bu tarmoqlar 2005-yilda o‘sish sur’ati 2004-yilga nisbatan 12
foizni tashkil etgani, shu jumladan, to‘qimachilikda 17 foiz, tikuv-
chilikda 24,5 foiz, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda 53 foiz
o‘sish kuzatilganini qayd etish zarur.
Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan korxonalar-
ning ishga tushirilishi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi
ishlab chiqarish quwatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga ra-
qobatga bardoshli tayyor engil sanoat mahsulotlarini eksport qilish
hajmining sezilarli darajada ortib borayotgani - bulaming barchasi
mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir.
Eng muhimi, bunday o‘zgarishlar natijasida yangi ish o'rinlari
yaratilmoqda, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta’minlanmoqda.
2005-yilda chetga mahsulot eksport qilish hajmi 11,5 foizga
o‘sgani yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotni
modemizatsiya qilishda erishilayotgan yutuqlaming muhim natijasi
desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayni paytda umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xiz-
matlar ulushi 50 foizdan oshdi.
Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori
ko‘rsatkich - 1,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldo-
ga erishish imkonini berdi. Natijada mamlakatimizning oltin-valyuta
zaxirasi 1,3 marta ko‘paydi, bu esa, aw alo, iqtisodiyotimizning tash
qi bozor o‘zgarighlariga barqarorligi ortib borayotganidan dalolat be-
radi.
0 ‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan sifat o ‘zgarishlarini
baholash uchun e’tibomi yana bir misolga qaratsak.
Agarki, yaqin-yaqinlargacha, ya’ni 2000-yilda eksport tarkibi-
da paxta tolasining hissasi 27,5 foiz b o igan bo‘lsa, 2005-yilda bu
ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etganining o ‘zi ko‘p narsani bildiradi,
deb aytish mumkin.
Shu davrda importning tarkibi ham o ‘zgarib, mamlakatga olib
kirilayotgan umumiy mahsulot hajmida texnika va uskunalar ulushi
44 foizdan ortgani ayniqsa e ’tiborga loyiq.
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarining sifat jihatidan yuk-
salishi ko‘p tomondan investitsiya hajmidagi tarkibiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liq bo‘lib, ulaming yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20
foizdan oshdi.
Markazlashtirilgan holda mablag1 bilan ta’minlash hajmi qis-
qarayotgan bir paytda korxonalar va aholining xususiy ffiablag‘-
qo‘yilmalari keskin oshib bormoqda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy inves-
titsiyalar va tijorat banklari resurslari faol jalb etilmoqda.
379
Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6
foizni tashkil etgani, to‘g‘ridan-to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar va kre-
ditlar hajmi esa qariyb 1,5 barobar ko‘paygani ham ko‘rsatib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |