Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

O 11 i n ch i b o b
IQTISODIY ISLOHOTLARNING 0 ‘ZIGA XOS
TAMOYILLARI
1-§. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish
Har qanday islohot, agar u odamlar hayotini yaxshilashdan ibo- 
rat pirovard natijaga qaratilmasa, keraksizdir. Shuning uchun ham 
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar har tomonlama 
barqarorlikni ta’minlashga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyo- 
tiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini 
bunyod etishga qaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamla- 
kat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazi- 
fani hal etishga yo‘naltirildi:
1. Ishlab chiqarishning pasayishini to’xtatish.
2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqa- 
rorlikka erishish.
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish.
0 ‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992-yildayoq
Prezident Islom Karimov 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar 
barqarorlik vaziyatiga o'tishi kerakligini alohida ta’kidlagan edi. 
Shuning uchun ham u o'zining « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami 
chuqurlashtirish yoiida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati 
xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini 
chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, mil- 
liy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy 
o ‘zgartishlami amalga oshirishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradi- 
gan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishga qaratilgan, - deb 
uqtiradi.
Shu bois mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini isloh 
qilishning muhim natijasi bu - makroiqtisodiyotni barqarorlashti­
rishga erishilgani bo‘ldi. Binobarin, bu jarayon bozomi shakllanti- 
rishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi 
I. Karimov, - eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saq- 
lash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy 
ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u p u l qadrsizlanishining, 
pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov balansini bir
3 6 4


me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan 
davlat siyosatidir».
0 ‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasida qator 
amaliy choralar belgilanar ekan, awalo bu boradagi jahon tajribasi 
o‘rganildi, ayni chog‘da MDH davlatlarida shu sohada yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o‘tish davrida davlat o‘z iqtiso- 
diy siyosatini belgilashda aw alo ustuvor, katta istiqbolga ega bo‘lgan 
tarmoqlar va ishlab chiqarishni har tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni 
eng muhim bo‘g ‘inlami aniqlash (neft - neft mustaqilligi, energeti- 
ka - energetika mustaqilligi, don - g‘alla mustaqilligi, paxtani qayta 
ishlash sanoati va hokazolar) orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tash- 
kil qilish bo‘yicha izchil siyosat yuritishi lozim edi.
Shuni ro‘yirost aytish kerak, mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991- 
yil oxirlari va 1992-yilda O ‘zbekiston zimmasiga og‘ir va jiddiy 
sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o ‘z taqdirini, o ‘z musta- 
qilligini, o ‘z ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savol- 
ga javob berishga to‘g‘ri keldi. Buning boisi shunda ediki, SSSR 
parchalanib ketishi, an’anaviy xo‘jalik aloqalarining buzilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan moliyaviy va xomashyo zaxiralarining nihoyatda 
taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlar- 
dan mahsulot yetkazib berilishiga bog‘lanib qolgan yirik korxona- 
lar to‘xtab qfelish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy 
ahvoli yana ham pastlashib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori- 
darmonlaming eng muhim turlarí chetdan olib kelinishi sababli bir- 
muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda Rossiya, 
Ukraina va Belorussiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi. Ana 
shunday holatda 0 ‘zbekiston o‘zining butun kuch-g‘ayrati va ichki 
imkoniyatlarini safarbar qilib, ijtimoiy va iqtisodiy muammolami 
hal qilishga jiddiy e’tibor berdi.
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustuvor hisoblangan 
yetakchi asosiy tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari 
sharoitida ulaming shakllanishiga yordam ko‘rsatilmasa iqtisodiy 
strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu mamlakat iqtisodiyotini 
butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz ishlab chi- 
qarish jarayonini ta’minlab turishning bosh yo‘li, asosiy tamoyili 
bo‘ldi.
Shu bois 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida, aw alo, tarkTbiy o‘zga- 
rishlar yuz berdi. Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkam- 
lash, importni qisqartirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqa-
365


rishni rivojlantirish, shuningdek, istiqbolni belgilaydigan ustuvor 
tarmoqlami jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka 
barham berishga e’tibor qaratildi. Natijada, xalq iste’moli mollarim 
chetdan keltirishdan voz kechib, 0 ‘zbekistonning o‘zida ishlab chi- 
qarishga katta e’tibor berildi.
Mustamlaka yillarida iqtisodiyotimiz umumittifoq mehnat taq- 
simoti niqobi ostida bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyoj larga 
mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi. Sobiq tizimda ishlab chi- 
qarish vositalari ishlab chiqarish xalq iste’mol mollari tayyorlash 
sur’atlaridan yuqori bo‘lishi kerak, degan soxta nazariyaga mah- 
kam yopishib olinganligi sababli iste’mol mollari tayyorlash izdan 
chiqqan edi. Natijada o‘zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab 
chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘la turib, aholi uchun zarur xalq 
iste’mol mollarining 60 foizdan ortig’i chetdan keltirilar edi. Oddiy 
tuz va gugurt ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab 
texnologik jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g ‘risida 
o ‘ylanmas edi.
1992-94-yillarda islohotlaming natijalari aholining iste’mol 
mollariga bo‘lgan talabi o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hi- 
sobiga qondirilishida, ayrim turlarini esa chetga sota boshlanganida 
namoyon boda boshladi.
Eng muhimi, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish kamayib 
ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Agar, 1997-yili 1996-yilga nisbatan yalpi 
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 6,5 foizga ortgan bo‘lsa, iste’mol 
mollari ishlab chiqarish 11,2 foizga ko’tarildi. Vaholanki, iqtisodiy 
sharoitlari nisbatan ancha qulay bodgan hamdo‘stlikdagi ba’zi mam- 
lakatlarda ishlab chiqarish 40-50 foizga tushib ketib, iste’mol bozori 
izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat 
mollariga qaram bo‘lib qoldilar.
90-yillaming oxiriga kelib 0 ‘zbekistonda sanoat ishlab chiqa- 
rishi quw ati og‘ir sanoatdan tortib, yengil sanoatgacha bo’lgan in- 
dustriyaning barcha tarmoqlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
sanoat yo‘li bilan qayta ishlovchi yirik korxonalar vujudga keldi. 
2,2 ming yirik va o ‘rta sanoat korxonalari keng miqyosga ega turli 
yo‘nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi.
Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulot- 
larining uchdan ikki qismi 0 ‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqa- 
rila boshlandi.
Dunyoning faqat ikki mamlakatidagina (AQSH va 0 ‘zbekiston) 
paxtachilik mashinalari va uskunalari to‘liq ishlab chiqarilishi yo‘lga 
qo‘yildi.
3 6 6


I
O‘zbekiston - ipakchilik va pillakashlik texnikasi ishlab chi- 
qaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi 
ishlab chiqarish bo‘yicha MDHdagi eng yirik korxonalaming biri 
0 ‘zbekistonda joylashgan. 0 ‘zbekiston metallurgiyasi deganda Mar­
kaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha eng 
yirik zavodlar hisoblanmish Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya 
kombinati, 0 ‘zbekiston qiyin eruvchi va o‘tga chidamli metallar 
kombinati va boshqalar ko‘z oldimizga keladi.
Neft-kimyo sanoati 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chi- 
qarishga kirishdi. Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib 
kelinar edi.
0 ‘zbekiston yengil sanoati ham ko‘p tarmoqli bo ‘lib, u industr- 
lashgan kompleks hisoblanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishdagi natijalami Rossi- 
yada chiqadigan gazetalar ham ijobiy baholay boshladi.
Jumladan, «Независимая газета» 1996-yil 22-noyabr sonida 
MDH tarkibidagi mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islo- 
hotlami tadqiq qilib, quyidagi xulosaga keladi.
«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo‘yicha
1990-yilga nisbatan 47 foiz,
0 ‘zbekiston
106 foiz
Turkmaniston
81 foiz
Belorussjya
63 foiz
Ukraina
55 foiz
Qozog‘iston
48 foiz
Armaniston
48 foiz
Moldova
43 foiz
Ozarbayjon
41 foiz
Qirg‘iziston
39 foiz
Gruziya
18 foiz ko‘rsatkich bilan chiqmoqda».
Ushbu gazetaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi respublika- 
lar ichida sanoat ishlab chiqarishi jihatidan 0 ‘zbekistonni birinchi 
o ‘ringa qo‘yganligi mamlakatda iqtisodiy islohotlar sobitqadamlilik 
bilan amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi, bu ayni paytda, uning 
xorijiy mamlakatlarda tan olinishining belgisi edi.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil 
rivojlana boshladi. Jumladan, 1997-yildagi ma’lumotga ko‘ra mam­
lakatda yiliga 100-110 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari amal­
ga oshirilgan. 
**
3 6 7



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin