Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


quyidagilar 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

quyidagilar 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng imihim ustuvor vazifala-
ri etib belgilandi:
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni o ’stirishning bar­
qaror va muvozanatlashgan sur’atlarini ta’minlash, jalb qilinadigan 
xorijiy investitsiyalami, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g ‘ri xorijiy inves- 
titsiyalami ko‘paytirish hisobiga tarkibiy o‘zgarishlami, iqtisodiyot­
ning yetakchi tarmoqlarini modemizatsiya qilish va yangilashni da­
vom ettirish;
- islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni. soliq-budjet si- 
yosatini yanada erkinlashtirish, bozor inffatuzilmasini jadal rivojlan- 
tirish;
- aholining ish bilan bandligini yaxshilash va farovonligini oshi- 
rishnmg eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tad-
386


birkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni rivojlanti- 
rishni qoilab-quw atlash va rag'batlantirish;
- sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va 
unumdorligini oshirishni ta’minlash;
- Yoshlar yili Davlat Dasturini bajarish chora-tadbirlarini amal- 
ga oshirish.
Butun Dastuming va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yo‘nalishlarining markaziga eng muhim ustuvor vazifa - inson man- 
faatlari ustuvorligi qo‘yildi.
2-§. Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi.
Milliy valuta qadrining oshishi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlaming eng muhimi - qat’iy moliya 
siyosatini o‘tkazish boidi. Shu bois 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 1995-yil 23-fevraldagi birinchi sessiyasida «...Bank, 
moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, uni jahon talablari da- 
raj asiga ko‘tarish... birinchi bosqichda muhim o ‘rin olishi darkor... 
Milliy valutamiz mustahkam bo‘lsagina davlatimiz qudratli, obro‘li, 
hayotimiz farovon bo‘ladi», - degan fikr bildirildi.
O ‘zbekistonning 1991-1993 -yillardagi, ya’ ni rubl zonasida bo iib
turgan davridagyqtisodiy siyosati ishlab chiqarishning butunlay inqi- 
rozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtiso­
diy tizimini takomillashtirishga qaratildi. Siyosiy va iqtisodiy islohot- 
lami amalga oshirishning ikki xil tabiatga egaligi, ya’ni bir tomondan 
siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan yagona rubl zonasida, demak, 
yagona iqtisodiy zonada turganlik holati 0 ‘zbekiston uchun o‘ziga 
xos xususiyatga ega davr edi. Bu o‘z navbatida pul-kredit siyosatini 
belgilashda ham o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqishni taqozo etardi.
Bu boradagi muhim vazifa banklar faoliyatini, vazifalarini 
yangi talab va ehtiyojlar asosida tashkil qilmoq edi. Mamlakatda ikki 
pog‘onali samarali bank tizimini yaratmasdan turib 0 ‘zbekistonda 
bozor munosabatlarini yuzaga keltirib, uning xo‘jalik mexanizmini, 
pul muomalasini qayta qurib boimasdi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati 
to‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, keyin 
unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar bank sohasini*4sloh qi- 
lish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank muassasalarini 
tashkil etish yo‘llarini belgilab berdi.
387


Mazkur Qonunga muvofiq, SSSR Davlat Bankining mintaqaviy 
bo‘limi 0 ‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankiga aylantiri- 
lib, unga banknotalar emissiyasi, hukumat hisob varaqlariga xizmat 
ko‘rsatish, oltin-valuta zaxiralarini saqlash, banklar faoliyatini nazo- 
rat qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va boshqa vazifalar 
topshirildi.
Ushbu Qonun respublika iqtisodiyotini isloh qilishning bosh- 
lang‘ich bosqichida qabul qilingan va u o‘sha kunlar voqealari talab- 
lariga javob berar edi.
Milliy Valuta - so‘mning joriy qilinishi va moliya sohasidagi 
islohotlami chuqurlashtirish vazifalari uning huquqiy asosini yanada 
rivojlantirishni, banklar faoliyatining hamma jihatlarini bozor talab- 
lariga muvofiq qat’iy belgilovchi alohida qonun ishlab chiqishni ta- 
qozo etgan edi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar 
tajribalarini inobatga olib hamda mustaqil mamlakat pul-kredit si­
yosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank 
to‘g ‘risida, banklar va banklar faoliyati to‘g ‘risida alohida Qonunlar 
ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida « 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi 
Markaziy Banki to‘g ‘risida», «Banklar va 
banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida Qonunlar qabul qilindi. Bu hu­
quqiy hujjatlar Xalqaro Valuta Fondi va Jahon Banki tomonidan 
yuqori baholandi. 0 ‘zbekistonda hozirgi vaqtda 20 ta tijorat banki 
ro‘yxatga olindi va ular ishlab turibdi. 1995-yildan ulaming 19 tasi 
aksiyadorlik-tijorat shaklida, 5 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, 
1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi, 2 tasi davlat 
banki sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlab- 
ki bosqichlarida o ‘tish davrining ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarini 
bartaraf etishga mo‘ljallangan davlat budjeti 1993-yildan iqtisodi- 
yotni strukturaviy qayta qurish omillaridan biriga, makroiqtisodiy 
mutanosibliklami boshqarish va moliyaviy resurslami mamlakat 
iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida jamlash vositasiga aylandi.
1994-moliya yili qattiq pul-kredit va budjet siyosatini shakllan- 
tirishda burilish bosqichi boidiki, buning natijasida davlat budjeti 
taqchilligi 1995-yilda YIMga nisbatan olganda 3,4 foizdan 2,8 foiz- 
gacha pasaydi.
Davlat budjetidagi taqchillikning pasayishi ko‘p hollarda o‘tish 
davridagi eng barqaror daromad manbayi - bilvosita soliqlar mavqe- 
yini oshirish evaziga ta’minlandi. Davlat budjeti daromadlari tuzil-
3 8 8


masida bilvosita soliqlaming ulushi umumiy daromadlarga nisbatan 
olganda 1991-yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizgao‘sdi. 1996- 
yilda butun daromadning 50 foizdan ko‘prog‘ini aksizlar, G‘G ‘S va 
bojxona bojlari ko‘rinishida belgilash mo‘ljallangan edi.
1995-yil yakunlariga ko‘ra davlat budjetining to‘g‘ri (daromad) 
solig‘idan daromadi 38,5 foizni, shundan korxonalar foydasidan 
olinadigan soliqlar daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan 
olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy shaxslaming tadbirkorlik 
faoliyati daromadi solig‘i esa 0,3 foizni tashkil etdi. Yalpi milliy 
mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich cheklash 
bozor prinsiplarining amalga oshirilishiga tamomila muvofiqdir. 
Shunday qilib, bozor islohotining o‘tgan besh yilida davlat budjeti 
daromadlarining YIMdagi ulushi 49,1 foizdan 37,2 foizga, xarajat- 
laming ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi.
Strukturaviy qayta qurishning davlat tomonidan qo‘llab- 
quwatlanishi imtiyozli soliq va kredit siyosati yuritishdagi yordam- 
da ham, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga to‘g ‘ridan to‘g ‘ri mab- 
lag‘ ajratish ko‘rinishida ham amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotga 
joriy va kapital xarajatlar uchun solinadigan mablag‘larining 1996- 
yilda kutilayotgan o‘sishi 13,65 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlaming 50 foizi dara- 
jasida barqarqrlashdi, bu hoi ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlar 
rivojlanishini va aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy to‘lovlami oshi- 
rish yo‘li bilan aholining muhtoj qatlamlari va guruhlarining davlat 
tomonidan qo‘llab-quwatlanishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashti- 
rishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mus- 
tahkamlash, valuta munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi.
Prezident I. Karimov 1993-yil 7-mayda 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin