Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

To‘rtinchidan, 
aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil 
oshirib borish;
Beshinchidan, 
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘li 
bilan aholi bandligi masalalarini hal qilish;
Oltinchidan, 
bank-moliya tizimidagi islohotlami yanada chu- 
qurlashtirish va kengaytirish;
Yettinchidan, kommunal tizim sohasidagi islohotlami yanada 
chuqurlashtirishdan iborat, deb belgilab berildi.
Umumán, o‘tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllan- 
tirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyoti-
384


ning eng muhim omili va asosini tashkil etganini alohida ta’kidlash 
zarur. Bu borada, aw alo respublika va aholi ehtiyojini, birinchi nav- 
batda yoqilg‘i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsu- 
lotlariga bo‘lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayo- 
tiy vazifa turar edi.
Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg‘i- 
cnergetika va g‘alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa 
sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu o ‘rinda aw alo, neft va gaz kon- 
densati bo'yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo‘lganiga 
qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondi- 
rish uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chet- 
dan keltirish va buning uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini 
sarflashga majbur bo‘lar edi.
Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida 
0 ‘zbekistondagi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta 
ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlar qayta ishlab chiqildi va amalga 
oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qa­
zib olish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij 
sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi za- 
monaviy zavod barpo qilindi. Farg‘ona va Oltiariqdagi neftni qayta 
ishlash zavodlari modemizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ulaming 
barqaror va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yara- 
tildi. 
*
Shuningdek, o ‘zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati- 
ga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi kabi 
noyob inshoot barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan su- 
yultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga 
nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini 
qayt etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalaming qurilishi 
va rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobar 
ortdi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston bu borada mamlakatning va aho- 
lining o ‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash bilan birga, eksport 
hajmini ham ko‘paytirishga erishdi.
Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlari barpo 
etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi 
va har yuz oilaning avtomobil bilan ta’minlanish darajasi 6 barobar 
o‘sdi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, respublikamizda benzin va y*>qilg‘i moy- 
lash mahsulotlariga boigan talab ham shunga mos ravishda o ‘sib 
bormoqda.
13 - 0 ‘zb ek isto n tarix i, 3.
385


Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hi- 
sobiga bugun respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholi- 
ning keskin o‘sib borayotgan mana shunday talab va ehtiyojlarini 
ta’minlashga erishilmoqda.
2008-yil 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda res- 
publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda 
islohotlami yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab 
olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.
Unda Prezident I. Karimov shu mavzuda ma’raza qildi. Majlis- 
da qayd qilindiki, 2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish 
sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotni 
tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik 
va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. Mamlakat- 
ning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o‘sdi, sanoat mahsuloti ishlab 
chiqarish hajmining o ‘sish sur’atlari 12,1 foizni, qishloq xo‘jaligi 
bo‘yicha - 6,1 foizni, qurilish ishlari bo‘yicha - 15,7 foizni, chakana 
tovar aylanmasi bo’yicha - 21,0 foizni, pullik xizmatlari ko‘rsatish 
bo‘yicha - 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti profitsit bilan ijro 
etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichdan osh- 
madi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq bozor infra- 
tuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo‘jaligi ishlab chi- 
qarishini tashkil etish va rag‘batíantirish sifat jihatdan yangi tamo- 
yillar asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi 
o ‘zgarmoqda.
Shuningdek, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin