Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. 0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

5-§. 0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan
qardoshlik munosabatlarining yanada rivojlanishi
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Mar­
kaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik va do'stlik aloqalarini 
mustahkamlashga qaratildi. Bu, beshta davlatlar tarixi, madaniyati, 
tili va dilining birligidan, tomirlarining tutashib ketganligidan ke- 
lib chiquvchi jiddiy siyosat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘li 
edi. Shuni alohida aytish kerakki, 0 ‘zbekiston Prezidenti I. Kari­
mov keyingi besh yillar mobaynida bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar 
o’rtasida teng huquqli va o ‘zaro manfaatli hamkorlik o'rnatib uni 
mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga 
oshirib kelmoqda.
Ma’lumki, bir necha ming yilliklar mobaynida joni-joniga, 
qoni-qoniga payvand bo‘lib ketgan Markaziy Osiyo - qadimiy Tu- 
ron xalqlari sobiq SSSR davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. 
Qog‘ozdagina suveren, aslida esa markazga qaram sovet respublika- 
lari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli an’analari, turmush tarzlari, 
ruhiy va ma’naviy qadriyatlari bir boigan xalqlar o ‘zbeg-u qozoqqa, 
tojig-u qirg‘iz, turkmanga bo‘lib yuborildi.
Albatta, mazkur xalqlar o ‘tgan 70 yildan ko‘proq vaqt mo­
baynida millat sifatida shakllandi. Ulaming o ‘z tili, madaniyati 
bor. Endi ulami butunlay birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini 
toptash bilan barobar. Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. 
Ya’ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach vujudga 
kelgan mustaqil davlatlar o‘z tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining 
boy o’tmishi, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlari nuqtayi nazaridan o ‘zaro 
yaqinlashishga hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.
Markaziy Osiyo xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tu­
tashib, ma’naviy, diniy va axloqiy munosabatlari uyg‘unlashib ket­
gan, yashash tarzlari va urf-odatlari mushtarak bo‘lib, yagona, ul- 
kan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning natijasida qondosh-u 
jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik tarixida 
bunday ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha ham- 
ma narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy: 
«Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan boiolm as 
ustun», deb bejiz aytmagan. Mustaqillik sharoitida millat, millatlar- 
aro munosabatlar, milliy madaniyat, yaqin qardosh xalqlaming mada- 
niy merosi, etnik muammolari, jug’rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi 
tasavvurlar o ‘zgardi. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan
7 1 2


ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari- 
ning kelib chiqishi, ulaming tarixi o‘ziga xos turmush tarzlari va 
yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq 
qarashni hayot taqozo eta boshladi. Zero, etnik jihatdan bir-biriga 
yaqin boigan, tarixan bir muhitda yashab, o‘tmish madaniyati bir 
zaminda vujudga kelgan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat bo‘lib 
yashayotgan mamlakatlar o‘z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, 
o'zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o ‘zi 
zarurat, deb hisoblamoqda.
1993-yilning yanvarida Prezident Islom Karimov tashabbusi 
bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashu- 
vi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo 
Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat Qirgiziston, Qozog‘iston, 
0 ‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqi- 
dagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuni- 
yat bilan qarshi oldilar va qoilab-quwatladilar.
Shu tariqa jahon siyosiy so‘zligida «Markaziy Osiyo» degan yan- 
gi atama paydo boidi. Albatta, bu hodisaga turli toifa va qarashdagi 
siyosatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar turlicha baho berdilar. 
Ayrimlari hatto, mintaqadagi mamlakatlar birlashib, yagona davlat 
boiarmish, deyishgacha bordilar. Mintaqa rahbari kim boiadi? Qay- 
si til davlat tili boiadi, ko‘pmillatli mintaqa milliy madaniyatlari 
muammolari qay yo‘sinda hal etiladi, qabilidagi savollar tugildi. Pre­
zident Islom Karirtiov Markaziy Osiyo Hamdo‘stligini vujudga kelti- 
rish tashabbuskori sifatida uning maqsad va mohiyatini aniq-ravshan 
ko‘rsatib berdi. Ya’ni, Mustaqil Davlatlar suvereniteti daxlsizdir. 
Hamdo‘stlikka a’zo boigan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga 
to ia amal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir- 
birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini 
hurmat qilish va tan olish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlik- 
ni y o ig a qo‘yish, yagona bozor, mol ayirboshlash imkoniyatlarini 
kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun’iy to‘siqlami bartaraf 
etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Oradan ko‘p o ‘tmay ana shu 
Hamdo‘stlikka amaliy poydevor qo‘yildi. 1995-yilning yanvar oyi- 
da Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga keldi. 
0 ‘zbekiston va Qozogiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka doir 
qator hujjatlarga imzo chekildi. Tez orada bu bitimga Qirgiziston 
ham qo‘shildi. Natijada uch mamlakat o‘rtasida yagona bozomi vu­
judga keltirish, mahsulot ayirboshlash imkoniyati yaratildi.
Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi nafaqat bugungi o ‘tish davri mah- 
suli, balki ju g ‘rofiy, tarixiy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojdir.
713


Chunonchi, bu mamlakatlar ju g ‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin va 
zich joylashgan. Suv, elektr energetikasi va boshqa tabiiy omillar 
ham ulami bog‘lab turadi. Qariyb 50 millionli aholi tarixan yagona 
o'tmishga, yagona taqdirga, bir-biriga uyg‘unlashib ketgan dunyo- 
qarash va an’analarga ega. Ulaming har qanday siyosiy va iqtiso­
diy Hamdo‘stlikdan ham baland turadigan qadimiy qadriyatlari bor. 
Ming yilliklar mobaynida shakllangan ma’naviy, madaniy, axloqiy, 
diniy va lisoniy mushtaraklik ham mavjud.
Dunyoviy muammolar, insoniyat taqdiriga daxldor masalalar 
yechimini topishda mamlakatlar va xalqlar, milliy manfaatlari ham- 
da ehtiyoj lari dan qat’i nazar, birgalikda o ‘zaro hamkorlik yo‘llarini 
izlaydilar. Biroq, hech qanday hamkorlik, turmush tarzlari, urf- 
odatlari, ruhiyatlari uyg‘unlashib ketgan yaqin qo‘shni xalqlaming 
do'stligiga teng kelolmaydi. Chunki bu yerda ajdodlar ruhi bilan 
kelajak avlodlar bog‘liqligi, bir butun zamin - Ona Vatan yaxlit- 
ligi kabi muqaddas tuyg‘u doimo barqarordir. Prezident Karimov 
Markaziy Osiyo xalqlari birligini mustahkamlashning mintaqa mam- 
lakatlari o‘rtasidagi munosabatlami chuqurlashtirish siyosatining 
insonparvarlik mazmuni ana shunda, deb bildi.
Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda 
o‘ziga xos tabiiy ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Sobiq SSSR 
davrida qazib olingan ko‘miming qariyb 20 foizi, gazning 18 foizi, 
oltinning 33 foizi, o ‘simlik yog‘ining 26 foizi, paxtaning 92 foizi ana 
shu mintaqa hisobiga to‘g ‘ri kelardi. Shu masalaning o‘zidanoq boy, 
dehqonchiligi taraqqiy topgan, m a’dan xazinalari behisob bo‘lgan 
mamlakatlaming o ‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish qanchalik sa- 
marali ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining samarali 
ishlashi uchun to‘siq bo‘layotganlar ham oz emas. Bular, birinchidan, 
yetmish yillik yaqin o‘tmishda shakllangan, soxta millatparvarlik 
hissiyoti, aholi bir qismi tushunchasi va dunyoqarashining ma’lum 
darajada cheklanganligi, mintaqaviy hamkorlik mazmun-mohiyatini 
to‘la va chuqur tushuna olmayotganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mamla- 
katlarimizning o‘zaro yaqinlashuvidan tahlikaga tushayotgan kuch- 
laming mavjudligidir. Bu yo‘ldagi yutuq va kamchiliklami, mavjud 
ziddiyatlami o ‘z vaqtida anglagan Karimov masalaga real qaraydi va 
xolis baholaydi.
1993-yilning iyul oyida Qozog‘iston va 0 ‘zbekiston o‘rtasida 
1994-2000-yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora- 
tadbirlari to‘-g‘risida bitim imzolandi. 1994-yilning yanvarida 
yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to‘g‘risidagi shartnoma im-
714


zolandi. Bu shartnomaga 1994-yil aprel oyida Qirg‘iziston Respub- 
likasi qo‘shildi. Uch davlat o'rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashti- 
rib turuvchi Ijroiya qo‘mita tuzildi, Markaziy Osiyo hamkorlik va 
taraqqiyot banki ta’sis etildi. Ana shu organlaming ishi natijasida 
Bishkekda Respublikalar Bosh vazirlari Kengashi qarori imzolandi. 
Unda tomonlar 2000-yilga qadar respublikalami iqtisodiy jihatdan 
bir-biriga yaqinlashtirishning yo‘nalishlari belgilandi.
1994-yil 8-iyulda Islom Karimov boshchiligidagi davlat dele- 
gatsiyasi O'zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikala- 
ri davlat va hukumat boshliqlari uchrashuvida ishtirok etish uchun 
Almatiga bordi. Qozog‘iston Prezidenti qarorgohida uch mamlakat 
rahbarlarining yakkama-yakka suhbati bo‘lib o ‘tdi. So‘ng delegat- 
siyalaming kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Mu- 
zokaralar nihoyasida Prezidentlar Islom Karimov, Nursulton Nazar- 
boyev va Asqar Akayev birgalikda bayonot hamda 0 ‘zbekiston, 
Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqlariga Murojaatnoma qabul qildilar. 
Shuningdek, aholi migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g ‘risida me­
morandum hamda uchala mamlakat o‘rtasida Markaziy Osiyo Ham­
korlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi. 
Hukumat rahbarlari esa davlatlar o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik 
to‘g‘risidagi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi hukumatla- 
raro bitim va shartnomalami, shuningdek, axborot bilan ta’minlash 
sohasidagi bitimlami imzoladilar.
%

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin