Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
0 ‘zbekiston avval boshdan MDH tarafdori bo‘lib 
chiqdi. Chunki sobiq Ittifoq davridagi respublikalararo an’anaviy 
munosabatlar yangi vaziyatga mos ravishda davom ettirilishi kerak 
edi.
Ikkinchidan, 
bunday Hamdo‘stlik mamlakatlararo iqtisodiy 
aloqalami yanada mustahkamlab, bu davlatlaming siyosiy musta- 
qilligiga daxl qilmasligi lozim. MDHga a’zo barcha davlatlar o‘tish 
davrining qariyb bir xil murakkabliklarini boshdan kechirdi. Shuning 
uchun iqtisodiy bo‘hronlami bartaraf etish, bozor munosabatlarini 
shakllantirish jarayonida yillar mobaynida bir-biriga o‘zaro cham- 
barchas bog‘liq ishlab chiqarish va xo‘jalik munosabatlarini yanada 
yaxshilash zarur edi. MDH Nizomining qabul qilinishi munosabati 
bilan unga a’zo davlatlar rahbarlarining Bayonotida ham shu nar- 
sa ko‘zda tutilgan. 1993-yil sentabrda imzolangan MDH davlatlari 
o’rtasidagi «Iqtisodiy Ittifoq» haqidagi shartnoma ham ana shu 
maqsadlami nazarda tutdi. Bu m e’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va 
joriy etishda 0 ‘zbekiston alohida o‘ringa ega bo‘ldi.
Uchinchidan, 
0 ‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar bilan o‘zaro 
ikki taraf uchun ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor 
va o ‘z tashqi siyosatida shimga intilib kelyapti. MDHga a’zo ko‘p 
mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib borilyapti.
0 ‘zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlaming o ‘z mustaqil- 
ligini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quwatlamoqda 
va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi har taraflama ham­
korlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. 0 ‘zbekiston barcha 
mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ulaming chegaralari daxl- 
sizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga 
o ‘sha mamlakatlaming ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqa- 
ri, u MDHga a’zo ikki davlat o ‘rtasidagi munosabatlardan chetga 
chiqadigan masalalami MDH miqyosida ko‘rib chiqish tarafdori. 
0 ‘zbekistonning yana bir nuqtayi nazari shundan iboratki, MDH
7 0 0


ichida hech bir davlatning qo‘li baland kelishiga yoT qo‘ymaslik 
kerak. Bu 0 ‘zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat’iy yo‘li, 
0 ‘zbekiston xalqining xohish-irodasi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining vujudga kelishi tabiiy va 
ayni chog‘da tarixiy hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suvereni- 
tetini saqlagan holda yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, 
sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, o‘rgimchak ini- 
dek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng hu- 
quqli hamkorlar sifatida jahon bozori me’yorlari va qonun-qoidalari 
bo‘yicha hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan oigan haqi- 
qatga tayangan mezon b o iib qolmog‘i kerak.
Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imti- 
yozlarga erishishni orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil dav­
latlar hamkorligi tamoyillaridan chekinish, o ‘zlariga ko‘proq va 
kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog‘i, katta og‘achilik singari yaqin 
o‘tmishdagi nufuzlami yoTga qo‘yishga intilishlar bo‘ldi. Bularga 
erishishning turli-tuman yo‘llarini izlashdi. Jumladan, mustaqillik- 
ning endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning 
ayrim siyosatdonlari ikki fuqarolik muammosini ko‘tarib chiqdilar. 
Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda rus 
millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o‘z mamlakati qa- 
torida Rossiya fuqaroligi ham berilishi zarur emish. Vaholanki, jahon 
davlatchiligi tarixi, xalqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani 
ko‘rmagan. Bu^evosita ma’lum bir davlat mustaqilligini mensimas- 
lik, uning Konstitutsiyasini tan olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga 
aralashish hamda millatlararo nizolami keltirib chiqarishdan boshqa 
narsa emas.
Baxtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mav- 
jud iqtisodiy tanglik va yuz berayotgan qiyinchiliklami osonlik 
bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik singari betayin siyosatni 
ochiqdan ochiq qoilab-quvvatladilar. Jumladan, Qirg‘iziston va 
Qozog‘iston shu yo‘1 bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni barta- 
raf etmoqchi boidilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og‘ir va 
ayanchligini aniq his qilgan Islom Karimov bunday g‘oya asossiz 
va bir hovuch siyosiy lo‘ttibozlaming nayranglari ekanligini aytib, 
«Agar fuqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga milla­
tiga qarab turli xil huquqiy maqom berilsa, bu oxir-oqibatda jami- 
yat barqarorligining buzilishiga olib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga 
mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardip, - deb 
masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham ma’naviy-ruhiy jihatlari- 
ni lo‘nda qilib ochib berdi. U 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul
701


qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan 1993-yil 6-dekabrda 
bo‘lib o ‘tgan tantanali yig‘ilishda hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Kengashining sessiyasida so‘zlagan nutqlarida ham o ‘z mu- 
nosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u «Ikki davlat fuqarosi 
qaysi Vatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o ‘z mehrini, sadoqatini
vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi 
mamlakatga jonini ham fido etmoqqa tayyor bo‘lishi kerak? Eng 
yaxshisi - 0 ‘zbekistonda yashayotgan fuqarolar o ‘zlarining nasl-u 
nasabi, irqi, millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqli 
boiishi kerak», - dedi.
Bu 0 ‘zbekistonning qat’iy siyosatidan, Hamdo‘stlik doirasidagi 
qat’iy faoliyatidan dalolat beradi. 0 ‘zbekiston istiqlolning dastlab- 
ki kunlaridanoq teng huquqli hamkorlik yo iin i tutdi va bu yo‘lda 
qat’iy turdi.
2006-yil 
0 ‘zbekiston 
tashqi 
siyosatida 
muhim 
voqea- 
lar davri bo‘ldi. Prezident I. Karimov YevrAzES doirasida Minsk 
Sank-Petrburg shaharlarida, MDH doirasida Moskva va Minsk 
shaharlarida,KollektivXavfsizlikShartnomasiTashkilotidoirasidaSochi- 
da ko‘p tomonlama uchrashuvlar o'tkazildi. MDHga a’zo davlatlar 
rahbarlari bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama va ko‘ptomonlama 
hamkorlik, tinchlik va xavfsizlik masalalariga doir qator bitimlarga 
imzo chekdi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizm 
va narkobiznesga qarshi kurashda hamda buyuk davlatchilik shovi- 
nizmning turli ko‘rinishlariga barham berishda kuchlami birlashti- 
rishga doir qator takliflami o ‘rtaga tashladi. Shuningdek, Ukraina 
Prezidenti V. Yushchenko (2006-yil 28-noyabr) va Ukraina Bosh va- 
ziri V.Yanukovich (2006-yil 16-avgust) bilan muzokaralar olib boril- 
di.
Shunday qilib 0 ‘zbekistonning tashqi siyosati 2000-2007- 
yillarda XXI asming global muammolarini qamrab olgan odam va 
olam Yer shari va butun insoniyat taqdiriga bog‘liq bo‘lgan butun 
muammolarini qamrab oldi. 0 ‘zbekiston o‘zini jahon hamjamiyati- 
ning eng faol, eng hozirjavob subyekti sifatida namoyon qila bildi. 
Bu holat MDH doirasida ayniqsa aniq, lo‘nda, dadil va qat’iyatli 
siyosat qudratini ko‘rsata oldi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin