Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Andijondagi fojiani amalga oshirgan kuchlar ko‘zlagan



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Andijondagi fojiani amalga oshirgan kuchlar ko‘zlagan
maqsadidan qaytmayotgani, xalqaro maydonda biz haqimizda
turli mish-mishlarni tarqatayotgani, buzg‘unchi g‘oyalarni il-
gari surayotgani - barchamizdan atrofdagi voqealarga loqayd
boMmaslik va ogoh bo'lishni taqozo etmoqda» 
(«Народное 
слово», 2005-yil 17-noyabr).
Rossiya Prezidenti V.Putin, o‘z navbatida ta’kidlaganidek, 
«Shartnoma ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlami mutlaqo 
yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Rossiya va 0 ‘zbekiston mintaqada 
barqarorlik va taraqqiyotga erishish yo‘lida kuchlari, zaxiralari, ul- 
kan gumanitar salohiyatlarini birlashtirmoqda» («Народное слово», 
2005-yil 23-noyabr).
Shartnomaning iqtisodiy jihatlari ham e’tiborga loyiqdir. Jum- 
ladan, Rossiya va 0 ‘zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va mo- 
liyaviy aloqalar yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarildi, ikki mam­
lakat tadbirkorlariga qo‘shimcha imtiyozlar yaratildi, o ‘zaro 
hamkorlikning turli sohalaridagi to‘siqlar bartaraf etildi. Ta’kidlash 
joizki, Moskvada imzolangan mazkur shartnoma har ikki tomon 
uchun teng huquqli va o‘zaro foydalidir. Masalan, uning 0 ‘zbekiston 
xavfsizligini ta’minlash, mahalliy korxona va tadbirkorlaming ulkan 
Rossiya bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgani uning naqadar 
katta ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Binobarin, Rossiya 
Federatsiyasi uchun ham ushbu shartnomaning ahamiyati beqiyos- 
dir. Deylik, chegarani tan olmaydigan tez tarqalib borayotgan terro- 
rizmga qarshi birgalikda kurashish, iqtisodiyot, madaniyat, san’at, 
sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan kabi sohalarda ikki tomonlama alo- 
qalaming rivojlanishidan Rossiya ham shubhasiz manfaatdordir.
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzola- 
nishi oliy darajadagi aloqalaming, ayniqsa, parlamentlararo muno- 
sabatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda ikki mamlakat par- 
lamentlari o‘rtasidagi aloqalar, birinchi galda, qonunchilik faoliyati, 
delegatsiyalar almashuvi sohasida izchil rivojlanib bormoqda. 2005- 
yilning 18-20-mayida Rossiya Davlat Dumasining MHD hamda va- 
tandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi A.Kokoshin rahbarligidagi 
delegatsiya 0 ‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv-
6 8 6


lar chog‘ida 0 ‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Parla­
ment maslahatlashuvlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz jadallashtirish 
masalasi muhokama etildi.
2005-yilning noyabrida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya 
Kengashining MHD ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi V.Gustov 
0 ‘zbekistonga tashrifi chog‘ida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I. 
Karimovning 2005-yil 14-15-noyabrida RF qilgan rasmiy tashrifi 
mamlakat siyosiy doiralari, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi 
hamda Federatsiya Kengashida katta qiziqish uyg‘otganini e’tirof 
etdi. U strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaning muvaffaqi- 
yatli amalga oshirilishi natijasi oiaroq, ittifoqchilik munosabatlari 
to‘g‘risidagi Shartnomaning imzolanishi Rossiyada ijobiy baholan- 
ganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Rossiya 
Federatsiyasiga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakatning 
yoqilg1 i-energetika sohasida hamkorligini rivojlantirish masalalari 
muhokama etildi («Народное слово», 2005-yil 22-noyabr). Mam- 
lakatimizda ish yuritayotgan «Газпром» OAJning Markaziy Osiyo, 
jumladan, O ‘zbekistondagi operatori - «Зарубежнефтегаз» YAJ 
faoliyati ana shunday hamkorlikning yorqin namunasidir. Ittifoqchi­
lik shartnomasining sakkizinchi bandida ta’kidlanganidek, tomonlar 
mavjud xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda ikki tomonlama 
savdo-iqtisodiy munosabatlami rivojlantirish va takomillashtirish 
borasida tegishîi chora-tadbirlami ishlab chiqadi. Bunday huquqiy 
me’yoming mavjudligi 0 ‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon sherik- 
lar o‘rtasidagi aloqalami kengaytirish, ulami yanada samarali o ‘zaro 
foydali bo'lishiga xizmat qiladi.
Ana shunday hamkorlikka misol tariqasida 2004-yilning aprelida 
« 0 ‘zbekneftegaz» xolding kompaniyasi hamda «Зарубежнефтегаз» 
va «Gaz Projekt Developmen Central Asia AG» kompaniyasidan 
iborat konsorsium o'rtasida «Shaxpaxti» konida qo‘shimcha qidi- 
ruv ishlari bo‘yicha mahsulotni bo‘lib olish haqidagi Bitimga bi- 
noan tashkil etilgan «Зарубежнефтегаз - GPD - Markaziy Osiyo» 
kompaniyasini keltirish mumkin. E’tiborli jihati shundaki, ushbu 
kompaniya mamlakatimiz parlamenti tomonidan «Mahsulotni bo‘lib 
olish bitimlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingandan keyin pay- 
do bo‘lgan dastlabki kompaniya hisoblanadi. «Shaxpaxti» konida 
mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha 15-yilga mo‘ljallangan. 
Shunday qilib, bir vaqtdan to‘xtatib qo‘yilgan gaz konida jadal ish 
boshlanib ketdi: 2005-yilning noyabrigacha 230 million îubom etr- 
dan ko‘proq gaz ishlab chiqarildi.
6 8 7


Bundan tashqari, «Зарубежнефтегаз» kompaniyasi «Gaz­
prom» OAJ boshqaruvi raisi A. Milleming 2005-yil sentabrida 
0 ‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida imzolangan 2006-2010- 
yillarga mo‘ljallangan 0 ‘rta muddatli bitim doirasidagi kelishuvlar- 
ga ko‘ra, gazni to‘xtovsiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida 
mamlakatimizdagi 3000 kilometr gaztransport tizimlarida kompleks 
diagnostika ishlarini amalga oshirdi, « 0 ‘zbekneftegaz» kompani- 
yasiga asbob-uskuna yetkazib berdi, «Markaziy Osiyo - Markaz» 
gazoprovodini modemizatsiya qilish, qayta jihozlash va kengayti- 
rish uchun uning holatini baholash ishlarida ishtirok etib kelmoqda. 
Ushbu kelishuvlaming hayotga tatbiq etilishi, xususan, Ustyurt min- 
taqasida investitsiya hajmi qariyb bir milliard dollami tashkil etgan 
yirik gaz konini o ‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalami amal­
ga oshirish orqali «Gazprom» va « 0 ‘zbekneftegaz» o‘rtasidagi ham- 
korlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga keng imkoniyat 
tug‘ilmoqda. Bitimning mahsulotni bo‘lib olish haqidagi shartlariga 
ko‘ra, tabiiy gazning bir qismini 0 ‘zbekiston tasarruf etadi. Inves- 
titsiyalar hamda mazkur konni o ‘zlashtirilishi tufayli mintaqada za- 
monaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan yangi aholi punktlari, minglab 
yangi ish o ‘rinlari paydo bo‘ladi. Mazkur loyihalarga jalb etiladigan 
ko‘plab korxona va tashkilotlar qo‘shimcha ish hajmiga ega bo‘ladi. 
Muhimi shundaki, loyiha muddati tugagunga qadar, uning doirasida 
qurilgan va tashkil etilgan barcha moddiy boyliklar 0 ‘zbekistonda 
qoladi. Bundan tashqari, ushbu loyihalami amalga oshirish borasi- 
dagi faoliyat mahalliy budjetlarga mintaqani rivojlantirish va aholi 
farovonligini oshirishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan majburiy so- 
liq va to‘lovlar evaziga qo‘shimcha daromad keltiradi («Народное 
слово», 2005-yil 22-noyabr).
Ekspertlaming taxminiga ko‘ra, yaqin 15 yilda energiya 
iste’moli dunyo miqyosida uchdan biriga, 2025-yilda esa - 45 
foizga ko‘payadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilga borib 
neftga bo‘lgan talab 42 foizga, gazga esa 60 foizga oshishi mum- 
kin ekan. Ma’lumki, bu iqtisodiy masaladan ko‘ra ko‘proq siyosiy 
masaladir. Chunki energetika zaxiralariga egalik qilganlar nafaqat 
jahon bozorlarida, balki siyosiy munosabatlar sohasida ham hukm- 
ronlik qiladi. Shu bois rivojlangan yoqilgi-energetika, neft va ta­
biiy gaz zaxiralariga ega mamlakatlar bilan (xususan, 0 ‘zbekiston 
bilan) o ‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham 
geoiqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan g ‘oyat muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Rossiya va 0 ‘zbekiston o‘rtasida energetika sohasida hamkor-
6 8 8


likning rivojlantirilishi, neftegaz sektoriga investitsiyalar, yangi tex- 
nologiya va ilg‘or tajribaning jalb etilishi har ikki mamlakat mil- 
liy iqtisodiyotini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarilishiga 
xizmat qilishi shubhasizdir. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida 
0 ‘zbekistonda mazkur sohani rivojlantirishda salmoqli ishlar amal- 
ga oshirildi. Eng muhim yutuqlardan biri shundaki, 1995-yildayoq 
mamlakatimiz neft mustaqilligiga erishdi. Bugungi kunga kelib, res- 
publikada yiliga 60 milliard kubometr tabiiy gaz hamda 6 million 
tonnaga yaqin suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarilmoqda. Mamla­
kat ichki ehtiyojlarini to‘liq qondirayotgan mazkur tarmoqning eks- 
port salohiyati tobora mustahkamlanib bormoqda. Masalan, 2005- 
yilda « 0 ‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi 770 million 
AQSH dollari hajmida mahsulot eksport qildi. 477,15 million dollar- 
lik tabiiy gazdan tashqari, xorijiy buyurtmachilarga qariyb 95 milli­
on dollarlik neft mahsulotlari, 10 million dollarga yaqin suyultirilgan 
gaz, 73 million dollarlik polietilen yetkazib berildi. Mamlakatimizda 
magistral gaz quvurlarining keng tarmog‘i mavjud bo‘lgani tufayli 
(13 ming kilometrdan ziyod) faqat 2005-yilning o‘zida tabiiy gaz 
tranziti uchun 118 milliondan ortiq AQSH dollari olishga muvaffaq 
boMindi.
Albatta, tarmoqni yanada rivojlantirish va eksport salohiyatini 
oshirish neft va gaz ishlab chiqarilishini, jumladan, yangi konlami oc- 
hish va o^zlashtirish evaziga ko‘paytirishni taqozo etadi. Masalan, ho- 
zirgi vaqtda mamlakatimizdagi 190 uglevodorod xomashyosi konlari- 
ning 90 tasida mahsulot ishlab chiqarilmoqda, 67 tasi o‘zlashtirishga 
tayyorlangan, 33 ta konda esa geologiya-qidiruv ishlari olib boril- 
moqda. Boshqacha aytganda, bu tarmoqdagi ulkan imkoniyatlami 
mamlakat va xalq manfaatlariga yo’naltirish uchun imkon boricha 
te/.roq yangi konlami ishga tushirish zarur. Albatta, buning uchun kat- 
ta sarmoya kerak. Bu o'rinda « 0 ‘zbekneftegaz» kompaniyasining his- 
sasidan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 
11-mayda qabul qilgan farmoniga binoan tashkil etilgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Fondi mablag‘larining bir qismi 
ham shu sohaga yo’naltiriladi. Mazkur fond iqtisodiyotning yetakchi 
sohalari, jumladan, neftegaz tarmog‘ini modemizatsiya qilish va tex- 
nologik jihatda qayta jihozlash maqsadida tashkil etilgan. Tabiiyki, 
bu sohaga xorijiy investitsiyalami jalb etish masalasiga ham jid- 
diy e ’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda xorijiy 
investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, shuningdek, 
«Gazprom» va «Lukoyl» kabi yirik kompaniyalar bilan ijobiy ham- 
korlik tajribasi (bu ikki kompaniyaning 0 ‘zbekistondagi investitsiya-
6H‘>


lari ikki milliard AQSH dollari miqdorida baholanmoqda) bu soha- 
ning istiqboli porloq ekanidan dalolat beradi.
0 ‘zbekistondagi foydali qazilmalar zaxirasi qariyb 11 trillion 
dollar miqdorida baholanmoqda. Jahon tajribasi qazilma boyliklar- 
ni ishlab chiqarishda o‘zaro manfaatli hamkorlik katta samara beri- 
shidan dalolat beradi. Zero bu xomashyoni ishlab chiqarish korxo- 
nalarini tashkil etish imkonini yaratadigan ham investitsiya, ham 
zamonaviy asbob-uskuna, ham yangi texnologiyalami joriy etishga 
xizmat qiladi («Народное слово», 2006-yil 23-may).
0 ‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi ittifoqchilik shartno- 
masining imzolanishi arafasida va undan keyingi davrda, ayniqsa 
parlamentlararo munosabatlarda jadal rivojlanmoqda. Rossiya sena- 
torlarining fikricha, bunday aloqalar zamonaviy tahdidlarga birga- 
likda kurash olib borishga ko‘maklashadi.
2006-yilning 13-14-fevral kunlari Rossiya Federal Maj- 
lisi Davlat Dumasi raisi Boris Grizlov rasmiy tashrif bilan 
0 ‘zbekistonga keldi. 2006-yilning 12-16-martida Rossiya Davlat 
Dumasining MDH va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi rai­
si A.Kokoshinning 0 ‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. 0 ‘sha 
yilning aprel oyida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kenga- 
shi raisi Sergey Mironov rahbarligidagi delegatsiya 0 ‘zbekistonda 
mehmon bo‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006 
yil may oyida Rossiyada bo‘lgan chog‘ida mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan xususiylashtirish jarayoniga jiddiy e ’tibor qaratilgan 
edi. «Ko‘pgina mamlakatlarda bunday obyektlar allaqachon xusu- 
siylashtirilgan, - dedi Prezident Islom Karimov. - 0 ‘zbekistonning 
boshqa davlatlardan farqi shundaki, bizda xususiylashtirish masala- 
sida shoshqaloqlikka y o i qo‘yilmadi. Shu bois Rossiya kompaniya- 
lari mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida faol ishtirok 
etishi mumkin».
Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Markaziy Osiyoda xavfsizlik, 
tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etil- 
di. Bu haqda Prezident Islom Karimov shunday deydi: «Mintaqadagi 
barqarorlik shunchaki diqqat-e’tibomi emas, jiddiy fikr almashishni 
talab etadi. Mintaqadan tashqaridagi turli maqsadlami ko‘zlab hara- 
kat qilayotgan ayrim kuchlaming ishtiroki bilan pay do boiayotgan 
tahdidlar mintaqaviy integratsiyalashuv masalalarining dolzarblashu- 
viga sabab bo'layotir». Mamlakatimiz rahbari Rossiya prezidenti- 
ning Federal Majlisga taqdim etgan maktubi haqida to'xtalib, uning 
mazmuni boy ekanini ta’kidladi.
6 9 0


Prezident Islom Karimov 2006-yil 9-may kuni Toshkentdagi 
Xotira maydonida jumalistlar bilan suhbatda 0 ‘zbekiston va Ros- 
fiiya Federatsiyasi o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi min- 
taqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, 
deb ishonch bildirdi. Darhaqiqat ushbu hujjat ikki mamlakat man- 
faatlariga xizmat qilib, tinch-osoyishta hayot kafolati bo‘ladi, ke- 
lajakka ishonch bilan boqish imkonini yaratadi. Prezident Islom 
Karimov 2006-yil 6-martda « 0 ‘zbekiston Respublikasi va Rossiya 
Federatsiyasi o ‘rtasida ittifoqchilik shartnomasini ratifikatsiya qi- 
lish to‘g ‘risida»gi Qonunga imzo chekdi. 0 ‘z navbatida, Prezident 
V. Putin ham Sochidagi uchrashuv arafasida mazkur ratifikatsiya qi- 
lish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shundan e’tiboran qonun to‘liq 
kuchga kirdi.
Markaziy Osiyo mintaqasi va uning atrofida ro‘y berayotgan ja- 
rayonlar xavfsizlik va barqarorlikni, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni 
mustahkamlashni taqozo etmoqda. Shu ma’noda, yuqorida tilga olin- 
gan shartnoma 0 ‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maz­
kur shartnoma Rossiya uchun ham g ‘oyat ahamiyatlidir. Zero u ikki 
tomonlama hamkorlik negiziga tayanib, Rossiyaning janubiy chega- 
ralari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi («Народное слово», 
2006-yil 13-may). Shu bilan birga, mamlakatimiz rahbariyati tomo- 
nidan tashqi siyosiy faoliyatda Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, 
Pokiston bilan do‘stona aloqalar o'matishga harakat qilayotgani 
0 ‘zbekistonning umumiy xavfsizlik va barqarorlikka intilayotgani- 
dan dalolat beradi.
Ushbu shartnoma ko‘plab masalalami qamrab olgan. U siyosiy, 
harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, Qurolli Kuchlami modemizat- 
siya va isloh etish bilangina cheklanib qolmaydi. Unda ikki tomon­
lama hamkorlikning boshqa jihatlari ham aks ettirilgan. Ular qato- 
rida savdo-iqtisodiy munosabatlar, telekommunikatsiya, energetika, 
sug‘urta va bank-moliya sohasi, xalqaro transport infratuzilmalaridan 
o ‘zaro samarali foydalanish kabi sohalami keltirish mumkin. 2005- 
yil natijalari Rossiya savdo sohasida 0 ‘zbekistonning asosiy sheri- 
giga aylanganini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz dunyodagi ko‘plab 
davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalami yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, 
umumiy mahsulot ayirboshlashning 21 foizi Rossiya ulushiga to‘g ‘ri 
keladi.
2005-yilda ushbu mamlakatga eksport hajmi 41,6 foizga oshib, 
1.026,5 AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiyadan imporMiajmi esa 
12,7 foizga oshib, 1.034 million dollami tashkil qildi. 0 ‘zbekiston 
gaz ishlab chiqarish bo‘yicha MHD orasida uchinchi, dunyo miqyo-
691


sida esa o‘nta eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatori- 
dan o‘rin oigan.
Ta’kidlash joizki, ikki tomonlama savdo aloqalarida ijobiy 
o‘zgarishlar, xususan, so‘ngi olti yil raobaynida mahsulot ayirbosh- 
lash ko‘rsatkichlarining uzluksiz oshib borishi 1998-yilda Rossiyada 
ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz bartaraf etilgandan keyin ko‘zga tashla- 
na boshladi.
2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot ayirboshlash
2003-yilga nisbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 min. AQSH dollarini, 
0 ‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga 
oshib, 724,8 mln. AQSH dollarini, Rossiyadan import esa 33,7 foiz­
ga ko‘payib, 917,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
2004-yilda savdodagi ijobiy saldo tufayli 2003-yildagi salbiy 
saldoni qariyb 38 mln. AQSH dollari miqdorida qisqartirilishiga 
erishildi.
0 ‘zaro savdodagi eksport va import tarkibi asosan mahalliy ish­
lab chiqaruvchilar uchun raqobat qilmaydigan mahsulotlardan tash­
kil topgan(odatda ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan avtomobillar 
bundan mustasno).
Yuqoridagilardan xulosa qilib, ikki tomonlama savdo istiqbolda 
savdo to‘siqlariga yo‘1 qo‘ymaydigan o ‘zaro manfaatli asosda amal- 
ga oshirilayotganini qayd etish mumkin.
Mamlakatimizda Rossiya sarmoyasining ishtirokida tashkil etil- 
gan korxonalar hamda Rossiya kompaniya va firmalarining akkredi- 
tatsiya qilingan vakolatxonalari soni ko‘payib bormoqda. Masalan, 
2003-yilda Rossiya sarmoyasi ishtirokida mamlakatimizda 309 ta 
korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2004-yilda ulami soni 390 taga 
yetgan. Ulardan 54 tasi yuz foiz Rosssiya investitsiyasi asosida fao­
liyat yuritadi, 295 tasi esa - qo‘shma korxonalardir.
0 ‘zbekiston mintaqalari nuqtayi nazaridan oladigan boisak, 
faoliyat yuritayotgan korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, 
Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlari ulushiga 
to‘g ‘ri keladi. Mazkur korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
quyidagi sohalarni qamrab oladi: oziq-ovqat, tekstil, yog‘ochni qayta 
ishlash, kimyo-farmatsevtika, metallurgiya, mashinasozlik, avtomo- 
bilsozlik, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo'jaligi hamda 0 ‘zbekiston 
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida birgalikda mahsulot ishlab chi- 
qarish, savdo-vositachilik faoliyati.
Keyingi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 
sohasida kooperatsiyani mustahkamlash jarayonlari ko‘zga tashlan- 
moqda. Ayni paytda bu sohada «Baltimor», «Cherkizovo» va bosh-
6 9 2


qa mashhur Rossiya kompaniyalari bilan tashkil qilingan to‘qqizta 
qo'shma korxona faoliyat yuritmoqda. «Bim Bi*1 Dan» kompani- 
^alS' 1 ^Toshkentsut» birlashmasining 77 foi£ aksiyasini sotib olish 
t°‘g‘risidagi shartnomani imzolab, sut mahsulotlari va meva sharba- 
tini 
ishlab chiqarishga 20 min. 
AQSH 
dollari rniqdorida investitsiya 
kiritishni mo‘ljallagan.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisödiy aloqalar, investit- 
siyalar va savdo vazirligida o ‘zbekistonlik rezidentlar tomonidan 
Rossiyada tashkil etilgan 276 ta korxona ro‘yxatga olingan. Shu- 
mngdek, ushbu vazirlikda 83 ta Rossiya konipaniya va firmalarining 
O zbekistondagi vakolatxonalari ochilgan.
Bundan tashqari, doimiy asosda MPKning yig‘ilishlari o ‘tkazilib 
turibdi. 2005-yilning 10-12 oktabrida MPKning Toshkentda bo‘lib 
0‘tgan navbatdagi 8-yig‘ilishida ikki tomonlama hamkorlikni faol- 
lashtirish masalalari muhokama etildi.
4 2005-yilning 9-10-yanvarida Rossiya F^deratsiyasining Sanoat 
bo'yicha federal agentligi boshlig'i B.S.AlyOshm rahbarligidagi de- 
legatsiya 0 ‘zbekistonga tashrif buyurdi. Muzokaralar chog'ida aso- 
san aviasozlik va neftegaz sanoati sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi 
hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shun2005-yil natijalariga ko‘ra, ikki tomonlama m ahsulot ayirboshlash 
hajmi so'nggi o‘n yil mobaynida eng yuksak ko‘rsatkich - 2 mlrd. 
AQSH dullarini tashkil etgani alohida ta’kidlandi.
Rossiya Federatsiyasida « 0 ‘zbekiston» savdo uyining ochi- 
lishi ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustah- 
kamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 2005-yilning 19-dekabrida 
Toshkentda Rus Savdo uyining ochilish inarosimi b o iib o‘tdi. 
Uning asosiy faoliyati RF Sibir mintaqasining iqtisodiy salohiyatini 
O zbekistondan keltirilayotgan mahsulotlar bilan o ‘zaro manfaatli 
jihatlarini namoyish etishdir.
Mamlakatimizning Rossiya bilan y0qilg‘i-energetika sohasida- 
gi investitsion hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. 2005-yilda 
Rossiya O ‘zbekistondan 8,115 milliard 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin