Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. 0 ‘zbekiston va Rossiya munosabatlari



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

2-§. 0 ‘zbekiston va Rossiya munosabatlari
taraqqiyotining yangi bosqichi
0 ‘zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan 
1992-yilning 20-martida tan olingan va o‘sha kundan e’tiboran ikki 
mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘matilgan.
Rossiya va 0 ‘zbekiston munosabatlari, albatta, yaqin qo‘sh- 
nichilik, bir necha asrlik yaqinlik an’analariga ega. Bu munosabat 
SSSR parchalanib ketgandan so‘ng saqlanib qolindi, rivojlantirildi.
6 8 2


V.V. Putinning hokimiyat tepasiga kelishi bilan har ikki dav- 
lat munosabatlari yana ham chuqurlashdi. E ’tiborli jihati shundaki, 
V. Putin davlat rahbari sifatidagi ilk rasmiy tashrifini 0 ‘zbekistonga 
amalga oshirgan edi. Bu hoi Rossiya 0 ‘zbekistonni Markaziy Osiyo 
mintaqasidagi strategik sherigi sifatida tan olganidan dalolatdir. Al- 
batta, ikki tomonning milliy hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari 
borasida qarashlar yaqinligining ahamiyati beqiyosdir. 0 ‘zbekiston 
Prezidenti Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 
ta’kidlaganidek, 
«Rossiya bilan tarixan qaror topgan iqtisodiy,
madaniy, do‘stlik aloqalarimiz O ‘zbekiston uchun, qolaversa,
butun mintaqamiz uchun hamisha muhim ahamiyat kasb etib
kelgan.
Shuni ta’kidlashni istardimki, tenglik, o ‘zaro manfaatdorlik
asosiga qurilgan, ikki davlat orasidagi ko'p tomonlama ham-
korlik, strategik sheriklikni kuchaytirish uchun bugun yangi
imkoniyatlar paydo bo‘layotgani har ikki tomon - Rossiya va
0 ‘zbekiston manfaatlariga ham mos keladi» 
(Karimov 
I. 
Ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: 
0 ‘zbekiston, 2000, 347-bet).
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi eng muhim huj- 
jatlarga asoslangan - Rossiya Federatsiyasi va 0 ‘zbekiston Res- 
publikasi o ‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shart- 
noma (2005-yil J.4-noyabr); Rossiya Federatsiyasi va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi o ‘rtasida strategik sherikchilik to‘g ‘risidagi Shartno- 
ma (2004-yil 16-iyun); 1998-yil 12-oktabrda imzolangan 1998—
2007-yillarda Iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g ‘risidagi 
Shartnoma. 1991-yildan hozirgi vaqtgacha ikki davlat o ‘rtasida 
171 ta xalqaro shartnoma hamda 33 tadan ziyod boshqa hujjatlar 
imzolangan.
2004-yildan boshlab ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojla- 
na boshladi.
2004-yilning 15-16-aprelida Prezident Islom Karimovning Ros- 
siyaga amaliy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, dol- 
zarb xalqaro masalalar yuzasidan oshkora hamda samimiy muloqot 
b o iib o ‘tdi.
2004-yil 16-iyunida Shanxay Flamkorlik Tashkilotining Tosh- 
kent sammiti doirasida I. Karimov va V.V. Putin o ‘rtasida b o iib
o ‘tgan ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida Strategik sherikchilik 
to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi. 
>*.
0 ‘zbekiston - Rossiya o‘rtasida oliy darajadagi muloqot Prezi­
dent Islom Karimovning 2004-yil 2-3-iyulida Rossiyaga qilgan sa­
6 8 3


fari, MDH davlat boshliqlari Kengashining 2004-yil 16-sentabrdagi 
Ostona shahridagi hamda prezident V.Putin rahbarligidagi Rossiya 
delegatsiyasi to‘laqonli a’zo sifatida ilk bor ishtirok etgan Marka- 
ziy Osiyo mamlakatlari tashkilotining 2004-yilning 18-oktabrida 
Dushanbe shahrida b o iib o‘tgan sammitlari chog‘ida davom etti- 
rildi.
2005-yilning 7-8-may kunlari Prezident I. Karimov MDHning 
Moskva shahrida b o iib o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.
2005-yilning 27-29-iyulida 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti I.A. Karimovning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi b o iib
o‘tdi.
2005-yilning 26-avgustida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A. Karimov MHD davlat rahbarlari Kengashining yigilishi hamda 
Qozon shahrining 1000 yilligi munosabati bilan oikazilgan anju- 
manda ishtirok etdi.
2005-yilning 6-7-oktabr kunlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre­
zidenti I.A. Karimov Markaziy Osiyo davlatlari tashkiloti davlat rah­
barlari Kengashining Sankt-Peterburgda b o iib o'tgan yigilishida 
ishtirok etdi.
0 ‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Yevroosiyo makoni- 
da iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish hamda taraqqi- 
yotga ko‘maklashish maqsadida Yevroosiyo hamkorligi tashkilo- 
tini Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) bilan qo‘shish 
to‘g ‘risida qaror qabul qilindi. Sammit doirasida 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Prezidenti I. Karimovning Rossiya Federatsiya Prezidenti 
V.V.Putin bilan uchrashuvi b o iib o ‘tdi. Unda 0 ‘zbekiston - Ros­
siya munosabatlarining istiqbollari muhokama etildi. Rossiya rahbari 
0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mus- 
tahkamlash integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim o ‘rin 
tutayotganini ta’kidlab o‘tdi. 0 ‘zbekiston rahbari, o ‘z navbatida, 
Rossiya va 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik 
tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani va «do‘st musibatda sina- 
ladi» xalq maqoliga tayangan Rossiya siyosatini 0 ‘zbekiston yuksak 
qadrlashini uqtirdi. Uchrashuv chogida tomonlami qiziqtirgan xal- 
qaro hamda mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
2005-yilning 14-15-noyabrida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi­
denti I. Karimovning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi b o iib
o ‘tdi. Ushbu tashrif chogida ikki tomonlama aloqalami yangi sifat 
bosqichiga koiarishga xizmat qiladigan Ittifoqchilik munosabatlari 
to‘g‘risidagi Shartnoraa imzolandi.
Ushbu shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlaming yangi
6 8 4


sifat darajasiga ko‘tarilganining ifodasi bo‘ldi. Boshqacha aytgan- 
da, endilikda sho‘rolar amaliyoti davridagidan tubdan farq qiladi- 
gan yangi falsafiy yondashuvga, jumladan, strategik istiqbolga ega 
bo‘lgan umumiy manfaatlaming inobatga olinishiga asoslangan it- 
tifoqchilik munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga imkon 
yaratdi.
So‘nggi yillarda Rossiya - 0 ‘zbekiston munosabatlari ikki dav- 
lat rahbari - Islom Karimov va Vladimir Putinning siyosiy irodasi va 
sa’y-harakatlari tufayli jadal va izchil rivojlanib bormoqda. Bunday 
tendensiya nafaqat siyosiy muloqot, balki savdo-iqtisodiy, harbiy, 
harbiy-texnikaviy hamkorlik, gumanitar hamda madaniy sohalarda 
ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
M aium ki, ittifoqchilik shartnomasini tayyorlash bo‘yicha ama- 
liy faoliyat bir necha yil ilgari boshlanib, 1999-yilning 11-dekabrida 
Harbiy va harbiy-texnikaviy sohada har tomonlama hamkorlik- 
ni yanada chuqurlashtirish to‘g ‘risidagi Shartnoma hamda 2004- 
yilning iyunida imzolangan Strategik sheriklik to ‘g ‘risidagi Shart­
noma ikki davlat o‘rtasidagi aloqalaming yanada yaqinlashuvida 
muhim bosqich vazifasini o'tagan edi. Jumladan, strategik sheriklik 
to‘g ‘risidagi Shartnomada global tahdidlar, birinchi galda, terrorizm 
va diniy ekstremizm kabi xavf-xatarlami nazarda tutgan holda strate­
gik sheriklikni amalga oshirish zarur ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, 
ushbu hujjatda hatbiy hamkorlik to‘g ‘risida ham batafsil so‘z yuriti- 
ladi. Chunonchi, unda har ikki mamlakat yoki birining manfaatlari- 
ga tahdid soladigan vaziyat vujudga kelgan taqdirda, ulami bartaraf 
etish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan. Bir so‘z bilan aytganda, 
0 ‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan mazkur ittifoqchilik 
shartnomasi ikki mustaqil davlat va xalqlaming o‘zaro yaqinlashuvi 
jarayonining mantiqiy bosqichidir.
Yangi shartnoma tufayli Rossiya va 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi mu- 
nosabatlar tom ma’noda ittifoqchilik mazmuniga ega boimoqda. 
Endilikda 0 ‘zbekistonga nisbatan agressiv xatti-harakatlar dunyo- 
dagi eng qudratli davlatlardan biri - Rossiyaga qarshi tajovuzni 
anglatadi. Masalan, ittifoqchilik haqidagi shartnomaning 2-bandida 
ta’kidlanishicha, «taraflardan biri qarshi muayyan davlat yoki dav- 
latlar guruhi tomonidan sodir etilgan agressiya har ikki tomonga 
sodir etilgan tajovuz hisoblanadi». Ushbu hujjatda tinchlikka xavf 
solishi yoki taraflardan birining xavfsizligiga raxna qilishi mumkin 
bo‘lgan vaziyatlami bartaraf etish chora-tadbirlarini kelishgaa holda 
birgalikda amalga oshirish zarurligi haqidagi qoidalari g‘oyat muhim 
ahamiyat kasb etadi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, bu o‘rinda so‘z, aw alo,
685


terroristik tahdidlar haqida bormoqda. Bu xatar qanchalik jiddiy eka- 
nini Andijon shahrida yuz bergan qonli voqealar, xususan, xorijdan 
moliyalashtirilgan bir guruh terroristlar tomonidan 0 ‘zbekistondagi 
konstitutsion tuzumni ag‘darib, o‘rta asr xalifaligini o ‘matishga 
urinishlarini yaqqol namoyon etdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidenti I. Karimov ushbu voqealar munosabati bilan bergan interv- 
yusida 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin